Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2025   |   7 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:05
Xufton
18:23
Bismillah
27 Dekabr, 2025, 7 Rajab, 1447

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   8760   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi

23.12.2025   4913   1 min.
Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi

Bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildilar.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni aloqalari tarixiy davrga qadam qo‘ygani, ayniqsa, mana shunday iliq munosabatlar natijasida oliy darajadagi muloqotlar, tashriflar, kelishuvlar amalga oshirilgani, ko‘p qirrali hamkorlik va keng ko‘lamli sheriklik kengaygani, shuningdek, qo‘shma korxonalar soni ortgani va ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paygani ta’kidlandi.

Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan, haj va umra tadbirlari namunali tarzda tashkil etilayotgani, keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va ijtimoiy loyihalar muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalarda ikki tomonlama faol ishtirok va hamkorlik qilinayotgani kabi jihatlarga urg‘u qaratildi.

Tomonlar haj-umra, ziyorat turizmi, ilmiy-tadqiqot, tajriba almashish va diniy-ma’rifiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi Saudiya Arabistoni elchisi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi
O'zbekiston yangiliklari