Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Sentabr, 2025   |   3 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:55
Quyosh
06:13
Peshin
12:20
Asr
16:28
Shom
18:19
Xufton
19:31
Bismillah
25 Sentabr, 2025, 3 Rabi`us soni, 1447

Fiqh ilmidagi foydalar silsilasi: Hanafiy mazhabini quvvatlash uchun keltirilgan hadislar zaifmi? – 3 qism

20.12.2022   724   3 min.
Fiqh ilmidagi foydalar silsilasi: Hanafiy mazhabini quvvatlash uchun keltirilgan hadislar zaifmi? – 3 qism

Ayrimlar Imom Abu Hanifa mazhabida hujjat sifatida keltirilgan hadislarga nisbatan zaif degan tamg'a bosishadi. Ularning bunday gap-so'zlari quloq tutilmaydigan ta'na. Chunki bir hadisni sahih yoki zaif deyishning o'zi ijtihodiy ish bo'lib, ijtihod ila chiqarilgan zonniy qoidalar ustiga qurilgan. Mumkinki, Imom Abu Hanifaning nazdida hujjatga yaroqli bo'lgan hadisni boshqasi hujjatga yaroqsiz deb aytar. Yoki buning aksi bo'lishi ham mumkin.

Shuning uchun bir mujtahidning bir masalaga dalil qilib keltirgan hadisiga shubha qilgan shaxs “men bu hadisga amal qilmayman, chunki u mening nazdimda sahih emas”, deb ayta oladi. Ammo, u o'sha mujtahid zaif hadisga amal qilgan, deb unga ta'na etkaza olmaydi. Negaki, u mazkur hadisning haqiqatda zaif ekanini emas, balki o'zining sahihga qo'ygan qoidasiga tushmagani uchun zaifligini aytgan.

Bu holat hadislarni tekshirib, sahihini zaifidan ajrata oladigan insonlar tomonidan sodir bo'lsa, tushunsa bo'ladi. Biroq, bu sifatga ega bo'lmaganlarning jar solishlari tushunib bo'lmas holat.

Yuqoridagilar mazhabboshi dalil qilgan hadislarga nisbatan aytilgan bo'lsa-da, mazhab ichidagi ulamolarning o'zi ergashgan imomining mazhabini quvvatlash uchun keltirgan hadislariga ham tegishlidir.

Shuningdek, ba'zida bir masalaga dalolat qiluvchi sahih hadis turgan bo'ladi, lekin mazhabda shu masala bo'yicha u hadis zohiri dalolat qilgan ma'no olinmagan ko'rinadi. Bu paytda ushbu hadislar mazhab ulamolari tomonidan ta'vil qilinadi. Bu ta'vil ham ko'r-ko'rona qilinmasligi tabiiy. Balki u ham o'z yo'lida quvvatlidir, lekin muxolif tarafni qanoatlantirmagan. Go'yoki, ularning nazarida mujtahid imom mazkur hadisni rad etgan va shu sababli unga amal qilmagandek. Bu o'rinda muqallidlar o'sha hadisdan mazhabboshining dalillanishidan boshqacharoq dalillangan bo'lishlari mumkin. Shuning uchun bu hadisni mazhabboshi emas, balki muqallid ulamolar aytganini unutmaslik lozim.

Hulosa o'rnida shuni aytamizki, muqallid ulamolar keltirgan dalil va javoblar imomning mazhabi zaif ekaniga dalil bo'lmaydi. Bunga mazhab ichidagi ulamolar mazhabboshi so'zlarining ma'no-mohiyatini uning o'zichalik anglab eta olmagan bo'lishlari sabab bo'lgandir balki. Aslida mazhabboshi undan boshqa sahih dalilga tayangan yoki hadisga boshqacha yondoshgan bo'lishi mumkin. Demak, bu masalada mazhabboshining so'zi uchun boshqa dalil mavjud bo'ladi yoki hadisga javob muqallid ulamo aytganidek bo'lmaydi. Buning misollari bilan tanishganimizda masala yanada tushunarliroq bo'ladi inshaalloh.

Abdulhodiy G'iyos,

Toshkent Islom instituti katta o'qituvchisi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

24.09.2025   6173   1 min.
Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

Toshkent islom institutida “Sentyabr – Islom tarixi va siyrat fan oyligi” doirasida  institutning 3-kurs talabalari o‘rtasida "Hidoyat mayog‘i” nomli siyrat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Umidjon Xodjayev, institut rektori Uyg‘un G‘afurov, Ilmiy ishlar va fan bo‘yicha prorektori Soatmurod Primov, shuningdek, "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi ustozlaridan iborat hakamlar guruhi ishtirok etdi.

Musobaqa an’anaga muvofiq Qur’on tilovati va xayrli duolar ila boshlandi. Tadbirni institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Musobaqada 3-kurs talabalaridan iborat Ibn Kasir, Ibn Hajar Asqaloniy va Imom Zahabiy jamoalari o‘rtasida qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda birinchi o‘rin Ibn Kasir jamoasiga, ikkita ikkinchi o‘rin Imom Zahabiy va Ibn Hajar Asqaloniy jamoalariga nasib etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlar "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati  

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar