Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Mart, 2025   |   28 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:13
Peshin
12:33
Asr
16:53
Shom
18:47
Xufton
20:01
Bismillah
28 Mart, 2025, 28 Ramazon, 1446
Yangiliklar

100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi

05.02.2025   11947   6 min.
100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi

Bugun Malayziya Islom san’ati muzeyida ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash va islom sivilizatsiyasini o‘rganishda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan "Madaniy meros: O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘prik" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning eng yirik "Al-Buxoriy" jamg‘armasi, Malayziya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islomni anglash instituti, Malayziya Islom madaniyati instituti, Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti, Islom fanlari universiteti, Xalqaro islom universiteti hamda boshqa yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohada, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar taqdim etildi. Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy markazlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar e’tiboriga ushbu ilmiy muassasalar faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus hujjatli filmlar namoyish etildi. Shuningdek, Malayziya ilmiy jamoatchiligiga O‘zbekiston Prezidentining "Malayziya islom san’ati muzeyi" kitob-albomiga yozgan so‘zboshisi taqdim etildi.


Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti bilan tanishgan davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentining ushbu markazni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadilar. Olimlar mazkur loyiha yoshlarni ma’rifatparvarlik ruhida tarbiyalash va tinchliksevar islom qadriyatlarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Tadbir doirasida maxsus deklaratsiya ham qabul qilindi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro olimlar va tadqiqotchilarning ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi. Ushbu muhim qadam islom merosi yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Markaz muzeyini boyitish, shuningdek, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.


Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti (Malayziya) O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Davra suhbatining asosiy qarorlaridan biri ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasini o‘rganishga ixtisoslashgan yetakchi tadqiqotchilari va ekspertlarini birlashtiradigan qo‘shma O‘zbekiston-Malayziya ilmiy jamiyatini tashkil etish bo‘ldi.
 

Tashkilotga O‘zbekiston tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi, Malayziya tomonidan esa Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti rahbarlik qiladi. Ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi arafasida bo‘lib o‘tadi. Jamiyatning asosiy vazifalariga qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va nashrlar, ta’lim va madaniy tashabbuslarni tashkil etish, akademik tajriba va resurslar almashish, shuningdek, islom merosi masalalari bo‘yicha xalqaro muloqotni rivojlantirish kiradi. Jamiyatning kordinatorlari etib O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori – doktor Firdavs Abduxoliqov va Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti direktori – doktor Abdulaziz Bergut saylandi.

O‘zbekiston Prezidentining islom madaniyatini asrab-avaylash va buyuk allomalar merosini o‘rganishga qo‘shgan hissasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Malayziya tomoni o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga 100 000 dan ortiq qo‘lyozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkonini beruvchi maxsus sertifikat taqdim etdi. Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti kutubxonasining sertifikati va raqamli kaliti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlariga ham ruxsat berildi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro markazlar o‘rtasida radikalizmning oldini olish bo‘yicha maxsus dastur doirasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish taklif etildi. Madaniyat sohasidagi tashabbuslar Malayziya Islom san’ati muzeyida O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari va topilmalariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etishni, shuningdek, mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Malayziyaning diniy va ta’lim tashkilotlari vakillari, jurnalistlar va jamoat arboblari uchun O‘zbekiston bo‘ylab mediatur o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Ta’lim sohasida malayziyalik olimlarni Imom Buxoriy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyalar dasturlariga jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Malayziya xalqaro islom universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish, jumladan, Visiting Professor dasturi bo‘yicha o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Malayziya oliy o‘quv yurtlarida ishtirokini ta’minlash taklif qilindi. Ilmiy sohada Malayziya Islom madaniyati instituti va Imom Buxoriy nomidagi markaz o‘rtasida musulmon olimlarining tibbiyot sohasidagi ilmiy merosini o‘rganish va qayta tiklash hamda Imom Buxoriy merosini tadqiq etish taklif etildi. Bundan tashqari, ma’naviy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida malayziyalik dindorlarga O‘zbekistondagi Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Bahouddin Naqshband bilan bog‘liq muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkonini beruvchi "Umra plyus" maxsus ziyorat dasturini ishga tushirish taklif etildi.
 

Tadbir doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamda O‘zbekiston ilmiy markazlari tomonidan nashr etilgan kitoblar va faksimile nashrlarning noyob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdim etilgan nashrlar davra suhbati ishtirokchilarining chuqur qiziqishini uyg‘otdi. Ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash ramzi sifatida kitoblar to‘plami Malayziyaning hamkor tashkilotlari kutubxonalariga, jumladan, Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti, Malayziya Islom madaniyati instituti va boshqa muassasalarga sovg‘a qilindi. 


Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Malayziya Islom san’ati muzeyidagi o‘zbek madaniy merosi ekspozitsiyasini ziyorat qilishdi. Tadbir mehmonlari O‘zbekistonning boy merosini aks ettiruvchi noyob tarixiy ashyolar bilan tanishib, muzeyning doimiy ekspozitsiyasini ham ko‘zdan kechirishdi. Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan nashr etilgan "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumining 58-jildi aynan Malayziya Islom san’ati muzeyi to‘plamlariga bag‘ishlangan. 

Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati


 

100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mislsiz (!) ilohiy (!) moddiy ne’mat

20.03.2025   8603   68 min.
Mislsiz (!) ilohiy (!) moddiy ne’mat

Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar! Zero U isrof qilguvchilarni sevmas!”

(Qur’oni karim. A’rof surasi 7/31 oyat).

O‘zi nazar qilgan, O‘zi o‘zgacha nazar qilgan mana shu jannatmakon diyorni Alloh taolo O‘z Ilohiy nazari va Ilohiy rahmati ila boqib, ushbu muqaddas zaminimizni insonning aqli ojizlik qiladigan ko‘pgina behisob ne’matlar bilan ne’matlantirib qo‘ygan... Aynan bizning jannatmakon yurtimizga, muqaddas zaminimizga, Xudo nazar qilgan diyorimizga, jonajon O‘zbekistonimizga Alloh taboraka va taolodan ato etilgan bunday ne’matlarni nafaqat inson zoti, balki hech qanday, hatto oxirgi modeldagi yangi chiqqan eng zamonaviy kompyuter ham sanab sanog‘iga yeta olmaydi!

Bunday behisob va bebaho, aziz va buyuk, mislsiz va beqiyos, tengi yo‘q moddiy va ma’naviy ne’matlar ichida bittasi bu – “suv” deb atalmish ILOHIY (!) moddiy (!) ne’mat.

 

22 MART – BUTUNJAHON SUV KUNI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan

1993 yilda № A/RES/47/193-sonli Qarori bilan ta’sis etilgan.

BMTning rasmiy tillarida:

World Day for Water (ingliz),

اليوم العالمي للمياه (arab),

Día Mundial del Agua (ispan),

世界水日 (xitoy),

Vsemirniy den vodnix resursov (rus),

Journée mondiale de l'eau (fransuz).

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets texnologiya instituti olimlari boshqa sayyoralarda hayot mavjudligi uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan suvga muqobil erituvchilarni ko‘rib chiqdilar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, faqat suv hayot uchun yagona mos asos bo‘lib chiqdi. Tadqiqotchilar koinotda suv bilan bir xil rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan, muhim oziq moddalarni eritib, ularni tirik organizmlar uchun mavjud qiladigan boshqa molekulalar bor-yo‘qligini ko‘rib chiqdilar. Bunday moddalar to‘rtta mezonga javob berishi kerak: faqat ba’zi molekulalarni eritib yuboradi (lekin hammasi emas), metabolizmda muhim rol o‘ynaydi, murakkab organik molekulalarning keng doirasini yo‘q qilmaydi va toshli sayyoralarda milliardlab yillar davomida mavjud. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, barcha ma’lum erituvchilar orasida suv bu shartlarni qondiradigan yagona moddadir.

Shunday beqiyos, betakror va mo‘jizaviy ne’mat – suv ne’mati aynan bizning yurtimizda ham serob ekanligi ham – bu Yaratganning aynan bizning yurtimizga o‘zgacha Ilohiy nazari bilan boqqani! Yer yuzining boshqa joylariga nisbatan Alloh taolo aynan bizni yurtimizga o‘zgacha nazari bilan, o‘zgacha rahmat nazari bilan boqqanini yaqqol belgisi, dalili, isboti va namunasi! Buni onglab tushunib yetish uchun maxsus ilm dargohlarida, katta-katta institutlarda yoki islom universitetlarida o‘qib, ta’lim olish shart emas! Bu – osmondagi Oy va Quyoshday butun insoniyatga ma’lum va mashhur bo‘lgani kabi, dunyo xalqi uchun ochiq-oydin xaqiqatligi hammaga ayon!

Demak, suv – Xudoi taoloning bandalariga beradigan bu olamidagi mo‘jizaviy ne’matlaridan biri! Allox taoloning shu mo‘jizaviy ne’matlari ichida eng kattalaridan va eng manfaatlilaridan biri!

 

 

ENSIKLOPЕDIK MANBALARDA quyidagi ma’lumotlar bitilgan:

 

  • Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, ta’msiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~ 1.460 × 1015 kg).
  • Agar sayyoradagi barcha suvlarning foizini hisoblasak: 97,54 % okeanlar; 1,81 % muzliklar; 0,63 % yer osti suvlari; 0,009 % daryolar va ko‘llar; 0,007 % qit’alardagi sho‘r suv; 0,001 % atmosferadagi suvdir. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.
  • Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda hayotning paydo bo‘lishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega.
  • Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera – okeanlar, dengizlar, ko‘llar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini o‘z ichiga olgan Yerning suvli po‘sti 1,4-1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bug‘, tuman, bulut, yomg‘ir, qor holatida bo‘ladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferada gidrosferadagiga yaqin miqdorda, ya’ni 1-1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13-15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
  • Olimlar quyidagilarni ajratadilar: “qattiq” – muz, “suyuq” – suv, “gazsimon” – suv bug‘lari. Yerdagi suv uchta asosiy holatda mavjud bo‘lishi mumkin: “qattiq”, “suyuqlik”, “gazsimon”. Suv bir vaqtning o‘zida birga yashashi va bir-biri bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli shakllarni olishi mumkin: osmondagi suv bug‘lari va bulutlar; dengiz suvi va aysberglar; Yer yuzidagi muzliklar va daryolar; Yerdagi qatlamlar. Boshqa turlari: “toza suv”, “yomg‘ir suvi”, “dengiz suvi”, “Yer osti suvlari”, “mineral suv”, “sho‘r suv”, “ichimlik suvi” va “musluk suvi”, “distillangan suv va deionizatsiyalangan suv”, “chiqindi suv”, “yomg‘ir suvi” yoki “yer usti suvlari”, “pirogen bo‘lmagan suv”, “polimerlangan suv”, “tuzilgan suv”, “erigan suv”, “o‘lik suv” va “tirik suv”.
  • Sayyoramiz atmosferasida suv mayda tomchilar shaklida, bulutlar va tumanlarda, shuningdek bug‘ shaklida bo‘ladi. Kondensatsiya paytida u atmosferadan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor, do‘l, shudring) shaklida chiqariladi.
  • Suv – yerdagi barcha tirik organizmlarning eng muhim moddasidir.
  • Suv – bu hayot! Uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. U tirik organizmlar uchun juda cheklangan, lekin juda muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari, suv noyob xususiyatlarga ega juda qiziq moddadir, bu xususiyatlarning ba’zilari juda hayratlanarli.

 

 

USHBU SODDA VA SHU BILAN BIRGA SIRLI MODDA HAQIDA

QIZIQARLI MA’LUMOTLAR:

 

SUV HAQIDA BIZ BILMAYDIGAN HAQIQATLAR:

 

  1. BMT ma’lumotlari bo‘yicha, Yer sayyorasida 2,2 milliard kishining xavfsiz suv resurslaridan foydalanishga imkoni yo‘q.
  2. Suv sayyoramiz hududining 70 foizini qoplaydi. Shu bilan birga, ushbu miqdorning atigi 3 foizi chuchuk suv, ya’ni ichish uchun yaroqlidir. Muzliklarda joylashgani sababli uning ko‘p qismini ishlatish mumkin emas.
  3. Suv – qishloq xo‘jaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
  4. Suv 42 darajaga qadar muzlamasligi mumkin. Zararli aralashmalarsiz, juda toza suv suyuq holda ushbu haroratgacha sovutilishi mumkin. Muz asosan suv tarkibida bo‘lgan ifloslik zarralari atrofidagina shakllana boshlaydi.
  5. Suv o‘z xotirasiga ega. Vodorod aloqasi H2O molekulalarini odatda klasterlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiradi va ular o‘z navbatida klatrat (inklyuziv ulanish) larni hosil qiladi. Strukturalangan (tuzilish hosil qilgan) suv bu aniq klasterlar hosil qilgan suvdir. Suv klasterlarini har qanday ta’sirdan qayta tashkil etish mumkin bo‘lganligi sababli, o‘z atrofidagi barcha ma’lumotlarni yozib qoladi. Olimlar bu ta’sirni “suv xotirasi” deb atashdi.
  6. Yurak salomatligi uchun yetarli miqdorda suv zarur. Kuzatishlar kuniga 6 stakan suv ichgan odamlarning yuragi 2 stakan ichgan odamlarga qaraganda sog‘lom bo‘lishini ko‘rsatdi.
  7. Inson o‘z hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.
  8. Dunyodagi bir milliard kishi toza suv ichish imkoniyatiga ega emas. Yerning har oltinchi kishisi kamida bir marta to‘yib suv ichishni orzu qiladi. Bizda kranni ochish orqali suv olish mumkin bo‘lgan bir vaqtda, ichimlik suvi hashamat sanaladigan mintaqalar ham mavjud.
  9. Har bir qit’aning ifloslanishlar sababli umuman foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan o‘z “o‘lik” daryosi bor. Masalan, Bangladeshdagi Ganga daryosining so‘l tarmog‘idan biri Buriganga daryosi rasman “o‘lgan” deb e’lon qilindi. Missisipi daryosidagi ko‘rfaz ham deyarli “o‘lik”dir: tozalash tizimlari mavjudligiga qaramay, unda hech qanday organizm yashamaydi. Dunyodagi eng iflos daryo – Yava orolidagi Sitarumdir.
  10. Kopengagendagi iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan konferensiyada 2050 yilga kelib dunyo okeanlarining kislotaligi 150 foizga oshadi, bu dengiz ekotuzilmasida qaytarilmas o‘zgarishlarga olib keladi, deb aytilgan.
  11. Bir yil davomida bir kishi 60 tonna suvni faqat oziq-ovqat orqali iste’mol qiladi. 1 kilogramm kartoshkani yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilogramm guruch olishda – 4000 litr, 1 kilogramm mol go‘shti uchun – 13 000 litr suv sarflanadi. Bitta gamburger ishlab chiqarish uchun 2400 litr suv kerak bo‘ladi.
  12. Har yil okeanlarda 260 million tonna plastik buyumlar to‘planadi. Odamlar har kuni ikki million tonna chiqindini tabiiy suv havzalariga tashlaydi.
  13. Suv – inson organizmining 55-65 % (bolalarda 80 % gacha) tarkibi.
  14. Suv – sayyoramizda eng ko‘p foydalaniladigan va kamayib borayotgan resurslardan biri.
  15. XXI asrda davlatlararo tahdid va urushlarga sabab bo‘ladigan omillardan biri.
  16. Oyda ham suv mavjudligi aniqlangan.
  17. Dunyo bo‘ylab iqlim migratsiyasi va muhojirlarining ko‘payishiga olib keluvchi sabablardan biri.
  18. Suv – sayyoradagi eng keng tarqalgan moddadir.
  19. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin. Suvsiz qolgan odam eng uzog‘i 1 haftagacha yashashi mumkin.
  20. Odamning suvga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3-6 litrni tashkil etadi.
  21. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi.
  22. Yerdagi ko‘llar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi. Bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson ta’sir ko‘rsatadi.
  23. Odam tanasidagi barcha suyuqlik va to‘qimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv bo‘ladi, lekin suvsizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. 

 

Ilm-fan odamlari ushbu g‘ayrioddiy modda haqida ajoyib kashfiyotlar qilishda davom etadilar. Ayni paytda insoniyat, yuzlab yillar oldin bo‘lgani kabi, dengiz to‘lqinlari va ertalabki shudring tomchilari manzarasidan zavqlanib, suv toshqini va momaqaldiroq paytida suv elementi oldida nafas bilan titraydi, suvning go‘zalligi va kuchiga qoyil qoladi.

 

 

SUV HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR:

 

  • Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi.
  • Inson tanasi tomonidan 10 % dan ortiq suv yo‘qotilishi o‘limga olib kelishi mumkin.
  • Suv tana uchun kisloroddan keyingi eng zarur modda hisoblanadi.
  • Suv – kosmosda juda keng tarqalgan moddadir. Ammo faqat bug‘ yoki muz shaklida ifodalanadi.
  • BMT prognozlariga ko‘ra, dunyo aholisining 2/3 qismi 2025 yilga kelib suv tanqisligiga duch keladi.
  • Agar dunyodagi barcha H2O zaxiralari 4 litrli idishga sig‘sa, inson uchun mos suyuqlik miqdori 1 osh qoshiqni tashkil qiladi.
  • Ba’zi sharoitlarda issiq suv sovuq suvga qaraganda tezroq muzlashi mumkin.
  • Har kuni odam bir stakan suvdan bir oz ko‘proq nafas chiqaradi.
  • Muzlatilganda suv 9 % ga kengayadi.
  • H2O ning eng yuqori foizi bodringda va meduza tanasida (taxminan 95 %).
  • Suyuq shakldagi vodorod oksidi quyosh nurlarining 5 % ni, qor esa 85 % dan ortig‘ini aks ettiradi.
  • Dengiz suvi taxminan -2 C o daraja haroratda muzlaydi.
  • Agar yer yuzasi butunlay tekis bo‘lganida, dunyo okeanlari undan 3 km yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lar edi.
  • Sayyoramiz mantiyasidagi suv zaxiralari Jahon okeanining zaxiralaridan 10 baravar yuqori.
  • Agar barcha muzliklar erib ketsa, yerning sakkizdan bir qismi suv ostida qoladi.
  • Insonning o‘zi suvning uchdan ikki qismidan iborat bo‘lib, uning zaxiralarini to‘ldirmasdan 5 kundan ortiq yashay olmaydi.
  • Yoshi bilan inson tanasidagi suv miqdori kamayadi. Go‘daklik davrida uning ulushi 86 % ga yetishi mumkin, keksalikka kelib esa 50 % gacha kamayadi.
  • Odam tana vaznining 2 foizini suvda yo‘qotganda, juda chanqaganini his qiladi. Agar 10 % gacha yo‘qotsa, gallyutsinatsiyalar boshlanadi va 12 % yo‘qotish faqat shifokor yordamida tiklanishi mumkin. Tanadagi suvning 20 % ga kamayishi yaqinda o‘limga olib keladi.
  • Eng katta miqdordagi suv hojatxonada yuvish uchun ishlatiladi.
  • Suv – salomatlik, go‘zallik va uzoq umr manbai. Lekin har doim ham emas. Bu ajoyib tabiiy erituvchi bo‘lgani uchun u zaharli moddalarni ham eritadi, shuning uchun u patogen bakteriyalar tashuvchisiga aylanadi. Shunday qilib, dunyodagi kasalliklarning 85 foizi suv orqali yuqadi.
  • Dunyoda har 8 soniyada bir kishi yomon suv tufayli vafot etadi.
  • Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo aholisining atigi 71 foizi xavfsiz suvdan foydalanish imkoniyatiga ega.
  • Kamida bir milliard odam toza suv manbasidan erkin foydalana olmaydi.
  • So‘nggi 50 yil ichida dunyo bo‘ylab suvdan foydalanish bo‘yicha 507 mojaro sodir bo‘lgan, ularning 21 tasi harbiy harakatlar bilan yakunlangan.
  • YUNЕSKOning 2003 yilda qayd etilgan ma’lumotlariga qaraganda, eng toza ichimlik suvi bo‘yicha birinchi o‘rinni Finlyandiya, undan keyingi o‘rinlarni Kanada va Yangi Zelandiya egallaydi.
  • Suv haqidagi eng hayratlanarli fakt shundaki, u – juda ham kam uchraydigan manba.
  • Suv g‘ayritabiiy va boshqa suyuqliklar uchun xos bo‘lmagan kamida 66 xususiyatga ega.
  • Qizig‘i shundaki, bir stakan suv ichib, odam taxminan 8 ta septillion molekulasini o‘zlashtiradi – bu 24 ta nolga ega raqam.

 

Yuqorida keltirilgan qiziqarli faktlar va ajoyib ma’lumotlar, ehtimol, suv bizni ajablantiradigan narsalarning oxirgisi emas...

 

 

BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)ning HUJJATLARI:

 

  • 02 fevral – «Dunyo bo‘yicha suv-botqoqli yerlar kuni» (A/RES/75/317);
  • 03 mart – «Xalqaro yovvoyi tabiat kuni» (A/RES/68/205);
  • 21 mart – «Butunjahon muzliklar kuni» (A/RES/77/158);
  • 22 mart – «Butunjahon suv kuni» (A/RES/47/193);
  • 05 iyun – «Butunjahon atrofmuhit kuni» (A/RES/2994(XXVII);
  • 08 iyun – «Butunjahon okeanlar kuni» (A/RES/63/111);
  • 27 avgust – «Butunjahon ko‘llar kuni» (A/RES/79/142);
  • 26 sentyabr – «Xalqaro dengiz kuni» (IMCO/C XXXVIII/21);
  • 28 sentyabr – «Butunjahon dengiz kuni».

 

Olimlarning ilmiy tadqiqotlari va jahon statistika ma’lumotlariga ko‘ra, shuncha ko‘p g‘ayrioddiy va noyob xususiyatlarga, shuncha xil betakror va beqiyos sifatlarga ega bo‘lgan yana boshqa narsa bu dunyoda yo‘q ekan! Ana! Qanday ulug‘ va beo‘xshov, xaqiqatda mo‘jizaviy (!) ne’mat (!) ni Alloh taolo bizni diyorimizga behisob qilib ravo ko‘rgan!

Alloh taoloning inoyati ila davlatimiz va hukumatimiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklarida jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz kamoloti, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, farzandlarimiz bizdan ham baxtliroq bo‘lishlari uchun, bolalarimizni kelajagi uchun behisob-behisob, son-sanoqsiz, katta-katta savobli, xayrli va olijanob ishlar bajarilib kelinmoqda. Bu savobli ishlarga nafaqat butun dunyo hamjamiyati tan bermokda, balki O‘zbekistondagi bu xayrli ishlarni har bir ko‘zi ojiz inson ham ko‘rmokda, har bir qulog‘i og‘ir odam ham eshitmoqda, har bir aqli zaif banda ham mohiyatini onglab, mazmunini tushunib, samaralarini sezib, to‘la-to‘kis his qilmoqda.

“Birni ko‘rib – shukr qil, birni ko‘rib – fikr qil” deganlariday yon-atroflarimizga qarab, ba’zi davlatlarda bo‘layotgan ahvollarni ko‘rib fikr qilaylik!.. “Ey, Allohim! Yurtimga berilgan tinchlikka shukr!” deb, tinch uxlab, eson-omon uyg‘onayotganimizga shukr qilaylik! Ba’zi yurtlarda insonlar o‘zini tinchligini-omonligini o‘ylab, jon kuydirayotgan bir zamonda, bizni mamlakatimizda esa jahon andozalaridan ham ustun bo‘lgan o‘quv dargohlari bizni bolalarimiz uchun barpo etilayotgan bir paytda, xalqaro me’yorlaridan qolishmaydigan sport inshootlari biz uchun qurilayotgan bir paytda, bizda qo‘sha-qo‘sha imoratlar, qator-qator uylar, yangidan-yangi moshinalar, hashamatli to‘yxonalar, dabdabali to‘y-ma’rakalar, kelin-kuyovga xizmat qilayotgan chet ellarda faqat boylar minadigan avtomobillar, farzandlarimiz chet elma-chet el yurib, dunyoning turli chekkalarida obro‘li-nufuzli o‘quv dargohlarida o‘qib turgan, qo‘llarimizdagi dunyoda hozirgina chiqqan eng zamonaviy telefonlar kundan-kunga hayotimizni boyitib turgan bir paytda, Xudoi taolo sanoqligina davlatlar qatori bizning diyorimizga bergan mo‘jizaviy suv ne’matini mensimasdan, oyoqosti qilib, uvol qilsak, noshukrlik va isrofgarchilik qilgan bo‘lmaymizmi?!?

Noshukrlik va isrofgarchilik esa Xudoga xush kelmasligi har bir aqli raso odamga ma’lum!!!

O‘zbekistonni mag‘ribdan mashriqgacha aylanib chiqsangiz ham, davlatimizni u chekkasidan bu chekkasigacha kezib chiqsangiz ham, mamlakatimizni barcha shahar-qishloqlarini ko‘rib chiqsangiz ham, bir narsaga guvoh bo‘lasiz – har bir viloyat, har bir tuman, har bir shahar, har bir qishloq, har bir mahalla, har bir ko‘chada yangilanish, chiroyli o‘zgarish, katta qurilishlar bo‘layotganini ko‘rasiz! Bunday islohotlardan yurtimizni biror joyi ham chetda qolmagan!

Oq-qorani taniydigan, foyda-zararni biladigan, o‘ng-chapni payqaydigan, og‘ir-yengilni his qiladigan, savob-gunohni ajrata oladigan, katta-kichikni farqiga yetib boradigan, past-balandni tushunadigan, yaxshi-yomonni mazmunini onglaydigan, uzoq-yaqinni mohiyatiga yetib boradigan har bir aql-zakovatli inson biladiki, O‘zbekistonda bo‘layotgan bunday ulug‘vor ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi! Qisqa davr ichida asrlarga teng, savobi cheksiz-chegarasiz bo‘ladigan bunchalik darajadagi ulkan va buyuk ishlarni amalga oshirish uchun ko‘p narsalar ichida moddiy ta’minot ham bo‘lishi darkor.  

Ushbu nihoyatda mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob ish bo‘lmish – xalqimizning rizqi, dasturxonimizning ko‘rki, kundalik ehtiyojimiz, bor tirik mavjudotning ozuqasi, Yer kurasining noyob va nodir boyligi – Alloh taoloning mo‘jizaviy ne’mati bo‘lgan «suv» ne’matini avaylab-asrashga beparvo bo‘lishimiz chiroyli emas! Zero «Ko‘p biriksa, tog‘ qular», «To‘pdan chiqsang ham, ko‘pdan chiqma!», «Ko‘pdan ayrilgan ozar, ko‘pga qo‘shilgan o‘zar», «Ko‘pning haqi yetimning haqidan yomon», «Ko‘pchilik bir mushtdan ursa – o‘ldirar, bir burdadan bersa – to‘ydirar» deb dono xalqimiz bekordan-bekor, bejiz aytmagan...

Hammamiz har kuni kuzatadigan, lekin har doim ham e’tibor qaratmaydigan bir necha holatlar:

1) tong otib, quyosh charaqlab tursa ham, qator simyog‘ochlarda yonib turgan ko‘cha chiroqlari;

2) odamlar o‘tib-qaytadigan ko‘cha bo‘yidagi jo‘mraklardan suvning behuda oqib turishi;

3) ko‘zday yaqin qo‘shnimiz och-nahor bo‘lsa ham, yaqinlarimiz, hatto aka-ukalarimiz, qarindoshlarimiz orasida farzandlarining o‘quv-shartnoma pullarini to‘lay olmayotganini yoki mahallamizda ehtiyojmand oilalar borligini bilsak-ko‘rsak-da, lekin dabdabali to‘ylarimiz. Yoshlarning orzu-havasi deb, birgina «ZAGS»ning o‘ziga bir talabaning bir yillik o‘quv-shartnoma pulini sarflaymiz...

Ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin… Shu mavzuda xayolimizga kelgan hamma narsani tizib chiqsak, bir maqola u yoqda tursin, hatto bir nechta kitob bo‘lishi ham turgan gap! Lekin biz qachondan beri dabdabaga o‘ch, xo‘ja ko‘rsinga, kimo‘zarga moyil, isrofga mukkasidan ketadigan bo‘lib qoldik?..

 

 

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

  1. “Sizlar o‘zlaringiz ichayotgan suvni o‘ylab ko‘rdingizmi?! Uni bulutlardan sizlar yog‘dirdingizmi yoki Biz yog‘diruvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, uni sho‘r va achchiq qilib qo‘ygan bo‘lur edik. Bas, shu obi hayot uchun ham shukr qilmaysizmi?!” (Voqea surasi 56/68-70 oyatlar);
  2. “Ustingizga osmondan suv-yomg‘ir tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga o‘zaro aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit, mustahkam qilishni iroda etganini eslangiz!” (Anfol surasi 8/11 oyat);
  3. Biz osmondan aniq o‘lchov bilan suv (yomg‘ir, qor) yog‘dirib, uni yerga joylab qo‘ydik va Biz uni ketkazishga ham, albatta, qodirdirmiz (Mo‘minun surasi 23/18 oyat);
  4. Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar! Zero U isrof qilguvchilarni sevmas! (A’rof surasi 7/31 oyat).

Ba’zi ulamolar: “Alloh ushbu oyatda tabobat ilmining yarmini jamlagan” deyishgan.

 

 

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

  • Uchta joyga: suv o‘zanlariga, serqatnov yo‘llarga hamda soya-salqin yerlarga axlat tashlab, la’natga qolishdan qo‘rqinglar!;
  • Inson qornidan yomonroq idishni to‘ldirmaydi. Odam bolasiga belni qoim qiladigan kichik luqma kifoyadir. Bas, qorinning uchdan biri – taom, uchdan biri – suv va qolgan uchdan biri – nafas uchundir”   (Imom Termiziy rivoyatlari);
  • “Albatta, g‘azab – shaytondandir. Shayton olovdan yaralgan. Olov suv bilan o‘chadi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin!”   (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
  • Odamlarni suv bilan siylagan kishi o‘zi oxirgi bo‘lib ichadi”   (Imom Termiziy rivoyatlari);
  • Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi  vasallam sahobalardan Sa’ad raziyallohu anhu tahorat qilayotganlarida: Ey, Sa’ad, bu isrof nimasi?– dedilar. Sa’ad raziyallohu anhu: Tahoratda ham isrof qilish bormi? – deb so‘radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Ha,  agarchi oqib turgan  daryoning bo‘yida turgan bo‘lsangiz ham! – dedilar;
  • “Isrofga yo‘l qo‘ymay va takabburlik qilmagan holda yeng, iching, kiyining va sadaqa qiling!”   (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari);
  • Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam uyga kirdilar va to‘satdan ko‘zlari to‘kilgan uvoqlarga tushdi. Ularni terib oldilar va tozalab yedilar. So‘ngra: “Alloh taolo bergan ne’matlarni qadrlagin! Zero u ne’matlar biron qavmdan olib qo‘yilsa, boshqa qaytib berilmaydi!” – dedilar”   (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
  • Imom Hakim Termiziy “Navodirul usul”da rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Ey, Oisha, Allohning ne’matlariga yaxshi munosabatda bo‘lgin! Agar u ne’matlar biron qavmdan olib qo‘yilsa, kamdan-kam hollarda qaytib keladi”, deb keltirilgan;
  • Kim hayotda tejamli bo‘lsa, qashshoqlik ko‘rmaydi   (Imom Termiziy rivoyatlari); 
  • “Nafsingiz xohlagan har narsani yeyaverishingiz ham isrofdir”   (Imom Hofiz Abu Ya’lo rivoyatlari);
  • “Yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar. Isrof va mutakabbarlikka yo‘l qo‘ymanglar!”   (Imom Abu Dovud va Imom Nasoiy rivoyatlari);
  • Anas ibn Molik raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda aytilishicha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir so’dan besh muddgacha bo‘lgan suv bilan g‘usl qilar va bir mudd suv bilan tahorat olar edilar   (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Ya’ni, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taxminan 0,688 litr suv bilan tahorat qilardilar.

 

Bu narsalar hammamizga o‘rnak bo‘lishi lozim!!!

 

TIBBIYOT  OLIMLARINING  TADQIQOTLARI:

Kun davomida ko‘p suv ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • Suv – bu sayyoradagi eng muhim resurslardan biridir yoki eng muhimi desa ham bo‘ladi.
  • Inson organizmining 80 foizi suvdan iborat. Shuning uchun ham iloji boricha ko‘proq suv ichish kerakligi tavsiya qilinadi, kuniga kamida 2 litr.
  • Suv tavsiya etilgan me’yordan kam ichilsa, buning salbiy oqibati haqida ham bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. 
  • Ammo kun davomida ko‘p suv ichilsa, bu organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
  • Organizmning ayrim a’zolarida qancha miqdorda suv borligini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Masalan, suvning 90 % gacha o‘pkada, taxminan 75 % esa miyada.

Suv ozuqa moddalarining tashuvchisi

Qonning 80 % suvdan iborat. Suvning yetishmasligi, birinchi navbatda, unga ta’sir qiladi, bu uning quyuqligini oshiradi. Albatta, bu yaxshi narsaga olib kelmaydi: tromboz, varikoz tomirlari va hatto insult hamda infarkt xavfi ortadi.

Suv toksinlarni chiqarib tashlaydi

Ter va peshob bilan orgnizmdan barcha zararli moddalar, toksinlar va shlaklar chiqariladi. Agar organizmda bular uchun yetarli suv bo‘lmasa, parchalangan mahsulotlari turg‘unlasha boshlaydi. Bu hatto zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Suv ovqat hazm qilishda ishtirok etadi

Suv ovqat hazm qilish jarayoniga to‘liq hamroh bo‘ladi. U so‘lak hosil bo‘lishida ishtirok etadi, shilliq qavatning namligi va oziq-ovqatning parchalanish sifati uning miqdoriga bog‘liq. Suv yetishmovchiligi bilan ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarish sekinlashadi, oshqozon-ichak trakti sust ishlaydi, yarim hazm bo‘lgan ovqat ichaklarda aylanib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.

Suv tanqisligining yana bir oqibati: me’da shirasi ko‘proq kislotali hamda juda konsentratsiyali bo‘ladi. Bu esa yuqori kislotali gastrit va hatto oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin.

Organizmning termoregulyatsiyasi suvga bog‘liq

Suvsizlanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydigan odamlar issiqqa ham, sovuqqa ham oson toqat qiladi. Gap shundaki, suv termoregulyatsiyada ishtirok etadi, u sovuq mavsumda issiqlikni saqlab qolishga va issiqda uni yo‘qotishga yordam beradi.

Bo‘g‘imlar salomatligi uchun muhim

Artrit va artrozning rivojlanish jarayoni murakkab, lekin ko‘p jihatdan bu elementar suv tanqisligiga bog‘liq. Organizmda suv yetishmasa, u avtomatik tarzda mavjud suvni miya, qon, yurak, buyrak, jigar faoliyatiga sarflaydi.

Bo‘g‘imlarga esa suvning qolgan qismi keladi. Natijada bo‘g‘imlarning to‘qimasi elastikligini yo‘qotadi, zichlashadi, bo‘g‘imlar faoliyatida muhim bo‘lgan suyuqlik miqdori kamayadi.

Suv terini ajinlardan qutqaradi

Ushbu organ ham qoldiq prinsipiga ko‘ra suv bilan ta’minlanadi. Shuning uchun suvsizlanish kuzatiladi. Namlik miqdori yetarlicha bo‘lmagan teri tezda elastikligini, chiroyli rangini yo‘qotadi va ajinlar bilan qoplanadi.

Teridan tashqari, soch va tirnoqlar ham suv yetishmasligidan aziyat chekadi. Tirnoqlar zaif va mo‘rt bo‘ladi, sochlar rangi xiralashadi, gullaydi va to‘kiladi.

Agar kun davomida ko‘p suv ichilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Ammo hamma narsada ham o‘lchovni bilish kerak. Juda ko‘p suv va hatto tez ichish ham organizmga zarar yetkazishi mumkin. Buyraklar soatiga 0,8-1 litrdan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik chiqara oladi. Shuning uchun, agar qisqa vaqt ichida 3 litrdan ko‘proq ichish orqali suv zaxirasi to‘ldirilsa, organizmda haddan tashqari gipergidratsiya belgilari paydo bo‘lishi mumkin.

Bu vazn ortishi, shish, bosimning oshishi va eng muhim ichki organlarning: buyraklar, yurak va o‘pka faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ortiqcha suv qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklar o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydigan natriyga tegishli.

Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?

Aniq va yagona me’yor yo‘q. Chunki hammani bitta standart bilan o‘lchash mumkin emas. Bugungi kunda, diyetologlarning turli tavsiyalariga ko‘ra, suvning kunlik dozasi organizm vazniga kilogramm uchun 30 dan 50 millilitrgacha o‘zgarib turadi. Ya’ni ushbu tavsiyalar o‘rtacha hisoblansa, vazni 60 kilogramm bo‘lgan odam kuniga taxminan 2,4 litr suv ichishi kerak. Erkaklar kuniga 2,5-3,7 litr, ayollar esa 2-2,7 litr suv ichish tavsiya etiladi.

Organizmga suv yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?

Eng oddiy va tabiiy ko‘rsatkich chanqoqlikdir. Bu organizmda eng qimmatli manba kamligini tushunish uchun yetarli. Ammo shuni bilish kerakki, tashnalik organizmning taxminan 1-2 foiz namlikni yo‘qotganda kuzatiladi va bu suvsizlanishning birinchi belgisi hisoblanadi.

Organizmdan 2 foiz suyuqlik yo‘qolganda, odamda kuchli chanqoq paydo bo‘ladi, 10 % gacha yo‘qotishda bosh aylanishi kuzatilishi mumkin, 12 % yo‘qotish bilan shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.

Suvsizlanishning asosiy belgilari: peshobning qorayishi va uning kunlik hajmining pasayishi, bosh og‘rig‘i, charchoq va holsizlik, og‘iz qurishi va teri qurishi, yurakning tez urishi va qon bosimining pasayishi.

Suv ichish istagi bo‘lmaganda ham ichish kerakmi?

Albatta, kerak, tashnalik organizm suvsizlanishining birinchi darajasi haqida signaldir. Agar jismoniy ish qilinsa, ko‘p yurilsa va doimiy stress bo‘lsa, ko‘proq suv ichish kerak.

Nonushtadan 30 daqiqa oldin kunni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash tavsiya etiladi. Kun davomida suvni asta-sekin, kichik qultumlarda ichish lozim. Lekin yotishdan oldin to‘xtatish kerak. Bu vaqtda limfa tizimining aylanishi sekinlashadi, suyuqlik turg‘unlashadi, ertalab shish bilan uyg‘onish xavfi mavjud. Shuningdek, diyetologlar iliq suv ichishni maslahat beradi. U sovuq suvga qaraganda ancha yaxshi so‘riladi. Organizm uni singdirish uchun kamroq energiya sarflaydi.

  • Muntazam ratsiondagi suvning taxminan 20 % manbalari – meva va sabzavotlardir. Ularning ko‘pchiligi – tarvuz kabi 90 % dan ortiq suyuqlikdir. Go‘sht va baliq, garchi ular tarkibida o‘simlik ovqatlari kabi ko‘p suv bo‘lmasa ham, H2O manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  • Suv yer yuzidagi barcha mavjudotlarning mavjudligi va hayotini belgilaydigan modda sifatida noyob rol o‘ynaydi. Tirik inson tanasida vazni va yoshiga qarab 50 % dan 75 % gacha suv mavjud. Atrof muhitning harorati va namligiga, jismoniy faoliyatga va boshqalarga qarab, odam har xil miqdorda suv ichishi kerak; tananing optimal ishlashi uchun qancha suv iste’mol qilish kerakligi haqida ko‘p munozaralar mavjud. Suv tana haroratini tartibga soladi, nafas olayotganda havoni namlaydi.
  • Biroq organizmga suyuqlikni ko‘paytirish kerak bo‘lgan holatlar mavjud: ich qotishi (suyuqlikni ko‘payishi muammoni yengishga yordam beradi); issiqda jismoniy faollik; sistit (patogen mikroorganizmlarni yo‘q qilishga yordam beradi).
  • Emizishda va qarilikda tananing suvga bo‘lgan ehtiyoji ortadi.
  • Issiq ob-havo, ortiqcha terlash, ovqat hazm qilish buzilishi, qusish va diareya bilan birga, odatdagi kundalik nafaqaga yana bir necha stakan suv qo‘shish uchun sababdir.
  • Tuzni haddan tashqari iste’mol qiladigan odamlar qo‘shimcha shisha ichimlik suvi haqida ham g‘amxo‘rlik qilishlari kerak. Juda sho‘r ovqatdan har doim chanqaydi. Shunday qilib, tana qo‘shimcha suvga bo‘lgan ehtiyojni bildiradi, chunki ortiqcha tuz qon tarkibini o‘zgartiradi.
  • Suyuqlikni iste’mol qilishning kunlik darajasi ham ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Derazadan tashqarida yuqori harorat va past namlik bormi? Bu tanani haddan tashqari qizdirish uchun ideal sharoitlar. Bundan himoya qilish uchun tana kuchli terlashni boshlaydi. Shuning uchun suvsizlanishni oldini olish uchun organizm tomonidan yo‘qolgan namlik zaxiralarini muntazam ravishda tiklash muhimdir.
  • Suvsizlanish belgilari chanqoqlik hissi va o‘tkir hidli siydikning quyuq rangi tananing suvsizlanishining aniq belgilaridir.
  • Boshqa alomatlari: bosh aylanishi, behushlik; isitma; mushak talvasalari; qo‘shma og‘riq; gallyutsinatsiyalar; tartibsizlik; xolesterin oshishi; eshitish va ko‘rish buzilishi; quruq og‘iz.
  • Ammo namlik yetishmasligining eng jiddiy oqibati – qon quyilishidir. Bunday mustahkamlikda u o‘z vazifalarini samarali bajara olmaydi: organlar kislorodni kerakli hajmda olmaydilar va metabolik mahsulotlar tanani tark etmaydi, uni zaharlaydi. Barcha shilliq pardalar tanadagi suyuqlik yetishmasligidan aziyat chekadi. Kerakli miqdordagi namlikni olmasdan, ular quriydi va yorila boshlaydi.
  • Quruq teri, akne, mo‘rt sochlar, tilda blyashka, yomon nafas, asabiylashish, chalg‘itish va migren ham suvsizlanishning tashqi belgilaridir.
  • Haddan tashqari yoshdagi odamlar, ya’ni bolalar va qariyalar suvsizlanish xavfi ko‘proq.
  • Agar chaqaloq tezroq nafas olishni boshlagan bo‘lsa, uyqusirab va sust bo‘lib qolsa va kun davomida nam tagliklar soni sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa, bu suvsizlanish signali bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
  • Keksa tanadagi namlikning yetishmasligi odatda ongda chalkashliklarni keltirib chiqaradi.
  • Shuni esda tutish kerakki, tez suvsizlanishning sababi diareya, qusish, isitma paytida ortiqcha terlash bo‘lishi mumkin.
  • Tadqiqotlarga ko‘ra, namlikning taxminan 1,5 % yo‘qolishi kayfiyatning yomonlashishiga, konsentratsiyaning pasayishiga va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.
  • Suvsizlanish miyaning ishiga 2-3 % salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Suvsizlanish quyidagi kasalliklarga olib kelishi mumkin: semirish; artrit; gastrit va ich qotishi; o‘t toshlari.
  • Suv jismimizdagi limfa tizimi tanamizdagi zararli moddalarni chiqarishga xizmat qiladi. Uning ishlashi bevosita suv bilan bog‘liq.
  • Suv kam ichish limfa tizimi faoliyati qiyinlashib, qon quyuqlashishi, o‘t qopi muammolari, qon bosimi ko‘tarilishi yoki pasayishiga sabab bo‘ladi.
  • Qonni suyultirib, uni tozalaydigan omil bu – suv.
  • Inson vazniga ko‘ra suv ichishi kerak.
  • Ko‘pincha o‘rtacha 2,5 yoki 3 litr suv iste’mol qilinadi.
  • Suv ichish masalasida eng to‘g‘ri usul Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari – o‘tirgan holatda, shoshilmay ichishdir.

 

 

MUTAXASSIS  OLIMLARNING  TADQIQOT  NATIJALARI:

 

  • Sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan.
  • Shundan 0,5 foizidan insoniyat o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqda.
  • Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining ko‘payish darajasi bilan bevosita bog‘liq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib bo‘lavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsiyenti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40-50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv iste’mol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam bo‘lib, aholining ehtiyojini to‘la qondira olgan. XX asrning 60-yillari o‘rtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori yuqorida ta’kidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod bo‘lib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir.
  • BMT bayonotiga ko‘ra, har bir kishining toza ichimlik suvga bo‘lgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan.
  • BMT bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida 2000-yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv iste’moli bu me’yordan kam bo‘lgan. 2050-yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (ya’ni 4,2 mlrd kishi) o‘z aholisini kuniga 50 litr suv bilan ta’minlay olmaydigan mamlakatda yashashiga to‘g‘ri kelar ekan.
  • Suv inson hayotidagi muhim modda hisoblanadi. Suvda inson uchun barcha kerakli element ionlari joylashgan.
  • Toshkent shahrida toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining ko‘payishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan o‘lchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida ro‘y bermoqda.
  • Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham to‘siq bo‘lib qolmoqda.
  • Shu bilan birga dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor yerlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
  • Ayniqsa bu achinarli holat Orol bo‘yi mintaqasida o‘zining salbiy natijasini ko‘rsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha o‘n ming gektarlab yer maydonlari sho‘rlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga to‘yinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan.
  • Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir yer yuzidagi har bir kimsa qay yo‘l bilan bo‘lsada, bu boylikdan tejamkorlik bilan foydalanish ustida bosh qotirmoqda. Bu hol ayniqsa qishloq xo‘jaligida ko‘zga tashlanmoqda.
  • Inson embrioni eng ko‘p namlikka yega. Kelajakdagi odamning embrioni taxminan 97 % suvdan iborat. Bir oz kamroq yangi tug‘ilgan chaqaloqning tanasida mavjud – 92 %. O‘smirlarda – 80 %. Kattalarni esa 70-75 % ga "suv bosgan".
  • Keksa odamlarning tanasida eng kam H2O miqdori. Atigi 60 % ni tashkil qiladi. Shuning uchun inson yillar davomida hayotiyligini yo‘qotib, kasal bo‘la boshlamaydimi? Ehtimol, suv tananing juda tez va darhol jiddiy oqibatlarga olib keladigan yagona moddadir...
  • Inson bir necha hafta davomida oziq-ovqatsiz omon qolishi mumkinligiga ishoniladi. Vitaminlar, mikro va makroelementlarning yetishmasligi ham bir muncha vaqt o‘tgach, salbiy oqibatlarga olib keladi. Ammo bir necha kun suvdan voz kechish bu – falokat.
  • Biz chanqoqlikning birinchi ko‘rinishlarida namlik zaxiralarini yo‘qotishni boshlaymiz. Yutish sindromi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelish uchun suyuqlikning atigi 5 foizini yo‘qotish kifoya. Gallyutsinatsiyalar va hushidan ketish boshlandi, eshitish va ko‘rish buzildi.
  • Agar suv balansi o‘z vaqtida tiklanmasa, natija halokatli bo‘lishi mumkin.
  • Suvning tanadagi funksiyalari: toksinlar, shlaklar, tuzlar va chiqindilarni olib tashlaydi; foydali moddalarni barcha organlarga tashiydi; mushaklarning qisqarishiga yordam beradi; bo‘g‘inlar uchun moylash rolini o‘ynaydi; gematopoezni, qon bosimini tartibga soladi; miyani faollashtiradi; metabolik jarayonlarni tezlashtiradi; barqaror tana haroratini saqlaydi; organlarni shikastlanishdan himoya qiladi; kuch va energiya qo‘shadi, to‘g‘ri suv balansi fiziologik hazm qilishga yordam beradi, chiqindi mahsulotlardan tez va oson xalos bo‘lishga yordam beradi, tanani tozalash paytida buyrak va jigarga yukni kamaytiradi va ich qotishining oldini oladi.
  • Suv – inson tanasidagi barcha to‘qimalarning asosiy tarkibiy qismidir. Har bir organda suyuqlik konsentratsiyasi har xil. Namlik yirik zaxiralari (deyarli 99 % suv) ko‘z olmasida jamlangan. Miyada suvning yuqori konsentratsiyasi mavjud (deyarli 70 %).
  • Inson tanasining yarmidan ko‘pi – H2O.
  • Ichimizdagi barcha biokimyoviy jarayonlar ham suvni talab qiladi.
  • Suvning roli: Yurak-qon tomir tizimining salomatligi. Iste’mol qilinadigan ichimlik suvi miqdori va yurak tomirlari kasalligi xavfi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Shirin sharbatlar va gazlangan ichimliklar o‘rniga toza ichimlik suvini afzal ko‘rganlar uchun yurak xastaligi xavfi sezilarli darajada past bo‘ladi. Mushaklar kuchi. Sportalida terlash mushaklarning namligini yo‘qotishiga olib keladi va yetarli bo‘lmaganda mushaklar tezroq charchaydi. Shuning uchun uzoq muddatli mashg‘ulotlar paytida energiyani saqlab qolish uchun suyuqlik zaxiralarini tiklash muhimdir. Terining yangiligi. Teridagi akne va yallig‘lanishning sababi ko‘pincha toksinlardir. Qo‘shimcha suv olish tanani tezda tozalashga yordam beradi. Shuningdek, to‘g‘ri namlik balansi terini erta qarish, quritish va ajinlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Saraton kasalligining oldini olish nazariyasi. So‘nggi tadqiqotlar olimlarga qiziqarli nazariyani ilgari surish imkonini berdi. Ularning fikriga ko‘ra, siydik pufagi saratonining rivojlanishi ko‘p jihatdan tanadagi suv darajasiga bog‘liq: tana namligi indeksi qanchalik yuqori bo‘lsa, kasal bo‘lish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Olimlar bu nazariyani tez-tez siyish kanserogenlarni tanadan tezroq (va ko‘p miqdorda) olib tashlash, ularning siydik pufagida to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan izohlaydilar. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, xuddi shu prinsip bo‘yicha o‘zingizni ko‘krak va ichak saratonidan himoya qilish mumkin. Buyraklar uchun foydalari. Buyraklar toksinlarni olib tashlaydi, organizmdagi suyuqlik muvozanatini va qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi. Organning to‘g‘ri ishlashini ta’minlashning yagona usuli – yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish. Bo‘g‘imlarni himoya qilish. Namlik bo‘g‘inlar elastik bo‘lib qolishiga va qurib ketmasligiga imkon beradi va bo‘g‘imlarning o‘zi uchun suv moylash materialining bir qismidir. Shuning uchun sog‘lom namlik darajasini saqlash juda muhimdir. Miya uchun ahamiyati. Suvsizlanish miyaning to‘qimalariga juda salbiy ta’sir qiladi, u namliksiz quriy boshlaydi. To‘g‘ri suv muvozanatini saqlamasdan, unga o‘z vazifalarini bajarish qiyinroq, ayniqsa imtihonlar yoki mas’uliyatli ishlar paytida. Respirator virusli infeksiyadan himoya qilish. 400 kishi ishtirokida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, epidemiya paytida o‘zingizni infeksiyalar va nafas olish yo‘llari kasalliklaridan himoya qilish uchun siz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz va muntazam ravishda oddiy toza suv bilan yuvishingiz kerak. Tajribada ishtirok etgan odamlarning kasal bo‘lish ehtimoli kamroq edi va kasallik asoratlarsiz yengilroq shaklda davom etdi. Chidamlilik va hushyorlik nazorat ostida. Suvsizlanish har doim zaiflik va charchoqni keltirib chiqaradi. Siz tez-tez charchaganingizni va kuchingiz sizni tark etayotganini payqadingizmi? Kuniga qancha suv ichishingizni hisoblang. Ehtimol, charchoqning sababi suyuqlik yetishmasligidir. Agar siz uzoq vaqt hushyor turishingiz kerak bo‘lsa, har doim qo‘lingizda bir shisha gazsiz suv borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Suvsizlanish konsentratsiyaning yomonlashishiga olib keladi, shuningdek konsentratsiyani pasaytiradi, vosita qobiliyatlari va xotirani buzadi. Depressiya uchun vosita.
  • Yana bir qiziqarli tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kayfiyat to‘g‘ridan to‘g‘ri tanadagi suv miqdoriga bog‘liq. Suvsizlanish foizi qanchalik yuqori bo‘lsa, kayfiyat yomonlashadi.  
  • Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, suv ham depressiyani davolash vositasi ekanligi ham qiziq. Iliq dush qabul qilgandan so‘ng, organizm bo‘shashishga olib keladigan gormon oksitotsin ishlab chiqarishni faollashtiradi.
  • Siz nafaqat suvga qarashingiz, balki uning tovushlarini ham tinglashingiz kerak! Bu tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, terapevtik ta’sirga ega.
  • Jamoat transporti, qurilish asboblari va qichqiriqlarning yoqimsiz shovqinlari qon bosimining oshishiga olib keladi, pulsni tezlashtiradi va stress gormonining chiqarilishiga olib keladi.
  • Suv tovushlari aksincha odamlar uchun eng yoqimli narsalardan biridir. Ular tinchlantirishga va butun tanaga foydali ta’sir ko‘rsatishga qodir. Shuningdek qirg‘oqda yashovchi odamlarning sog‘lig‘i yaxshi va akvaaerobika quruqlikdagi darslarga qaraganda ko‘proq foyda keltiradi, xususan yurak-qon tomir tizimi uchun.
  • Insonga qancha namlik kerak? U kuniga qancha suv ichishi kerak? Bu oddiy ko‘rinadigan savolga aniq javob yo‘q. Yillar davomida olimlar ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazdilar va har safar turli raqamlarni e’lon qilishdi. Aslida bitta javob yo‘q. Bularning barchasi yoshga, jinsga, yashash joyiga va inson faoliyatining turiga bog‘liq. Sohilda yashovchi odamlar havodan qo‘shimcha namlik olishadi, shuning uchun ular boshqalarga qaraganda bir oz kamroq suyuqlik ichishga qodir. Ammo issiq mamlakatlar aholisi aksincha suv muvozanatini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan nazorat qilishlari kerak, chunki ular suvsizlanishga ko‘proq moyil. Organizm talab qilganidan kamroq suyuqlik ichish tizimlar va organlar faoliyatida jiddiy buzilishlarga olib keladi. Ammo ortiqcha ham sog‘liq uchun xavflidir. Xo‘sh, kimga ruxsat berilgan va qancha suv? Oddiy sharoitlarda chanqoqlik va siyish tanadagi namlik miqdorini nazorat qiladi. Va bu oddiy suv aylanishi. Shuni unutmangki, chanqoqlik ba’zi kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin, xususan diabet. Shuning uchun, agar ichish istagi uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak. 2010 yilda Yevropadagi diyetologlar navbatdagi Kongressida suv iste’molining minimal standartlarini ko‘rib chiqishni taklif qilishdi: erkaklar uchun 2 litr; ayollar uchun 1,6 litr. Ammo bu faqat insonning turmush tarzi va jismoniy faolligini hisobga olmaydigan taxminiy raqamlar. Bundan tashqari tana vazniga qarab aniqroq kunlik nafaqani hisoblashingiz mumkin bo‘lgan formula mavjud. Buning uchun 1 kg vazn uchun kuniga 30 ml suv bo‘lishi kerakligini bilish kifoya.

 

 

DUNYO ASOSAN SUVDAN IBORAT, LЕKIN SUV MUAMMO...

 

Suvning tuzli (okean va dengizlarda), chuchuk (daryo, ko‘l, yer ostida va muz ko‘rinishida), yomg‘ir, mineral hamda insoniyat tomonidan qayta ishlov berilgan shakldagi turlari bor. Dunyoning ¾ qismi suvdan iborat.

Biz hayotimizni suvsiz tasavvur qila olmaymiz. Texnologik taraqqiyot tufayli biz uni har kuni sarflaganimizda bu haqda o‘ylay olmaymiz. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rta asrlarda bitta oila kuniga 5 litrdan ko‘p bo‘lmagan suv sarflagan. Endi bu miqdor 1000 litrga yetishi mumkin.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoriga ko‘ra, bir kishining ehtiyojlari uchun kunlik 50-100 litr suv kerak. Afrikaning qishloq joylarida bir kishi odatdagidan sezilarli darajada past va kuniga 10-20 litr suv sarflaydi. AQSHda aksincha, normadan ancha darajada yuqori – 450 l. Kanadada – 340 l, Yaponiyada – 320 l. G‘arbiy Yevropada suv ta’minoti xizmatlarining yuqori narxi tufayli u 130 dan 180 litrgacha o‘zgarib turadi. Rossiyaliklar yevropaliklarga qaraganda ko‘proq isrofgar – 250 litr. Ammo suvni eng ko‘p sarflaydigan davlat bu – Saudiya Arabistoni aholisidir: ularga bir kishi uchun kuniga 500 litr kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston bo‘yicha kunlik bir kishiga iste’mol o‘rtacha 99,2 litr (Farg‘ona viloyatida – 200 litr, Toshkent shahrida – 174 litr, Navoiy viloyatida – 170 litr, Xorazm viloyatida – 143 litr, Jizzax viloyatida – 130 litr, Toshkent viloyatida – 126 litr, Sirdaryo viloyatida – 103 litr, Samarqand viloyatida – 96 litr, Andijon viloyatida – 84 litr, Namangan viloyatida – 75 litr, Surxondaryo viloyatida – 74 litr, Qoraqalpog‘istonda – 55 litr, Qashqadaryo viloyatida – 42 litr)ga to‘g‘ri keladi.

Suvi ko‘p va suvi kam davlatlar

Dunyoda suv har xil taqsimlangan. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta chuchuk suv resurslarining egalari Braziliya (8233 kub km), Rossiya (4507 kub km), Kanada (2902 kub km), Indoneziya (2838 kub km), Xitoy (2830 kub km), Kolumbiya (2132 kub km), AQSH (2071 kub km), Peru (1913 kub km) va Hindiston (1897 kub km).

Chuchuk suv muammosiga duch kelayotgan davlatlar esa Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika aholisi, Markaziy Osiyo, Koreya, Avstraliya, Ruminiya, Moldova, Vengriya va hatto AQSHning shimoliy hududlaridir.

Suv narxlari eng arzon va eng qimmat davlatlar

Numbeo tahliliy portali dunyoning 99 ta davlatidagi 1,5 litr idishdagi suv narxlarini ma’lum qildi. Unda Kosta-Rika 26 710 so‘m bilan suvi eng qimmat davlat deb topilgan bo‘lsa, bu qiymat Misrni 2566,52 so‘m bilan eng arzon davlatga aylantirdi. Suvi arzon sotilayotgan davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston 91-o‘rinni egallagan. 

Ichimlik suvining yana bir muhim manbai – yerusti toza suvidir. Ular ko‘llar, daryolar, to‘g‘onlar va soylarda saqlanadi. Daryolar va to‘g‘onlar suv ta’minoti uchun muhim bo‘lsa-da, ular faqat 1 foizgina chuchuk suvni o‘z ichiga oladi. Chuchuk suvning taxminan 0,001 foizi atmosfera bug‘i bo‘lib, ular Yer sayyorasida yomg‘ir va qor bilan almashinib turadi.

Oxirgi 50-70 yil ichida suv omborlari soni o‘n baravar ko‘paygan. Shu yillar davomida har kuni o‘rtacha ikkita suv ombori ishga tushirilgan. Dunyoda jami 60 mingdan ortiq suv omborlari yaratilgan bo‘lib, ularning umumiy hajmi (6500 kub km) Yer sharining barcha daryolaridagi bir martalik suv hajmidan 3,5 baravar ko‘pdir.

 

 

TABOBAT OLAMIDAN:

 

SUV ICHISH MUMKIN BO‘LMAGAN PAYTLAR

Bir necha paytda suv ichmoq – xato.

Bu haqda so‘zlamish bir qancha dono.

Biri – sahar payti suv ichib bo‘lmas,

Biri – hammomdan so‘ng suvga qo‘l urmas.

 

Uyqudan so‘ng suvdan ichmoq ko‘p yomon,

Sharobdan so‘ng qaltiroq qo‘zg‘atar har on.

Surgidan so‘ng yana suv ichib 6o‘lmas,

Jimoning ortidan aslo mumkinmas!

 

Shundayin paytlarda suv ichma, odam!

Oriqlik va sustlikni qo‘zg‘atar har dam,

Mevaning ustidan suv ichmoq zarar,

Qovun yegach ichsa – baridan battar.

 

SOVUQNI HAYDASH XISLATI:

Asal suvi tanda pishirar balg‘am,

Sovuq a’zolarga beradi yordam.

Me’da sovuk bo‘lsa yoki ichaklar,

Isitar, ishtaha ochadi har dam.

 

 

DONOLAR OLAMIDA:

 

  • Bir yosh yigit Suqrotdan muvaffaqiyatning siri nimada ekanligini so‘radi. Suqrot unga ertasi kuni tongda daryo bo‘yiga kelishini, savoliga o‘sha yerda javob berishini aytti...

Ertasiga ertalab yigit daryo bo‘yiga keldi...

Suqrot undan daryoga tushishni so‘radi. Birga daryoga tushdilar. Suv bo‘yinlariga yetganda, kutilmaganda Suqrot yigitning boshini suvga tiqdi. Yigit suvdan chiqishga qanchalik harakat qilmasin, Suqrot kuchli edi. Suqrot yigitni ko‘karib ketgunicha suvda ushlab turdi, keyin suvdan chiqarib oldi. Yigit chuqur nafas oldi. Suqrot so‘radi: "Boshingni suvda tutib turgan paytim eng ko‘p nimani xohlading?" Yigit javob berdi: "Havo!" Suqrot dedi: "Muvaffaqiyatning siri mana shunda! Qachonki sen muvaffaqiyatni suv tubida havoni xohlaganingchalik xohlasang, shunda unga erishasan. Bundan boshqa sir yo‘q. Yoniq istak muvaffaqiyatning boshlanishidir! Kichik olov ko‘p issiqlik berolmaganidek, kuchli bo‘lmagan istak buyuk maqsadlarga asos bo‘lolmaydi”.

  • Lovillab yonayotgan olovni suv o‘chirgani kabi nodon odamlardan chiqayotgan alangani hakimu oqil odamlar so‘ndiradilar” (Abulqosim az-Zamahshariy).
  • Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:

Singan ko‘ngil yana seva oladimi?

Mavlono javob berdi:

Ha, seva oladi!

Unda aytingchi, singan piyolada suv ichasizmi?

Mavlono esa nim tabassum bilan:

Siz piyola sindi deya suv ichishni tark qildingizmi?! – dedi.

 

 

ULUG‘LARDAN  HIKMATLAR:

“Inson suvdek bo‘lishi lozim!", deyishadi... Chunki:

  • Suv og‘ir yuklarni ustida ko‘taradi.
  • Qimmatbaho narsalarni esa o‘z qa’riga oladi.
  • O‘lik yerga hayot beradi.
  • Oldiga to‘siq chiqsa, to‘xtab qolmaydi. Atrofidan aylanib o‘tib, yo‘lini davom ettiradi.
  • Suvni oltin idishga solsang ham, loydan yasalgan idishga solsang ham, o‘z rangini o‘zgartirmaydi”.
  • Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlari ichida odam zotini eng mo‘jizaviy qildi. Inson boshida uch xil suv bor:

- ko‘z suvi – yosh;

- quloq suvi – zardob;

- og‘iz suvi – tupuk!

Ushbu suvlarning har birida alohida vazifa bor!

• Ko‘z suvi sho‘r bo‘ladi, agar sho‘r bo‘lmasa edi, ko‘z gavharining himoyasi uchun zarur bo‘lgan yog‘ aynib qolar va ko‘z faoliyati ishdan chiqar edi!

• Quloq suvi achchiq bo‘ladi, agar shirin bo‘lganida, quloqni qumursqa bosardi!

Og‘iz suvi sho‘r ham emas, achchiq ham emas! Agar tupugimiz sho‘r yoki achchiq bo‘lganida, yegan narsamizning ta’mini bilmas edik!

Yana eng ajoyibi bu – suvlar har kuni yangilanib turadi va bir-biriga aralashib ketmaydi!

Alloh taolo aytadi: «Haqiqatan, Biz insonni xushbichim va xushsurat shaklda yaratdik» (Tin surasi 95/4 oyat).

Bu mutanosiblikni o‘z-o‘zidan, tasodifan, tabiiy tanlanish yo‘li bilan bo‘lib qolgan, deyish uchun inson naqadar saviyasiz bo‘lish kerak?!!

  • Mazhabboshimiz Imom A’zam rahmatullohi alayh: Yaxshilik va ehsonda isrof bo‘lmaganidek, isrofda ham hech qanday yaxshilik yo‘q, – deganlar.
  • Moliyaviy mablag‘lar isrofidan tashqari har bir sohada ham isroflar bo‘ladi. Shulardan mashhurrog‘i – suvning isrofi. Suvning isrof bo‘lish holatini har joyda kuzatish mumkin. Lekin ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi. Holbuki suv – Alloh taolo bandalarga in’om etgan ne’matlarning saralaridan erur. Bu ne’matni tejash kerak. Har bir sohada bo‘lgani kabi suvning isrofi ham gunoh sanaladi. Hattoki ibodat uchun ishlatilganda ham isrof qilmaslik kerak.
  • “Isrof” so‘zi asli arabcha bo‘lib, “hisobsiz tarzda ishlatish”, “haddidan oshish” kabi ma’nolarni anglatadi. Isrofga yo‘l qo‘ygan odam Alloh belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zotning ne’matlarini o‘rniga sarflamagan yoki hojatdan tashqari ishlatgan bo‘ladi. Tilimizda ushbu so‘z “nest-nobud qilish”, “uvol qilish”, “ne’matni qadrlamaslik” kabi ma’nolarni anglatadi.
  • “Isrof” so‘zi lug‘atda “chegaradan chiqish” va “bir narsani qasddan unutish” ma’nolarini bildiradi. Istilohda esa moddiy va ma’naviy ma’noda ishlatilsa-da, ko‘proq moddiy sarf xarajatlarda o‘z ifodasini topadi. Har qanday ishda chegaradan chiqish – isrofdir.
  • Isrof – pul, mol va Alloh tomonidan bizga berilgan ne’matlarni nojo‘ya sarflashdir.
  • Ulamolarning aytishlaricha, ISROF:
  • faqirlikka yetaklaydi,
  • jannatdan uzoqlashtirib,
  • do‘zaxga yaqinlashtiradi,
  • Alloh taoloning g‘azabiga sabab bo‘ladi. 

 

Suv resurslarining ahamiyati va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligini bilib oldik.

Suvsizlik bu – asrning global muammosi ekan, bunga dunyoning barcha davlatlari birgalikda kurashishi, bir-biriga yordam berishi, aholi esa suvdan foydalanish madaniyatini his qilgan holda amal qilishlari kerak bo‘ladi. Chunki bir yerda suv bilan bog‘liq muammo kattalashgani sari, u yerda hayot umidi so‘nib boraveradi. Suvga ehtiyoji bor jamiki jonzotlar esa suvli mamlakatlarga qarab ko‘cha boshlaydi. Va bu o‘sha davlatning ham muammosiga aylanadi. Kech bo‘lsa-da, vaqtimiz bor, dunyoni birgalikda bu inqirozdan qutqarishimiz lozim!..

Xalq ichinda mo‘tabar bir narsa yo‘q davlat kabi,

Bo‘lmag‘ay davlat jahonda quvvat-u sihhat kabi!

Iqtisod, insof ziynatdur vujudi odama,

Yaxshi ne’mat yo‘q kishiga sa’y ila g‘ayrat kabi!

Endi har birimiz o‘z-o‘zimizga: “O‘zim yashab turgan yurtimni tinchligi uchun, ona-Vatanimni ravnaqi uchun, ajdodlarim yotgan muqaddas zaminim uchun, kindik qonim to‘kilgan diyorim uchun, aziz bo‘lgan el-xalqim uchun, farzandim mendan ham baxtliroq bo‘lishi uchun, bolamni kelajagi uchun men nima ish qildim?” – deb savol beraylik...

Beqiyos va betakror, katta va boy tajribaga ega dono xalqimiz ellik ming elakdan o‘tkazib, o‘zining purhikmatli maqollarida bekorga «Nimani xor qilsang, shunga zor bo‘lasan!» demagan!!!

Axir «Tejam bilan ishlatsang – uy-ro‘zg‘oring but. Isrof bilan ishlatsang – yomon kunni kut!» deb bejizga aytilmagandir?!!

 

Dono halqimiz o‘zining ulug‘ hikmatlarida

  • «Boylik ushoqdan yig‘ilar»,

 

  • «Bugun yedim – yetdim.

Erta yedim – o‘tdim.

Hamma hayitga chiqqanda,

Xumga kirib yotdim»,

 

  • «Don ayagan donga yetar,

Non ayagan – nonga»,

 

  • «Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,

Yomon o‘g‘il ota molini sochar»,

 

  • «Donni yiqqan – donodir»,

 

  • «Yeyishing – kepak,

Kiyishing – ipak»,

 

  • «To‘qlikda ochlikni o‘yla,

Boyiganda – muhtojlikni!»,

 

  • «Yig‘sang – yetasan,

Sovursang – ketasan»,

 

  • «Kam-kam yesang – doim yersan.

Ko‘p-ko‘p yesang – neni yersan?»,

 

  • «Olaversang – yengil bo‘lar,

Solaversang – og‘ir».

deb aytishida ham juda ko‘p ma’nolar bor!!! Shuning uchun endi biz ham Alloh taoloning g‘azabiga sabab bo‘ladigan, do‘zaxga yaqinlashtiradigan, jannatdan uzoqlashtiradigan, faqirlikka yetaklaydigan ISROFdan saqlanaylik!!!

Mehribon Parvardigorimiz sog‘lik-salomatligimiz fani – tabobat ilmining yarmini birgina (!) Qur’oni karimning 7-chi surasi A’rof surasi 31-oyatining yarmiga, Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam birgina (!) muborak hadisi shariflariga jamlab qo‘ygan ekanlar, biz ikki dunyoda ham chin saodatni istasak, hech kimga hech narsa qoldirmagan KITOB – Kalomulloh va HIKMAT – hadisi sharifga amal qilsak – marra bizniki!

Iloho o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizni ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

Muhtaram azizlar! Tinch bo‘lib turgan yurtimizda musaffo osmonimiz ostida yashayotgan jannatmakon diyorimizni boyligi uchun, Xudoni o‘zgacha Ilohiy nazari tushgan muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun, turmushimiz obodligi va ko‘pchilikni rizqi uchun, elimizni mo‘l xirmoni va oilamiz dasturxoni ko‘rki uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik! Shu jannatmakon diyor – muqaddas zaminda yashayotgan har birimiz, Alloh taolo O‘zbekistonga bergan barcha behisob va betakror, mislsiz va beqiyos ne’matlaridan foydalanayotgan har bir odam bolasi o‘zini munosib hissasini qo‘shishi lozim ekanligini unutmaylik!..
 

Ibrohimjon domla Inomov

Ibratli hikoyalar