Ahli ilm va solihlarga muhabbat qiling va davralarida bo‘ling. Shoyad, shafoatlari yetsa:
Imom Shofeiy rahimahulloh aytadilar:
Solihlarni sevaman, garchi ulardan emasman,
Shoyad, ular orqali shafoatga erishsam.
Tijorati gunoh bo‘lganlarni suymasman,
Garchi ular kabi tijoratim(iz) bir bo‘lsa ham.
Yazid ibn Horun rahimahulloh aytadilar: “Muhammad ibn Yazid Vositiy vafot etgach, tushimda uni ko‘rdim va:
“Alloh sizga qanday muomala qildi?” deb so‘radim.
“U Zot meni mag‘firat qildi” dedi.
“Nima uchun?”, deb so‘radim. U bunday dedi:
“Juma kuni asr namozidan keyin bir majlisda edik. Abu Amr va Hasan Basriy rahimahumulloh ham kelib, duo qilishdi, biz “omin” deb turdik. Shu tufayli mag‘firat qilindik”.
Sufyon ibn Uyayna rahimahulloh aytadilar: “Otam o‘n besh yoshga to‘lganimda menga: “Ortiq yosh bola emassan. Yaxshilik ortidan bor, shunda solih kishilar qatorida bo‘lasan”, dedilar. Shundan beri maslahatlaridan chiqmadim” (Ibn Javziy, Soydul Xotir).
Shu yil 3 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Buxoro shahrida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi kubogi uchun musobaqasida imom-xatib va imom-noiblardan tuzilgan jamoalar maydonda o‘zaro bellashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, soha xodimlari o‘rtasida birdamlik va do‘stlikni mustahkamlash va bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish sanaladi.
Bellashuvlarda jamoalarning mahoratli o‘yini, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va bayramona ruh ustuvor bo‘ldi.
Qizg‘in bahs va yuksak mahorat namoyishi orqali g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi:
1-o‘rin – Romitaniy jamoasi;
2-o‘rin – Ibn Sino jamoasi;
3-o‘rin – Yangi O‘zbekiston jamoasi.
G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligi va Buxoro viloyati vakilligi tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Quyida musobaqa jarayoni va taqdirlash marosimidan suratlar bilan tanishing.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati