Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

18.08.2025   5849   1 min.
15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Qashqadaryoda 15 juft yoshlarning nikoh va 160 nafar bolajonning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. 
 

Prezidentimizning e’tibori va tashabbusi bilan o‘tkazilgan nikoh va sunnat to‘yini viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, faxriylar, ziyolilar ishtirok etib, to‘y sohiblari va homiylari haqqiga xayrli duolar qilishdi. 
 

Murotjon Azimov: "To‘y sababchilariga o‘zimizning samimiy tilaklarimizni bildiramiz. To‘ybolalarimiz ota-onalariga faqat obro‘ va rahmat yetkazadigan, Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan mard va olijanob yigitlar bo‘lib yetishsinlar! 

Yoshlarimiz qurayotgan oilalar mustahkam bo‘lsin, kelin-kuyovlarimiz baxtli-taxtli bo‘lib, qo‘sha qarishsin!". 
 

To‘y munosabati bilan kelin-kuyovlarga zamonaviy televizor va 5 mln. so‘mlik sertifikat hamda sunnat to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning har biriga velosiped va 1 mln. so‘mlik moddiy yordam berish haqidagi hujjat taqdim etildi.


Ushbu to‘y yoshlarimizning ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni oilaviy hayotga munosib kirishishga yordam beradi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi 15 nafar yoshning nikoh va 160 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Emlash: ilmiy va diniy asoslar" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

03.12.2025   76   2 min.

So‘nggi yuz yilda emlash tufayli ko‘plab xastaliklarning ziyonini keskin kamaytirish imkoni tug‘ildi. 1969 yili qizamiqqa qarshi ilk vaksina yuzaga kelgunicha qizamiq dunyo bo‘ylab har yili 2 million b00 ming insonni yostig‘ini quritgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan 2017 yilgacha dunyo bo‘ylab qizamiqdan o‘limlar soni 80 foizga kamaygan.

Atigi bir necha o‘n yil oldin millionlab insonlar poliomiyelit qurboniga aylangan. Uni yuqtirganlar yo halok bo‘lgan yoki bir umr falaj bo‘lib qolgan. Bugungi kunda bu xastalik deyarli yo‘q bo‘lgan. Agar jamiyatdagi aholining katta qismi kasallikka qarshi emlangan bo‘lsa, butun jamiyat, shu jumladan emlanmaganlar ham ushbu kasallikdan himoyalanadi. 

Farg‘ona shahrida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sanepidqo‘mita va UNISEF hamkorligida “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” mavzusida din yetakchilari ishtirokida tashkil etilgan seminar-trening ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. 

Tadbirning asosiy maqsadi — aholi salomatligini muhofaza qilishda emlashning ahamiyatini ilmiy va diniy manbalardagi asoslar orqali tushuntirish, shuningdek imom-xatiblar va otinoyilar bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirishdan iborat ekani qayd etildi.

Tadbirda emlashning mohiyati va organizmni himoya qilishdagi o‘rni, milliy emlash dasturining amaliy natijalari, aholi orasida uchraydigan savol va muammolar, ilmiy asoslangan diniy nuqtayi nazarlar bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, imom-xatib va otinoyilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, joylardagi emlash bo‘yicha vaziyat, aholidagi savollar, takliflar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholiga emlash to‘g‘risida to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot yetkazish hamda soha mutaxassislari bilan doimiy muloqotda ish yuritish bo‘yicha kelishib oldilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari