Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2026   |   16 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2026, 16 Rajab, 1447

Hamdardlik bildiramiz

21.11.2024   9668   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi uzoq yillar diniy sohada faoliyat yuritgan Nurulloh domla Mirzahmedovning padari  buzrukvorlari Rixsitilla hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Nurulloh domla Mirzahmedovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Janoza bugun peshin namozidan so‘ng poytaxtimizdagi Imomi Buxoriy jome masjidida o‘qiladi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.


«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mazhablar naql qiladigan jihatlar

26.12.2025   10924   1 min.
Mazhablar naql qiladigan jihatlar

Shayx Saloh Abulhoj

INFOGRAFIKA