Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Dekabr, 2025   |   1 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:16
Shom
17:01
Xufton
18:20
Bismillah
21 Dekabr, 2025, 1 Rajab, 1447

Yog‘ surtilgan sochlarning tahoratdagi hukmi

28.11.2024   6415   1 min.
Yog‘ surtilgan sochlarning tahoratdagi hukmi

Cavol: Sochimni yuvganimdan keyin chigalini ketkazish uchun maxsus yog‘dan foydalanaman. Shundan keyin tahorat olganimda sochimga mas'h tortsam bo‘ladimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ma’lumki, mazhabimizga ko‘ra, boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish tahoratning farzlaridan bo‘lib, sochga surtilgan yog‘ yoki krem ostiga suvni o‘tkazishga mone’lik qilmasa, tahorat durust bo‘ladi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochlarini zaytun moyi bilan moylar va boshqalarni ham shunga buyurar edilar.

Agar surtilgan moy suvni o‘tkazmasa, uni ketkazish lozim bo‘ladi.  Aks holda tahorat va g‘usl durust bo‘lmaydi. Bu haqida alloma Ibn Nujaym rohimahulloh Bunday deganlar:

وَلَوْ أَلْزَقَتْ الْمَرْأَةُ رَأْسَهَا بِالصَّبغ بِحَيْثُ لَا يَصِلُ الْمَاءُ إلَى أُصُولِ الشَّعْرِ وَجَبَ عَلَيْهَا إزَالَتُهُ

“Agar ayol kishi boshiga sochining ostiga suvni o‘tkazmaydigan qilib yelim surtgan bo‘lsa, uni ketkazish vojib bo‘ladi” (“Al-Bahrur-Roiq” kitobi).

Agar boshiga krem surtgan kimsa mas'h tortganida, boshining to‘rtdan bir qismiga suv yetsa, uning tahorati durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Videolar

Zulm - halokatning boshi

18.12.2025   4142   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI