Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

"Laa ilaha illalloh"ning mukofoti

13.11.2024   4846   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Yusuf alayhissalom Misrga pod­shoh bo‘lganlaridan keyin bir kuni qasrdan ko‘chaga qarab tursalar, juldur kiyimdagi notavon bir yigit­ga ko‘zlari tushdi. Uning holatiga rahmlari kelib, qalblari ezildi.
Shu onda Jabroil alayhissalom kelib: – Ey Yusuf, siz bu yigitni tani­dingizmi? – deb so‘radilar.
Yusuf alayhissalom: – Yo‘q, – de­dilar. 
Jabroil alayhissalom: – Eslay­sizmi, Misr azizining xotini sizni ortingizdan quvib ki­yimingizni orqadan yirtib yuborganda, Misr aziziga guvohlik uchun beshikda yotgan emizikli bolani olib kelishgan va u go‘dak sizni beayb ekaningizga guvohlik bergan edi. Shu go‘dakning gapiga ko‘ra Aziz sizni kechirgan edi.
Yusuf alayhissalom: – Ha, albatta eslayman, – dedilar.
Jabroil alayhissalom: – O‘sha go‘dak mana shu yigit bo‘ladi, – dedilar.
Yusuf alayhissalom yigitni huzur­lariga cha­qirtirib keldilar va unga juda katta iltifot ko‘rsatdilar, egniga yangi liboslar kiydirdilar.
Buni kuzatib turgan Jabroil alay­hissalom tabassum qildilar.
Jabroilning tabassum qilganini ko‘rgan Yusuf alayhissalom: – Ey Jab­roil, nega tabassum qil­yapsiz? Men uning haqidan ozroq narsa berdimmi? – deb so‘radilar.
Jabroil alayhissalom: – Yo‘q. Me­ning tabassum qilishimning boisi, Siz uning bir martagina guvohlik bergani uchun shuncha izzat-ikrom ko‘r­satdingiz. Alloh taolo Undan boshqa iloh yo‘q ekaniga bir kunda bir necha marta shahodat kalimasini aytib guvohlik beradigan bandasiga qancha izzat-ikrom ko‘rsatishini o‘ylab tabassum qildim, – dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV
tarjimasi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

27.12.2025   9800   1 min.
Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 27 dekabr kuni Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan shahar-tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Inson qadri" nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Kitob taqdimotida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov tomonidan ushbu kitobda islom ta’limotiga ko‘ra insonning haqiqiy qadri uning tashqi ko‘rinishi, boyligi yoki mansabi bilan emas, balki qalb pokligi, niyati, odob-axloqi va ezgu amallari bilan o‘lchanishi Qur’on va sunnat asosida yoritib berilganligi, asarda inson qadri, tarbiya, ilm-ma’rifat, sog‘lom turmush tarzi, halol mehnat va kasb-hunarning hayotdagi o‘rni sodda va xalqchil uslubda bayon etilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Andijon viloyat vakilligi matbuot xizmati

Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi Andijonda “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari