Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2025   |   27 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:15
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
18 Noyabr, 2025, 27 Jumadul avval, 1447

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

15.11.2025   17223   1 min.
Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz  qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar. 
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Boshqa maqolalar

Ayollar va sehrgarlar

17.11.2025   2737   1 min.
Ayollar va sehrgarlar

Har bir inson sehrgar, folbinning huzuriga borishdan saqlanishi lozim. Afsuski, ayol-qizlar orasida taqdir va qismatning achchiq sinovlaridan umidsizlikka tushib, sehrgarlarning oldiga boradiganlari ko‘p uchraydi. Ular turli bahonalar bilan sehrgarga murojaat qiladilar.

Sehrgarlar esa, hissiyotga beriluvchi ayollardan unumli foydalanadilar. Ayollarning pulini “shilib” olish maqsadida huzurlariga qayta-qayta kelishlari lozimligini alohida ta’kidlashadi. Aks holda, og‘ir musibat yoki kasallikka uchrashlari haqida qo‘rqitadilar.

Imom Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: “Odamlar orasida sehrgarlar oldiga ko‘p qatnovchilar ayollardir. Ayniqsa, ular hayz holatida bo‘lganlarida sehrning ta’siri yanada kuchayadi. Bejiz hadisi shariflarda “do‘zax ahlining ko‘pchiligi ayollardir” deyilmagan”.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar. Albatta, men sizning do‘zax ahlining ko‘pi ekaningizni ko‘rdim”, deganlar.

Ayollar Allohga taqvo qiling! Chunki Allohdan qo‘rqish – haqiqiy baxtning kaliti. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur” (Taloq surasi, 2-3-oyatlar).

Alloh taoloning yozgan taqdiriga rozi bo‘ling. Zero, Alloh bandalariga faqat yaxshilikni ravo ko‘ruvchidir. Arzimas sabablarga diningizni sotmang. Sehrgar, folbinlarning yolg‘on va’dalariga ishonmang. Agar biror istak, orzu-niyatingiz bo‘lsa, Alloh taologa ixlos va ishonch bilan duo qiling. Zero, yolg‘iz Alloh foyda keltiruvchi va zararni qaytaruvchi Zotdir.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o‘zga o‘shanga kushoyish beruvchi yo‘qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo‘qdir” (Yunus surasi, 107-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD