Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2025   |   4 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2025, 4 Rajab, 1447
Maqolalar

Hazrati Umar va ahli zimmalar

12.11.2024   8918   2 min.
Hazrati Umar va ahli zimmalar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Islom jamiyati soyasida yashaydigan g‘ayridinlar islomiy istilohda «ahli zimma» deb ataladilar. Ya’ni, ularning dini, joni, moli va boshqa jihatdan tinch-omonligi musulmonlar zimmasida bo‘ladi. Musulmonlar «ahli zimma»lar bilan ahdnoma tuzganda, ularni ana shu narsalar bilan ta’minlashni o‘z zimmalariga olganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam davrlarida Madinai Munavvarada yahudiylar musulmonlar bilan ahdnoma asosida ahli zimma bo‘lib, o‘z dinlariga amal qilib, tinch-omon yashaganlar. Ularning o‘zlari tomonidan og‘ir xiyonat va jinoyatlar sodir bo‘lgandagina musulmonlar qarshi choralar ko‘rishga majbur bo‘lganlar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrlarida ham ana shu siyosat davom etdi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning davrlarida esa boshqa masalalar kabi bu masalada ham ko‘plab yangiliklar sodir bo‘ldi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu ahli zimma masalasida ham kishining aqli lol qoladigan darajada ajoyib ijtihodlar qildilar. Bularning hammasi Islomning umumiy ta’limotlariga suyangan holda amalga oshirildi. Qur’on va Sunnat ta’limotlarining nozik joylarigacha chuqur tushunib yetgan xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bu sohada asrlar davomida barcha dinlar, barcha millatlar va barcha jamiyatlarga o‘rnak bo‘lib, yana ortib qoladigan ishlarni qildilar.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning Baytul Maqdis nasorolariga bergan ahdlari va ular bilan qilgan muomalalari haqida yuqorida gaplashgan edik. Bu ishni hozirgacha hech kim qila olmadi, mabodo qilsa ham, Umar roziyallohu anhuning qilganlarini takrorlagan bo‘ladi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning fors majusiylariga nisbatan yuritgan siyosatlari ham u kishining va omillarining Hurmuzon hay’ati ila qilgan muomalalaridan ko‘rinib turibdi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning o‘z faoliyatlari davomida chiqargan farmonlari, hukmlari va qilgan muomalalari ahli zimmaga nisbatan ham ayni adolatdan iborat bo‘lgan. Ushbu masalaga oid hujjatlarni o‘rgangan odam ulkan haqiqatning qarshisida turganini darhol his etadi.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

11.12.2025   12645   1 min.
Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Manba

Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Pokistonlik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari