Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2025   |   8 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:19
Peshin
12:18
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:22
Bismillah
30 Sentabr, 2025, 8 Rabi`us soni, 1447

Alloh menga biror narsani eshittirsa

18.09.2025   4793   1 min.
Alloh menga biror narsani eshittirsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Padari buzrukvorim Mavlono muftiy Muhammad Shafe’ Usmoniy quddisa sirruh Pokiston muftiy A’zami edilar. U kishining butun hayotlari o‘qish va o‘qitish ila o‘tdi. Dorul ulum Devbandda ta’lim oldilar va o‘sha yerda ta’lim berdilar. U yerdagi «Dorul ifto»ning bosh muftiysi bo‘ldilar.

Bir kuni: «Men qachonki, bir joyga ketayotgan bo‘lsam va qayerdadir voiz va’z aytayotgani, nasihat qilayotganini ko‘rsam, qanchalik shoshmayin, bir muddat bo‘lsa ham, uning gapini eshitish uchun to‘xtayman. Ehtimol, Alloh taolo uning tiliga men uchun foydali bo‘lgan narsani joriy qilib qo‘yar», dedilar.

Bu gapni kim aytyapti? Pokiston muftiy A’zami huzuriga ertayu kech odamlar din o‘rganish uchun keladigan, hatto ulamolar muammolarini hal qilish uchun murojaat qiladigan inson aytyapti! Ilm talabi mana shudir. Vaholanki, odatda, va’z aytayotgan voizlar yoshi kichik, u kishining shogirdlari yoki shogirdlarining shogirdlari bo‘lar edi. Lekin «Shoyad uning og‘zidan men bilmagan va menga foydasi bo‘lgan biror narsani Alloh taolo eshittirsa», degan maqsadda biroz bo‘lsa-da, kutib turar edilar».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ma’naviy diplomatiya

30.09.2025   506   1 min.
Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ma’naviy diplomatiya

BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan yubiley anjumani – 80-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida O‘zbekiston Prezidentining chiqishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega voqelik sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in kutib olindi... 

Muzaffar KOMILOV, 
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, tarix fanlari nomzodi, dotsent 

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 

MAQOLA