Bugun, 18 fevral kuni Bog‘ot tumanida yangidan qurib bitkazilgan "Darvesh bobo" jome masjidining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, mutasaddilar, imom-xatiblar va mahalla ahli jam bo‘lishdi.
Marosimda Qur’oni karim tilovati va bu masjidning to qiyomatgacha mo‘min-musulmonlarga xizmat qiladigan, tarovehlar, xatmi Qur’onlar, zikru tasbehlar aytiladigan sajdagoh bo‘lishini, yangi masjid xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlashda hidoyat va ziyo maskani bo‘lib ko‘p yillar faoliyat yuritishini Alloh taolodan so‘rab, bu xayrli ishda ko‘makchi bo‘lgan barcha ezgu niyatli kishilar haqqiga duolar qilindi.
Zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur masjid 3000 nafar namozxonlarga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Osmondan chayqalib tushayotgan qor uchqunlarining shakli betakrordir. Qor zarralarining birortasi boshqasiga o‘xshamaydi.
Balki shuncha qor zarralari orasida bitta-ikkita o‘xshashlari bo‘lsa kerak, degan gumonga borarsiz. Yo‘q, bir-biriga o‘xshash ikki qor zarrasini hech topolmaysiz!
Robbimiz har bir qor zarrasini boshqasidan farqli shakl va o‘lchovda yaratgan.
"Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir" (Nahl surasi, 11-oyat).
O‘MI Matbuot xizmati