Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.
Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"
Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!
Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati