Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Oktabr, 2025   |   20 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:13
Quyosh
06:31
Peshin
12:14
Asr
16:03
Shom
17:51
Xufton
19:03
Bismillah
12 Oktabr, 2025, 20 Rabi`us soni, 1447
Videolar

Mazhab ulamolarining jiddu jahdlari bilan mazhablar shakllangan

03.10.2025   6048   1 min.

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome’ masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Yusuf

VIDEO
Boshqa maqolalar

Ish boshlashda bajariladigan sunnatlar

10.10.2025   2477   1 min.
Ish boshlashda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ushbu oyatni o‘qish:

“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”

“Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar” (Toho surasi, 25-28 – oyatlar).

 

2. Ushbu duoni o‘qish:

“Robbi yassir va laa tu’assir. Robbi tammim bil xoyri”

“Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin”.

 

3. Har bir ishni xolis Alloh uchun bajarish.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, sizlardan biringiz biror ish qilsa, Alloh uni puxta qilishini sevadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

 

4. Yolg‘ondan uzoq bo‘lish.

“Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim aldamchilik qilsa, bizdan emas”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD