Joriy yilning 25-27 dekabr' kunlari Shimoliy Amerikadagi eng yirik musulmonlar forumi Kanadaning Toronto shahrida “Muborak uchrashuv” shiori ostida bo'lib o'tadi.
Bu yilgi “Islom ruhining tiklanishi” konferentsiyasida Mavlono Toriq Jamil, Zayd Shaker, Siraj Vahaj, Shayx Abdulhakim Murod, Shayx Yosir Qoziy, Shayx Umar Sulaymon va Yasmin Muhammad, Oysha Prime kabi bir qator taniqli olim va faollar ishtirok etib, dolzarb mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda.
Mazkur sammitda germaniyalik musulmonlar ham ma'ruza qilishi va bir qator loyihalarni ilgari surishi rejalashtirilgan.
Ushbu forum “Kovid-19” sababli so'nggi ikki yilda onlayn shaklda o'tkazildi.
Ma'lumki, “Islom ruhining tiklanishi” mavzuidagi forum ilk bor yigirma yil avval musulmon yoshlari tomonidan AQSh dagi 11-sentyabr' voqealaridan keyingi islomofobiya hodisasiga qarshi kurashish va g'ayridinlar bilan o'zaro hamkorlik ko'prigi o'rnatish maqsadida tashkil etilgan edi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Namanganda «Inson qadri» kitobi taqdimoti va soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Namangan shahridagi taqdimot marosimida Musoxon domla Abbosiddinov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi asari mazmun-mohiyatini tahlil qildilar. So‘zga chiqqanlar kitob jamiyatda mehr-oqibat va odob-axloq tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.
Shuningdek, tadbir doirasida viloyat va tuman bosh imom-xatiblari uchun yangi dizayndagi maxsus liboslar taqdim etildi.
Tadbir yakunida yil davomida eng faol bo‘lgan imom-xatib va otinoyilarga tashakkurnomalar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati