Shu yil 15 yanvar kuni Pop tumanida viloyat bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov rahbarligida tuman masjidlari imom-xatib va imom-noiblari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, imom-xatiblikning sharafli va mas’uliyatli vazifalari, zamon talabiga mos faollik, doimiy o‘z ustida ishlash va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlariga xizmat qilish masalalariga urg‘u qaratildi.
Shuningdek, ish intizomi, funksional vazifalarga rioya qilish, kiyinish madaniyatida shaxsiy namuna bo‘lish, fuqarolarni qabul qilish sifatini oshirish, MFYlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlar tarbiyasi va ma’rifatga e’tibor qaratish ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida yosh imomlarga kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, bilim va malakasini muntazam oshirib borish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov va Moliyaviy nazorat va taftish bo‘limi mudiri Islomiddin domla Zuhriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida «Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘ldi.
Tashrif davomida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda sohadagi islohotlarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Zayniddin domla o‘z ma’ruzasida yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ilmiy salohiyati va odob-axloqi masalalariga urg‘u berib, tolibi ilmlarga muhim hayotiy tavsiyalarini berdi.
Talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni diniy-milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida yakunlandi.
Ravza.uz