Keyingi yillarda Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy, xalqchil davlat barpo etish, uning ma’naviy asoslarini mustahkamlash va ta’sirchanligini oshirishda muqaddas islom dinining o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda ko‘p millatli mamlakatimizda turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, fuqarolarning din va vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu yurtimizda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ulug‘vor islohotlarga uyg‘un va hamohangdir.
Shu o‘rinda e’tirof etish darkor, muqaddas Islom dinining ezgu tamoyillarini chuqur o‘rganish, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, mashhur allomalarimizning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etish davlatimiz rahbariyatining ahamiyatidagi masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Jumladan, ko‘hna Sharq mo‘jizasi – Samarqand shahri 2025 yilda islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi, ulug‘ vatandoshimiz Imom Moturidiyning 1155 yillik tavallud sanasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotganligi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari qatoriga shu yil Buxoro shahrida o‘z faoliyatini boshlaydigan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi ham qo‘shildi.
Qolaversa, poytaxtimizda bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-ma’naviy yo‘nalishdagi ulkan va noyob loyiha sifatida el-yurtimiz va xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu muazzam maskan ko‘p ming yillik qadimiy tariximiz, boy va betakror milliy madaniyatimizning yorqin timsoli sifatida Yangi O‘zbekiston hayotidagi g‘oyat muhim voqeaga aylanishi, shubhasiz.
Vatanimiz istiqlolining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida yangragan quvonchli xabar, ya’ni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Islom dini ta’limotini keng yoyish, xalqimizni dinu diyonatli, halol-pok, elu yurtiga muhabbatli qilib tarbiyalash, yoshlarni rushdu hidoyatga boshlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Prezidentimiz farmoniga muvofiq “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangani barcha diniy soha vakillarini birdek mamnun etdi.
Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy nomidagi ushbu mukofotning muftiy hazratlariga taqdim etilgani eng avvalo mamlakatimizda diniy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va ulkan sharaf ifodasidir. Binobarin, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining jonajon Vatanimiz ravnaqi, muqaddas dinimiz rivoji va mehnatsevar xalq saodati yo‘lidagi 35 yillik fidokorona mehnatlarining samarasidir.
Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari tomonlaridan oxirgi yillarda odamlarning diniy ma’rifatini o‘stirish, masjidlar ochish, ularni obod etish va imom-xatiblarni qo‘llab-quvvatlash, Qur’on va tajvidni o‘rgatish, musulmon olami hamkorlik borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganini faxr ila aytish joiz.
Birgina joriy yilning o‘zida Haj mavsumida 15 ming nafar vatandoshimiz Islom dinidagi beshinchi muqaddas arkonni emin-erkin ado etishdi. E’tiborlisi shundaki, ikki yildan buyon mamlakatimiz rahbari ziyorat vaqtida muftiy hazratlari bilan telefon orqali muloqot qilib, hojilar holidan xabar olishi an’ana tusiga kirdi. Ushbu davr mobaynida hojilarimiz, shu jumladan Namangan viloyatidan muqaddas ziyoratni bajargan to‘rt mingdan ortiq hamyurtimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilariga aylanamiz” tashabbusini hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining sa’y-harakatlari bilan muhtaram hoji ota-onalarimiz jamiyatda birdamlik, oila va mahallalarimizda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, o‘g‘il-qizlarni ilm-ma’rifatga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga, Vatan himoyachisi bo‘lishga targ‘ib etish, muhtoj insonlarga ko‘mak berishda alohida ibrat va namuna bo‘lishmoqda.
Musoxon domla ABBOSIDDINOV,
Namangan viloyati bosh
imom-xatibi
00:00 Anons
00:57 Buxoroda xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
02:05 Andijon viloyatida imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
03:26 Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar
04:37 Muhabbat shahri qalblarni zabt etdi
05:47 Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi
06:17 “Markaziy Osiyoda islom: tarix va zamonaviy voqelik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
07:02 Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda
08:08 Bog‘ot tumanidagi “Qarri Xo‘ja bobo” masjidi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi
08:45 “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari”
09:16 Diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligi ta’minlanmoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati