Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2026   |   22 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:29
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2026, 22 Ramazon, 1447
Yangiliklar

Ma’naviy taraqqiyot yo‘lida sobitqadamlik bilan ilgarilayotgan yurt

25.02.2026   15162   1 min.
Ma’naviy taraqqiyot yo‘lida sobitqadamlik bilan ilgarilayotgan yurt

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijlik ustoz sifatida so‘nggi yillarda bu mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholashni istardim. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘zining amaliy natijalarini yaqqol namoyon etmoqda.

Xususan, bu yilgi muborak Ramazon oyida Davlat Rahbari tomonidan katta mablag‘ ajratilib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda iftorlik va xayriya tadbirlarini keng tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jamiyatda mehr-shafqat va hamjihatlik ruhini yanada kuchaytirmoqda. Bu kabi ezgu ishlar xalq manfaati yo‘lida davlat va jamoatchilik hamjihatligining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, diniy ta’lim muassasalarini rivojlantirish, masjidlar infratuzilmasini yaxshilash, imom-xatiblar va soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham alohida e’tiborga loyiq. Ma’rifiy targ‘ibot ishlarining zamonaviy shakl va usullar asosida yo‘lga qo‘yilayotgani esa aholining, ayniqsa, yoshlarning to‘g‘ri ta’lim olishiga xizmat qilmoqda.

Kuzatuvchi sifatida aytish mumkinki, mazkur izchil islohotlar mamlakatda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot yo‘lida sobitqadamlik bilan ilgarilayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shayx Ahmad Muhammad Ali,

Mir Arab Oliy madrasasi o‘qituvchisi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

11.03.2026   491   1 min.
Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga amaliy yechimlar berilmoqda.

 

Jumladan, bugun, 11 mart kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi qabulni o‘tkazib, ta’lim, oilaviy masalalar va moddiy yordam so‘rab kelgan fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdi.

 

Murojaatchilarning oilaviy munosabatlarda kelganlariga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu ezgu an’ana nafaqat markaziy idorada, balki yurtimizdagi barcha jome masjidlarda ham har chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan muntazam davom ettirilmoqda. Zero, insonlar og‘irini yengil qilish – asosiy maqsadimiz. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Diniy idorada navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari