Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Mart, 2025   |   20 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:08
Quyosh
06:27
Peshin
12:35
Asr
16:47
Shom
18:38
Xufton
19:51
Bismillah
20 Mart, 2025, 20 Ramazon, 1446

Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda

04.03.2025   7660   1 min.
Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda

Masjidlardagi taroveh namozlari, xatmi Qur’onlardan keyin mo‘min-musulmon xalqimiz jamoat bo‘lib qilayotgan duolar sharofatidan o‘lkamizga osudalik, fayz-baraka yog‘ilmoqda. Zero, Qur’on o‘qilgan joyda farovonlik bo‘ladi. U joylarga Allohning rahmati, barakasi yog‘iladi, balo-ofatlar ariydi. Payg‘ambar alayhissalom: «Bir qavm jamlansa, ba’zisi duo qilsa va qolganlari “omin”, desa, albatta, Alloh taolo ularni ijobat qiladi», deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari poytaxtimizdagi "Kulolqo‘rg‘on" jome masjidida jamoatga yoshlarni ilm va kasbga yo‘naltirishning ahamiyati mavzusida ma’ruza qilib berdilar. Muftiy hazratlari farzandning yaxshi, odobli, mehnatsevar, sog‘lom bo‘lib o‘sishi ko‘p jihatdan ota-onasiga bog‘liqligi, shunday ekan, har bir ota-ona farzandi yoshlik chog‘ini chiroyli, namunali, foydali va savobli ishlar bilan o‘tkazishiga yordamchi bo‘lishi lozimligi borasida oyat va hadislarga tayangan holda so‘zladilar.

Ta’kidlash joizki, bunday ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar yurtimizning barcha masjidlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosarlari, imom-domlalarimiz tomonidan o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda Xatmi Qur’onlar yurtimizga qut-baraka bo‘lmoqda
Boshqa maqolalar

Sahobalar tarovehni nechi rakat o‘qishardi?

17.03.2025   2572   2 min.
Sahobalar tarovehni nechi rakat o‘qishardi?

Ramazon oyida xufton namozidan so‘ng ado qilinadigan taroveh namozi sunnati muakkadadir. Erkaklar masjidda jamoat bilan o‘qisa, ayollar uyida ado qiladi. Ba’zi fuqaholar: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisda aytgan Ramazondagi tungi ibodatdan maqsad taroveh namozidir», deyishgan.

Taroveh namozi yigirma rakatdir. Ushbu yigirma rakatni o‘nta salom va beshta tarviha (dam olish)da ado qilinadi. Har ikki salomdan so‘ng dam olinadi.

To‘rt mazhab ulamolari tarovehning yigirma rakat ekanligiga bu hadislarni dalil qilishgan: Soib ibn Yazid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Umar roziyallohu anhuning davrlarida Ramazon oyida sahobalar tarovehni yigirma rakat o‘qishardi» (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Abdulaziz ibn Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Madinada Ubay ibn Ka’b Ramazon oyida odamlarga yigirma rakat (taroveh) namozini o‘qib berardi va vitrni uch rakat o‘qirdi».

Ibn Qudoma rahmatullohi alayh «Mug‘niy» nomli kitoblarida taroveh namozini yigirma rakatligiga ijmo qilinganini keltiradi va Imom Molikning «Taroveh o‘ttiz olti rakatdir», degan so‘zlariga raddiya sifatida bunday yozadi: «Ramazon oyida qoim bo‘lib o‘qiladigan taroveh namozi yigirma rakatdir. Ushbu namozni birinchi o‘qigan odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdirlar. Ushbu namozni Umar roziyallohu anhu joriy qilgan, deyilishining sababi esa, u kishi Ubay ibn Ka’bni imom qilib, bu namozni jamoat bo‘lib o‘qishni joriy qilgan birinchi shaxs hisoblanadilar.

Ali roziyallohu anhu xalifalik davrlarida Ramazon oyida masjidlar oldidan o‘tib ketayotganlarida ularning shamchiroqlar ila yoritilganini ko‘rib: «Bizning masjidlarimizni yoritgan Umarning qabrini Alloh yoritsin», deb duo qilganlar. (Ya’ni Umar (roziyallohu anhu)ning qilgan ishlarini ma’qullaganlar.)»1

Misr, Mag‘rib, Liviya, Quvayt, Qatar, Suriya, Pokiston, Hindiston kabi o‘lkalardagi deyarli barcha masjidlarda taroveh namozini yigirma rakat o‘qishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlardan yer yuzidagi barcha musulmonlar tarovehni yigirma rakat o‘qishlari ayon bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadislarida: «Mening ummatim zalolatda jamlanmaydi», deganlar. Demak, tarovehni yigirma rakat o‘qish sunnat hisoblanadi.

Odilxon qori YUNUSXON o‘g‘li

1 Ibn Qudoma. “Mug‘niy fi fiqhil Hanbaliy”. 2-juz. 167-bet.