Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2025   |   6 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2025, 6 Rajab, 1447

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   8748   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+)

25.12.2025   3336   1 min.
Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+)

Bugun Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Shoh Mashrab” jome masjidida imom-xatiblar, noiblar va otinoyilar ishtirokida 2025 yil yakunlari hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Hafizullo domla Zayniyev so‘zga chiqib, yurtimizdagi diniy-ma’rifiy islohotlar va soha xodimlarining jamiyatdagi o‘rni, xususan, imomlarning shaxsiy namuna bo‘lishlari muhimligini ta’kidladi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Shoxruhmirza Mamadiyev esa hududdagi xayriya ishlari va ma’naviy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligiga to‘xtaldi.


Yig‘ilishda otinoyilar oldida turgan dolzarb vazifalar — «mahallabay» ishlash, oilalarni yarashtirish va bid’at-xurofotlarga qarshi kurashish masalalari alohida muhokama qilindi.

Tadbir yakunida faol imomlar va otinoyilar tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


 

 

Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+) Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+) Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+) Qumqo‘rg‘onda faol din peshvolari taqdirlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari