Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
20 Dekabr, 2025, ,

“Yashil makon” va “Yashil belbog'” loyihalari doirasidagi ishlar ommalashmoqda

01.04.2024   970   3 min.
“Yashil makon” va “Yashil belbog'” loyihalari doirasidagi ishlar ommalashmoqda

Joriy yil 29 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida shu yil bahorda loyiha doirasida hududlarda bog'lar yaratish, yo'l bo'ylarida 10 qatordan nihollar ekish bo'yicha ishlar boshlangani, bu Namangan viloyatida ham yaxshi yo'lga qo'yilgani qayd etildi.

Farg'ona vodiysini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi “To'raqo'rg'on issiqlik elektr stantsiyasi” korxonasida davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslarni ro'yobga chiqarish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, stantsiya atrofida ”yashil belbog'” tizimi hududini yanada kengaytirish maqsadida mahalliy hokimlik tomonidan maxsus ajratib berilgan 5 gektar maydonda ko'chat ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu joyda bodomzor tashkil qilinib, bog'ning atrofini akatsiya ko'chati bilan o'rab chiqish rejalashtirilgan. Hozirgacha 5900 tupdan ziyod yosh nihol ekildi va yana 300 dan ortiq ko'chat o'tqazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ko'chatlarni tomchilatib sug'orish tizimi ham bunyod etilmoqda.  

Stantsiyada o'tgan 2023 yil bahorgi mavsumda 1 ming 300 tupdan ortiq, kuzgi mavsum davomida esa yana qo'shimcha 2 ming 183 tup mevali va manzarali ko'chat ekildi. Nihollar qadalgan barcha maydonlarda uzunligi jami 17 ming 240 metrga teng tomchilatib sug'orish tizimi yo'lga qo'yildi.

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Uchqo'rg'on tumanida ham bahorgi mavsum ko'chat ekishga kirishildi. Tuman sektor rahbarlari va faollar ishtirokida Ulug'bek nomidagi mahalla hududida manzarali ko'chatlar o'tqazildi.

Joriy yil bahorida tumanda jami 902 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt, 700 ming terak qalamchasi va 110 ming tup atirgul ko'chati ekish bo'yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan. Qolaversa, ko'p qavatli uylar atrofi, xiyobonlar, sayilgohlar va boshqa manzillarga mavsumiy gullar, rayhon va boshqa turdagi mahalliy ko'chatlar o'tqaziladi.

Ekilgan ko'chatlarni parvarishlash ishlari, ya'ni sug'orish, tag qismini chopiq qilish, mineral va organik ozuqalar bilan oziqlantirish hamda zararkunandalarga qarshi ishlov berishga tegishli mutaxassislar tomonidan alohida ahamiyat qaratiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O'zA muxbiri

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

19.12.2025   5777   1 min.
Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi.

Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

– fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;

– konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirish va sud himoyasini kuchaytirish;

– davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash;

– 2026–2027 yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish;

– sud ishlarini yuritishda "E-KSUD" axborot tizimini joriy etish, elektron murojaatlar, onlayn kuzatuv va videokonferensiya orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;

– sud majlislarini jonli efirda uzatish, audioyozuv orqali qayd etish va elektron bayonnomalarni shakllantirish;

– davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya orqali fuqarolar va tadbirkorlarni ortiqcha ovora qilmasdan zarur ma’lumotlarni elektron shaklda olish amaliyotini joriy etish.

Farmon Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda sud tizimida zamonaviy, ochiq va xalqqa yaqin mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

MAQOLA