Ota hayotingizdagi eng qimmatli inson.
Kamchilik va nuqsonlari ko‘p bo‘lsa ham, u sizning otangizdir.
Otangiz sizga egalik qiladi, siz emas!
Uning mulki nima ekanini bilasizmi? Misol tariqasida otangiz sizdan pul olsa, shubhasiz, u bunga haqlidir.
Siz unga tegishlisiz va umuman sizniki bo‘lgan barcha narsa otangizniki hisoblanadi.
Umringiz davomida sizga boshqa odam otangizdan ko‘ra ko‘proq yaxshilik tilaydi, deb o‘ylamang.
Hayot bo‘lib turgan kezlarida otalarimizni qadriga yetaylik. Ertaga kech bo‘lishi mumkin.
Akbarshoh RASULOV
Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot tadbirida Buxoro viloyati hokimligi vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat mutaxassislari, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tuman va shahar imom-xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kitobda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Inson qadri” kitobi taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati