Ikki Muqaddas Masjid Bosh raisligi ma'lum qilishicha, Makkadagi Masjidul Haromning 210 ta darvozasiga mo'minlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash uchun 600 dan ortiq xodim joylashtirilgan. Bu haqda islam.ru ma'lum qilgan.
Masjid Harom darvozalari bo'limi boshlig'i Fahad Al-Malikiyning aytishicha, darvoza xodimlari ziyoratchilar va namozxonlar masjidga yuk, oziq-ovqat va boshqa taqiqlangan narsalarni olib kirmasligini, uning tozaligini, odamlarning qulay va xavfsiz ibodat qilishlarini ta'minlaydi.
Uning qo'shimcha qilishicha, masjiddagi darvozalarning nomlari va raqamlari namozxonlarning adashib qolishining oldini oladi hamda ularning harakatlanishi va chiqishini osonlashtiradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Malaka_oshirish #Qishki_ta’til
2025 yil 30 dekabrdan shu yil 11 yanvarga qadar professor-o‘qituvchilar uchun “O‘quv jarayoniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar hamda ixtisoslik fanlari” mavzusida malaka oshirish seminari tashkil etildi.
Seminarning maqsadi — professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi pedagogik texnologiyalar va metodologiyalar bo‘yicha bilimlarini boyitish hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etishdir.
Ilk dars Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov tomonidan “O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda Islom ilmlari ta’lim tizimining rivojlanishi” mavzusida ochildi. Shuningdek, Muhammadakmalxon domla Shokirov Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’ruza qildi.
Seminarda institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Oliymahad.uz