Toshkent islom institutida “Fevral' – Qur'on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan Tahfizul Qur'on kafedrasi tomonidan Oliy ma'had talaba qizlari o'rtasida “Qur'on musobaqasi – 2024” ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, TII rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov, O'quv ishlari bo'yicha prorektor Yoqub domla Buxarbayev, Ilmiy ishlar va fan bo'yicha prorektori Soatmurod Primov qatnashdilar.
Tadbir ikki yo'nalishda hifz va tilovat yo'nalishida o'tkazildi.
Musobaqada qoriyalarni Tahfizul Qur'on kafedrasi qori ustozlari baholab bordi:
Valixon qori Azimboyev, Sodiqjon qori Qurbonov, Jahongir qori Ro'ziyev, Islomxon qori Ubaydullayev.
Musobaqa yakuniga ko'ra quyidagi natijalar qayd etildi:
Hifz yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin: 2-kurs talabasi Valixonova Ominaxon;
2-o'rin: 1-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya;
3-o'rin: 1-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya.
Tilovat yo'nalishi bo'yicha:
1-o'rin: 4-kurs talabasi Ikromova Mohinur;
2-o'rin: 2-kurs talabasi Yigitaliyeva E'zoza;
3-o'rin: 4-kurs talabasi Komilova Malohat.
G'oliba qoriya qizlarga qimmatbaho va esdalik sovg'alari mukofot sifatida topshirildi.
TII Tahfizul Qur'on kafedrasi
o'qituvchisi Zafar qori Mahmudov
4 yanvar kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdullohxon domla Samatov va Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan imomlar ishtirokida diniy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kosonsoylik talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ilm-ma’rifatning ahamiyati, shuningdek, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va bilimli avlodni tarbiyalash borasida davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xususida fikr almashildi. Talabalarga ta’limni yakunlagandan so‘ng o‘z tumanlarida masjid va mahallalarda imom-xatib, imom-noib hamda otinoyi sifatida xizmat qilishlari muhim ekani ta’kidlandi.
Abdullohxon domla yoshlarni ota-ona va ustozlar ishonchini oqlab, yurt va xalq manfaati yo‘lida fidokorona xizmat qilishga chorladi. Uchrashuv yakunida talabalarga o‘qishlarida muvaffaqiyat tilab duolar qilindi.
Shuningdek, homiylar ko‘magida 3 nafar talabaga o‘quv shartnoma uchun sertifikatlar topshirildi. Barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va hadiyalar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati