Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2025, ,

Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda

20.05.2025   19330   1 min.
Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda

Haj safariga borish, Ka’batullohni ziyorat qilish har bir mo‘min-musulmonning orzusi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik sababli vatandoshlarimiz emin-erkin haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda.

19 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi.

Hamyurtlarmizni muhtasham Soncrete al-Sahhab mehmonxonasida saudiyalik mutasaddilar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov va bosh konsulxona xodimlari tomonidan katta ehtirom ila kutib olindi.

Alloh taoloning mehmonlariga risoladagidek xizmat ko‘rsatish, ularga qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida barcha imkoniyatlar hozirlandi. Muborak safar mobaynida har bir tadbirlar aniq reja asosida yuksak darajada amalga oshirilmoqda. Tashkiliy-hujjat ishlari, toatu ibodatlar, istiqomat, oziq-ovqat, tibbiyot va transport xizmatlari yuqori sifatda tashkil etilgan.

Ziyoratchilar umra amalini bajarib bo‘lgach haj ibodati boshlanish sanasi, ya’ni Zulhijja oyining sakkizinchi kuniga qadar Harami sharifda toatu ibodatda bo‘ladilar.

Haq taolo hojilarning hajlarini mabrur, sa’ylarini mashkur, gunohlarini mag‘fur qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda Rahmonning mehmonlari munosib kutib olinmoqda
Boshqa maqolalar

Ka’ba haqida 10 fakt

09.12.2025   4116   3 min.
Ka’ba haqida 10 fakt

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ka’ba musulmonlar uchun eng aziz va muqaddas joy bo‘lib, Allohning uyi deb ta’riflanadi. Har yili dunyo bo‘ylab millionlab musulmonlar Masjidul Haramga borib, Allohga ibodat qiladilar. Quyida Ka’ba haqidagi 10 ta ma’lumot keltirilgan.

  1. Ka’ba bir necha marotaba qayta qurilgan

Ilk bor Ibrohim va Ismoil alayhumussalom tomonidan qurilgan, lekin hozirgi ko‘rinishi o‘sha davrdagidan farq qiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom davrlarida ham rekonstruksiya qilingan. So‘ngi eng yirik ta’mirlash ishlari 1996 yilda amalga oshirilib, devoridagi g‘isht va toshlar almashtirilgan, poydevori yanada mustahkamlangan.

  1. Ka’baning ikki eshigi va bir darchasi bo‘lgan

Ilgarigi Ka’bada ikki eshik bo‘lgan, biri kirish, ikkinchisi chiqish uchun. Shuningdek, uning yon tomonida bir darcha ham bo‘lgan. Hozir esa faqat bitta eshik mavjud, birinchi eshik ro‘parasidagi ikkinchisi esa yopib qo‘yilgan bo‘lib, ka’bapo‘sh almashtirlayotgandagina uning o‘rnini ko‘rish mumkin.

  1. Ka’ba yopinchig‘i rang-barang bo‘lgan

Ka’ba yopinchig‘i rangi har doim qora rangda bo‘lmagan. Kisvaning qora rangda bo‘lish  an’anasi Abbosiylar davrida boshlangan. Chunki, bu sulolaning ramzlari qora rangda edi. Undan oldin Ka’baga yashil, qizil va oq ranglardagi mato ham yopilgan.

  1. Ka’baning kalitlari

Ka’baning kalitlari Makka fath qilingan kuni Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan Usmon ibn Talhaga va uning qabilasi Bani Shaybaga berilgan. Hozirgacha ushbu oila Ka’ba kalitining egasi hisoblanadi.

  1. Ilgari Ka’ba eshigi hamma uchun ochiq bo‘lgan

Oldinlari kimdir Ka’baga kirmoqchi bo‘lsa, eshigi ochib berilgan. Keyinchalik yopilib, hozirda faqat Saudiya podshohlari, bosh vazirlar, davlat rahbarlari va e’tiborli mehmonlar kira oladi.

  1. Makkani suv bosganda odamlar Ka’bani suzib tavof qilgan

Makka pastlikda joylashgani va o‘sha davrda suv tortuvchi tizim yo‘qligi sababli kuchli yomg‘irlar vaqtida Ka’ba atrofida suv to‘planar edi. Shu bois suv toshqinlari vaqtida odamlar Ka’bani suzib tavof qilishga majbur bo‘lishgan.

  1. Bo‘laklangan Hajarul asvad

Hozirda qora tosh kumush qoplama ichida ekaniga ko‘pchilik qiziqadi. Bir vaqtlar Bahrayndan kelgan radikal guruh tomonidan minglab hojilar o‘ldirib, jasadlari Zamzam qudug‘iga tashlanadi. Ular hatto Hajarul asvadni bo‘laklab, Iroqning Kufa shahriga olib ketadi va Abbosiy xalifaligi bosimi bilangina qaytariladi. Hozirda bo‘laklangan 8 ta tosh mum yordamida biriktarilib, kumush g‘ilof ichiga mustahkamlab qo‘yilgan.

  1. Ka’ba ichida istalgan tomonga yuzlanib namoz o‘qish mumkin

Ka’ba tashqarisida hamma unga yuzlanib ibodat qilsa, ichiga kirgan odam istalgan tomonga yuzlanib namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

  1. Ka’ba eshigi yiliga faqat ikki marta ochiladi

Ka’baning eshigi har yili faqat ikki martagina ochiladi. Navbatdan tashqari xorijiy davlat rahbarlari va mehmonlar kelganda ichiga kiritish uchun ochilishi mumkin.

  1. Ka’ba kubik shaklida

U kub shaklida bo‘lgani bois, Ka’ba deb nomlanadi. Ka’ba arab tilida kub, kvadrat degan ma’noni anglatadi.

TII Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi
katta o‘qituvchisi Po‘latxon Kattayev