Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Fevral, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:32
Peshin
12:42
Asr
16:00
Shom
17:45
Xufton
19:00
Bismillah
03 Fevral, 2025, ,
Maqolalar

Juma kuni «Oli Imron» surasini o‘qish

24.01.2025   2591   1 min.
Juma kuni «Oli Imron» surasini o‘qish

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni Oli Imron nomli surani o‘qisa, Alloh va Uning farishtalari quyosh botguncha unga salavot aytib turadilar», – dedilar (Tabaroniy rivoyat qilgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma kuni bomdod namozida «Alif lam mim. Tanzilu…»ni – Sajda(surasi)ni – va «Hal ata ’alal-insani»ni qiroat qilar edilar» (Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan).

Ibn Abu Sayf Yamaniy «Al-lam’a fi rag‘oibi yavmil jumu’a» kitobida Termiziyning quyidagi gaplarini keltiradi:

«Tasbeh namozini juma kuni zavol paytida o‘qish mustahabdir. Birinchi rak’atda Fotihadan keyin Takosurni o‘qiydi, ikkinchisida Val asrni, uchinchisida Kofirunni, to‘rtinchisida Ixlosni o‘qiydi». So‘ng oxirida o‘qiladigan qo‘shimcha duoni ham keltirgan.

«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari

3.02.2025   687   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari

Yurtimizda “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari muntazamlik kasb etgani juda quvonarlidir. 


“Ko‘kaldosh” hamda Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi (56- va 44-chi davra) guruh tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.


Eslatib o‘tamiz, o‘quv kurslariga hujjat topshirish uchun 18 yoshdan oshgan fuqarolar o‘zlari bilan pasport nusxasi olib kelishi talab etiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining galdagi bitiruvchilari
O'zbekiston yangiliklari