No‘monxon Yahyoxon, Toshkent islom instituti talabasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bilasizmi? Qur’on sizni faqat jannatga olib borish bilangina cheklanib qolmaydi, balki sizni jannatning eng oliy martaba va darajalarigacha ko‘taradi, yuksaltiradi.
Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qur’on sohibiga: “Qiroat qilib ko‘tarilaver. Dunyoda qandoq tartil qilgan bo‘lsang, xuddi shundoq tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi qiroat qilgan oyatingning makonidan bo‘ladi”, deyiladi» (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan).
Shunday keyin ham Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?