Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447
Maqolalar

Muloyimlik – ilmning otasi...

11.02.2025   14157   1 min.
Muloyimlik – ilmning otasi...

#kun_hikmati 

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.

– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.

– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.

– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.

#hilm #ilm #muloyimlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+)

05.01.2026   1394   1 min.
Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+)

4 yanvar kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdullohxon domla Samatov va Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan imomlar ishtirokida diniy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kosonsoylik talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ilm-ma’rifatning ahamiyati, shuningdek, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bilimli avlodni tarbiyalash borasida davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xususida fikr almashildi. Talabalarga ta’limni yakunlagandan so‘ng o‘z tumanlarida masjid va mahallalarda imom-xatib, imom-noib hamda otinoyi sifatida xizmat qilishlari muhim ekani ta’kidlandi.


Abdullohxon domla yoshlarni ota-ona va ustozlar ishonchini oqlab, yurt va xalq manfaati yo‘lida fidokorona xizmat qilishga chorladi. Uchrashuv yakunida talabalarga o‘qishlarida muvaffaqiyat tilab duolar qilindi.


Shuningdek, homiylar ko‘magida 3 nafar talabaga o‘quv shartnoma uchun sertifikatlar topshirildi. Barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va hadiyalar taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+) Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+) Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+) Bosh imom va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari