Ha, mujassima va mushabbihalarning nazdida hisoblanadilar, toki Alloh taologa jismiyatni isbot qilmagunlaricha shunday qolaveradilar.
Hulosa gap shuki: Ahli sunna val jamoa Alloh taolo uchun U O'zi uchun va payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam isbot qilgan narsani isbot qiladilar. Lekin ushbu narsani Alloh taoloning murodiga hamda U zotni loyiq bo'lmagan narsalardan poklashlik bilan isbot qiladilar. Ash'ariy va moturidiylikka oid kichik yo katta aqida kitob bor ekan, unda ulamolar mutashobeh nasslar haqida: bu haqda ikki mazhab mavjud, ikkalasi ham haq mazhabdir, deb aytishadi.
Masalan: ular Alloh taolo osmonda deb e'tiqod qilishadi, agar ularga “U osmonlaru Yerdagi yakka-yu yagona Allohdirki.”(An'om surasi 3 oyat) oyat ro'baro' kelsa ular ta'vil qilib: “Ya'ni U osmonlaru Yerda ma'bud, ammo Uning o'zi osmonda faqat”, deb aytishadi. Shundoq qilib, Yerda degan so'zni ta'vil qilishadi-da Osmonlarda degan so'zni shundoqligicha qoldirishadi.
Ular Alloh taoloning ikki qo'li bor deb e'tiqod qilishadi, ammo “Biz O'z Qo'limiz bilan qilgan narsalarni – chorva hayvonlarini yaratib qo'yganimizni...”, degan oyatda “qo'limiz” jam' bo'lib kelgan bo'lsa; boshqa oyatda “Allohning qo'li ularning qo'llari ustidadir”, birlik ko'rinishida kelsa, ular “أَيْدِينَا” “qo'limiz” degan so'zni ta'zim va mubolag'a deb ta'vil qilishadi va “يَدَ - yad”ni esa qo'lning jinsi deb ta'vil qilishadi.
Ular Allohning ikki ko'zi bor deb e'tiqod qilishadi, vaholanki shar'iy naarsalarda biron joyida ikki ko'zi bor deb kelmagan, balki “ko'z” so'zi “Buni Mening ko'z oldimda etishtirilishing uchun (qildim)”. (Toha" surasi 39 oyat)ida va “ko'zlar” so'zi “Zotan, siz shak-shubhasiz, Bizning ko'z o'ngimizda (ya'ni, hifzi-himoyamizda)dirsiz... "(Tur" surasi 49 oyat)ida keladi. Bas ular esa yuqorida “qo'l”ni qanday ta'vil qilgan bo'lsalar, “ko'z”ni ham xuddi shunday ta'vil qilishdi. Ular ikki ko'zning Alloh taologa sobit bo'lishini Allohning Olam suratiga ko'ra bo'lishi bilan fahmlab olishdi va “Albatta sizning Robbingiz bir ko'zli emas”, degan hadisi sharifdan dalil keltirishadi.
Va yana ular Alloh taoloning chap va o'ng qo'li bor deb e'tiqod qilishadi va “Uning ikki qo'li o'ngdir” degan hadisdan murod “ikki qo'li bir xilda quvvatli, chap qo'li o'ng qo'lidan zaifroq emas”, deb ta'vil qilishadi.
Va bulardan tashqari yana ko'plab tajsim va tashbehni isbot qiladigan ta'vilotlar borki (Alloh barchamizni bulardan asrasin) ular bu kabi ta'villardan so'ng “tashbehsiz” desalar ham foydasi yo'q.
Aziz o'quvchi, shu gaplarimizni yaxshilab taammul qiling, Alloh barchamizni tajsim va tashbeh illatiga tushib qolishimizdan asrasin!
Abul Barakot Nasafiyning “Al e'timod fil e'tiqod” asaridan Ko'kaldosh O'MITM matbuot kotibi Rustam Oxunjonov tarjimasi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tizimdagi diniy soha xodimlari o‘rtasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan aql sporti — “Shaxmat” va “Shashka” musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.
Tadbirda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Azizbek Qalandarov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov ishtirok etdi. Ular istiqlol bayrami munosabati bilan barchani samimiy tabriklab, bunday aqliy musobaqalarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.
Imom-xatib va imom-noiblar ishtirokida o‘tgan bellashuvlar qizg‘in va shiddatli ruhda kechdi.
Shaxmat musobaqasi g‘oliblari:
1-o‘rin — Isoyev Mustaqim, Shofirkon tumani "Qori Fazliddin" masjidi imom-xatibi
2-o‘rin — Shukrullayev Qurbon, Vobkent tumani "Abdulazizxon" masjidi imom-xatibi
3-o‘rin — Odilov Haydarjon, Kogon tumani "Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali" masjidi imom-xatibi
Shashka musobaqasi g‘oliblari:
1-o‘rin — Najmidinov G‘ayrat, Romitan tumani "Mahallai-bolo" masjidi imom-xatibi
2-o‘rin — Oripov Olim, Shofirkon tumani "Ahad hoji Qilich o‘g‘li" masjidi imom-xatibi
3-o‘rin — Bozorov Vahobiddin, Peshku tumani "Chiqirchi" masjidi imom-xatibi
G‘olib va sovrindorlar tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati