Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Mart, 2025   |   10 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:43
Peshin
12:38
Asr
16:38
Shom
18:27
Xufton
19:40
Bismillah
10 Mart, 2025, 10 Ramazon, 1446

Qur’on yodlashning eng oson yo‘li

19.02.2025   8201   2 min.
Qur’on yodlashning eng oson yo‘li

Men Alloh subhanahu va taolo meni ulardan Qur’oni karimni o‘rganishga muvaffaq qilgan juda ko‘p mashoyixlarimizdan Qur’onni yod olishning eng afzal yo‘li haqida so‘rab chiqdim. Madinadagi qorilar ustozi shayx Ibrohim Axdor, shayx Muhammad Ahmad, shayx Bakr Tarobishi rahimahulloh, shayx Rodvon hafizahulloh kabi kibor ulamolardan so‘radim. Odatda, biz bu haqida ko‘pchilikdan so‘raymiz. Ammo umrining 60-70 yilini Qur’onni tilovat qilish va uni o‘rgatishga bag‘ishlagan  va butun hayoti Qur’oni karim ta’limiga sarflangan ustozlardan Qur’onni yodlashning eng afzal usulini so‘raganimizda, ular bir ovozdan ma’qullab aytishadiki, “Qur’onni hifz qilishning eng yaxshi yo‘li - Payg‘abarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalariga amal qilish: “Qur’onga o‘zingizni bag‘ishlang!” (Uni muntazam o‘qing). Oddiy. Bu borada ko‘p bahslashamizu, ammo oxir-oqibat Payg‘abarimiz alayhissalomning tavsiyalariga qaytamiz: “Qur’onni muntazam o‘qing!” Oz-ozdan Qur’ondan o‘qishni kunlik odat qilib olishingiz kerak. “Amallarning eng yaxshisi — oz va bardavom bo‘lganidir”.

Ya’ni, bilamizki, yeb-ichishdan butunlay voz kecholmaysiz, ammo oz-ozdan bo‘lsa ham qilishingiz kerak. Taomlanish va ichish kabi kunlik qiladigan odatlaringiz ichiga Qur’ondan oz miqdorda tilovatni ham qo‘shishingiz kerak. Va vaqt o‘tgani sari bu oz miqdor ko‘payib boradi va shu bilan siz Qur’onni, shubhasiz, yod olasiz. Alloh sizni Qur’onni yod olishga muvaffaq qilishi darajasiga yetmaguningizcha, tunlari sajdada duo qilishingiz lozim: “Yo Alloh, Qur’onni qalbimning bahori, ko‘ksimning nuri qilgin. Menga nafsimni yengishimda madad ber!”.

Qur’on ahllari bu — Allohning xos bandalari bo‘lib, ular U zotga eng yaqin bo‘lganlardir. Alloh bandalari orasidan Qur’on ahllaridan bo‘lishga loyiqlarini tanlaydi. Alloh qalbingizdagi Qur’on ahllaridan biri bo‘lishga bo‘lgan kuchli istagingizni ko‘rishi kerak. Alloh subhanahu va taolodan sizni Qur’onni hifz qilishga muvaffaq etishini so‘rab, bu amalni o‘zingizga kunlik odat qilib olsangiz, O‘zining izni ila sizni Kalomini hifz qilish bilan mukofotlaydi. 

Shayx Yosir Dusariy

Boshqa maqolalar

Ramazon zikr va duolari

5.03.2025   2354   1 min.
Ramazon zikr va duolari

Solihlar ramazon oyida quyidagi zikrlarni ko‘p aytardilar:

1. "Laa ilaha illallohu va nastag‘firulloh”.

2. "Nasalukal jannata va na’uzu bika minannar". 

3. "Ashhadu allaa ilaha illallohu, astag‘firulloh, nasalukal jannata va na’uzu bika minannar".

"Ramazon oyida bir marta tasbeh aytish boshqa oylardagi mingta tasbehdan afzaldir" (Ibn Abu Dunyo. “Fazoilu Ramazon”).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati 

Ramazon zikr va duolari Ramazon zikr va duolari