Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Mart, 2026   |   21 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:26
Quyosh
06:44
Peshin
12:38
Asr
16:38
Shom
18:28
Xufton
19:39
Bismillah
10 Mart, 2026, 21 Ramazon, 1447
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi

20.02.2026   7498   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi

Muhtaram Donald Tramp Janobi Oliylari!

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Avvalambor, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Janobi Oliylariga Tinchlik Kengashining inauguratsiya majlisini chaqirgani uchun chin dildan minnatdorchilik izhor etaman.

Hech shubhasiz, bugungi sammit bu Prezident Trampning siyosiy irodasi va pragmatizmi natijasidir.

O‘zbekiston Tinchlik kengashini tuzish bo‘yicha tinchliksevar tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi borasida o‘zining amaliy ishtirokini qat’iy bayon etdi.

Ishonchim komil, Kengash ishi G‘azo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklash uchun qulay sharoit yaratishga imkon beradi.

Shu bilan birga, G‘azoning har qanday tashqi boshqaruv mexanizmi sektor aholisining so‘zsiz ichki qo‘llab-quvvatlashiga tayanishi lozim.

Barcha tomonlarning muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari G‘azoni tez fursatda qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, mojarodan keyingi jarayonlarni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Ta’kidlab aytamanki, O‘zbekiston ushbu hududda turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar barpo etishga imkon qadar hissa qo‘shishga tayyor.

Hurmatli do‘stlar!

Ushbu sammit Donald Tramp nomidagi Tinchlik institutida o‘tkazilayotganida ramziy ma’no mujassam.

Bizning uchrashuvimiz xalqaro birdamlik, tinchliksevarlik va Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilashga bo‘lgan umumiy intilishimizning yorqin ifodasidir.

Biz Yangi G‘azoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uchun munosib turmush sharoitlariga ega bo‘lgan mintaqani barpo etish uchun ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanishimiz zarur.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Manba

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ramazonning oxirgi 10 kunligi

10.03.2026   457   1 min.
Ramazonning oxirgi 10 kunligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululoh sollallohu alayhi vasallam (ramazondagi oxirgi) o‘n kunlik kirsa, tunni qoim qilar va ahllarini uyg‘otardilar, bellarini mahkam bog‘lardilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar