Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Pastdarg‘om tumanida bo‘lib, insonparvarlik va mehr-muruvvat ishlarini amalga oshirdi.
Tashrif davomida turli millat vakillaridan bo‘lgan 4 nafar ehtiyojmand oila holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Shuningdek, Ramazon oyining fazilatlari, uning sabr, bag‘rikenglik va mehr-oqibat oyi ekani haqida tavsiyalar berdi.
Oilalar tashrifdan minnatdor bo‘lib, bu kabi ezgu ishlar jamiyatimizda millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashini ta’kidlashdi.
Bu xayrli tadbir Ramazon oyida ehtiyojmand va muhtoj insonlarga yordam berish, musulmonchilik va insonparvarlik an’analarini keng yoyish maqsadida amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati