Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Dekabr, 2025   |   26 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:43
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
17 Dekabr, 2025, 26 Jumadul soni, 1447
Maqolalar

Hijoma qildirgan yaxshimi yoki donorlikmi?

19.11.2024   7497   1 min.
Hijoma qildirgan yaxshimi yoki donorlikmi?

Cavol: Savol berishdan maqsad sunnatni inkor qilish emas. Faqat hozirgi kunda kimlardir hijoma, yana kimlardir donorlik qildiradilar. Avtohalokat va boshqa turli kasalliklar tufayli bemorlarga qon zarur bo‘lib qoladi. Shundan kelib chiqib, hozirgi davrda hijoma qildirgan yaxshimi yoki donorlikmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz so‘ragan narsa qon oldiruvchi bemorning holati va shifokorning unga bergan tavsiyasiga qarab belgilanadi. O‘zi sog‘lom, lekin qon oldirmoqchi bo‘lgan insonga siz aytgan mulohazalar tufayli donorlik afzal hisoblanadi. Chunki bunda insonlarga yordam berish, hayotini qutqarish kabi yaxshiliklar bor. Ammo mazkur donorlik beg‘araz bo‘lishi, ya’ni mablag‘ evaziga bo‘lmasligi kerak. Alloh taolo insonni aziz va mukarram etib yaratgani uchun, hur odamni va uning tana a’zolarini sotish aslo mumkin emas. “Fathi bobil inoya” kitobida bu haqda bunday deyilgan:

وَلاَ بيع أَجْزَاءِ آدَمِيِ لكرامته

“Inson mukarram bo‘lganligi uchun uning a’zolarini sotish mumkin emas”.

Lekin qon quyish zarurati tug‘ilganda xolis yordam beruvchi topilmay qolsa, bemor hayotini saqlab qolish uchun qon sotib olishga ruxsat beriladi. 
Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Misrda «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashdi

08.12.2025   2884   1 min.
Saida Mirziyoyeva Misrda «Al-Azhar» majmuasi rahbari bilan uchrashdi

Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoyalashda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr bosh imomi, «Al-Azhar» majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashdi.

«Shayx hazratlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.

O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasida ma’naviyat va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va qo‘lyozmalarni o‘rganishni kengaytirish borasida o‘zaro manfaatdorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

O'zbekiston yangiliklari