#Ixtilof_va_echimlar
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari tomonidan ko'p bahs-munozalarga sabab bo'layotgan, e'tiqodimizga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan va yoshlarni to'g'ri yo'ldan adashtirayotgan tahdidlarning oldini olish maqsadida, “Ixtiloflar va echimlar” nomli turkum suhbatlarni e'lon qilish maqsad qilindi.
Mana shunday suhbatlarning ilk mavzusi “Mazhabga ergashishning zarurati va foydalari” deb nomlanib, hozirgi kunda xalqimiz mazhabga ergashishi muhimligi, foydalari va aksincha mazhabsizlik zararlari to'g'risidagi so'z yuritiladi.
Unda mazhabga amal qilmaydigan va unga ergashuvchilarni mensimaydigan yoshlarga pandu nasihatlar qilinadi. Masjidlarda ayrimlarning noodatiy shaklda namoz o'qishi ikkilanish va bo'linishlarga sabab bo'layotgani afsus bilan qayd etiladi. Bunday vaziyatda bir mazhabga ergashish, masjid imomiga iqtido qilish va turfa xillikning oldini olish eng to'g'ri yo'l ekani ta'kidlanadi.
Azaldan diyorimizda Hanafiy mazhabiga amal qilingani, asrlar davomida ixtilof bo'lmagani va bunday muammolarning echimlari hujjat-dalillar asosida bayon etiladi.
Alloh taolo ushbu loyihani mo'min-musulmonlarga foydali qilib, muvaffaqiyat ato etsin.
Youtube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/videos) | Tas-ix (https://mover.uz/channel/muslimuz) | Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal) | Instagram
(https://www.instagram.com/muslimuzportali/)O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Uning doirasida Namangan shahridagi "Mavlono" qabristonida tashkil etilgan xasharda mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlardan iborat mingga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.
"Mavlaviy" ziyoratgohi oldida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda bir guruh imomlar, nuroniylar bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ezgu ishlarni davom ettirish mavzusida suhbatlashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhiga Qur’on tilovot qilindi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida qurbonlik so‘yilib, xayru saxovat ishlari amalga oshirildi. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada ko‘rkamlashtirildi.
Bu kabi xayrli tadbirlar nafaqat marhumlarning ruhini shod etish, balki jamoatchilikni birlashtirish, avlodlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati