Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2025   |   2 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:42
Peshin
12:30
Asr
17:10
Shom
19:11
Xufton
20:29
Bismillah
25 Avgust, 2025, 2 Rabi`ul avval, 1447

300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi

19.03.2025   8281   1 min.
300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi

Muborak Ramazon oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari salmog‘i ham oshib bormoqda. Bu jarayonda ko‘plab kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga, yetim va miskinlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilyapti.


Yaqinda fondning Farg‘ona viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan xayriya tadbirida ham ana shu toifadagi yuzlab oilalarga Ramazon shukuhi kirib bordi.

Tadbir davomida viloyat hududida yashovchi 300 ta ijtimoiy-moddiy yordamga muhtoj oilaga 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi manzilma manzil yetkazildi.


Saxovatli homiylarimizdan yagona ROZZAQ rozi bo‘lsin! 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati

300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi
Boshqa maqolalar

Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

23.08.2025   8870   2 min.
Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning haq-huquqlarini himoyalash, huquqiy ongini oshirish, ma’rifatini ziyoda qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish maqsadida shu yilning 20-24 avgust kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi xizmat safari uyushtirildi.


Stavropol o‘lkasi va Rostov viloyatiga safar qilgan delegatsiya tarkibida tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov ham ishtirok etib, vatandoshlarimizni istiqlolimizning 34 yilligi bilan qutladi.


Uzoq o‘lkalarda o‘qib, ishlab yurgan hamyurtlarimiz bilan halol kasb qilishning fazli, aqidada adashmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, Islomda bag‘rikenglik, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Har qanday diniy mavzudagi ma’lumotlar borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli rasmiy internet tarmoqlardan foydalanish tavsiya etildi. Turli diniy oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi – ham shariat ko‘rsatmasi, ham zamon talabi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, dolzarb mavzudagi bukletlar tarqatildi. 


Stavropol musulmonlari qozisi Muhammad hazrat bilan muzokaralar olib borilib, Xalqaro Kavkaz universitetida 60 davlatdan kelib ta’lim olayotgan talabalar orasidagi 285 nafar o‘zbekistonlik talaba bilan uchrashuv o‘tkazildi. Universitet rahbariyati ushbu talabalardagi ilmga tashnalik va odob-axloqni alohida ta’kidlab, ular timsolida O‘zbekiston xalqiga ehtiromlari yanada oshganini bildirdi.


Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining duoyi salomlari yetkazildi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik, farovonlik, dinimiz ravnaqi yo‘lidagi islohotlar haqida ham aytib o‘tildi.


Xizmat safari davom etmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda Rossiyada vaqtincha yashab turgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
O'zbekiston yangiliklari