Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2025, ,
Yangiliklar

Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi

03.04.2025   9198   1 min.
Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi

Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha sayyor seminar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bunda soha xodimlari, mahalla raislari va joylardagi hojilar bilan birgalikda mahallalarda yashovchi yordamga muhtoj, bemor va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularga moddiy va amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
 

Ushbu tadbir shu yil 2 aprel kuni Beruniy tumanida tashkil etildi. Tumandagi markaziy “Shayx Abboz valiy” jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ishchi guruh tuzildi va sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.


Ishchi guruh a’zolari Beruniy tumanining 5 ta masjidi va 20 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 102 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning hol-ahvolini so‘radi. Ularning muammolarini o‘rgandi, fikr-mulohazalarini tingladi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 102 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.


Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish, bahor mavsumiga tayyorgarlik ishlari, nizom asosida ish va hujjat yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar yaratish jihatlari ham o‘rganildi.


Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, yig‘ilganlarga “Tinchlik saodati, shukronalik, ilm olish fazilati, yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish, missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari” kabi dolzarb mavzularda nutq so‘zladi.


Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


B.ABBAZOV,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi Navbatdagi sayyor tadbir Beruniyda o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Faqirlik va gunohlarni ketkazuvchi amal

10.12.2025   4550   1 min.
Faqirlik va gunohlarni ketkazuvchi amal

حدثنا أحمد بن زهير بن حرب نا أبي نا أبو خالد الأحمر سليمان بن حيان نا عمرو بن قيس عن عاصم يعني ابن أبي النجود عن شقيق عن عبد الله قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ”تابعوا بين الحج والعمرة فإنهما ينفيان الفقر والذنوب كما ينفي الكير خبث الحديد والفضة وليس للحج المبرور ثواب إلا الجنة.

 

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Haj va umrani ketma-ket qiling. Albatta, ikkisi xuddi bosqon temir va kumushning kirini ketkazganidek, faqirlik va gunohlarni ketkazadi. Mabrur hajning savobi faqat jannatdir”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi