Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Oktabr, 2025   |   28 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:13
Asr
15:52
Shom
17:39
Xufton
18:51
Bismillah
20 Oktabr, 2025, 28 Rabi`us soni, 1447

Saudiya Arabistoni – O'zbekiston qo'shma qo'mitasi oltinchi yig'ilishi

26.12.2023   3687   1 min.
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston qo'shma qo'mitasi oltinchi yig'ilishi

“SPA” axborot agentligi Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tgan Saudiya Arabistoni – O'zbekiston qo'shma qo'mitasi oltinchi majlisi tafsilotini batafsil yoritdi.

Maqolada Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid bin Abdulaziz Al-Folih “O'zbekiston-2030” strategiyasi va Qirollikning 2030 yilga mo'ljallangan istiqboli va Milliy investitsiya strategiyasida belgilangan maqsadlar muvofiq kelishi ta'kidlangan, Saudiya – O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi sa'y-harakati har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi urg'ulangan. Shuningdek, ikki davlat  xususiy sektorlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur uchrashuvda hamkorlikning aniq yo'nalishlariga e'tibor qaratilishi qayd etilgan.

Muallif O'zbekistonda umumiy qiymati qariyb 31 milliard dollarlik 50 ta investitsiya tashabbusi ilgari surilgani, ushbu loyihalar “O'zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlari doirasida nazarda tutilgan 110 milliard dollarlik xorijiy investitsiya joriy etilishini ta'minlashiga to'xtalgan.
Tomonlar energetika, qayta tiklanadigan energiya, sog'liqni saqlash, infratuzilma, qishloq xo'jaligi, inson resursini rivojlantirish sohalarida qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish, buning uchun zarur sarmoya kiritish bo'yicha erishilgan yutuqlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida qo'mita oltinchi yig'ilishi bayonnomasi imzolandi. Mazkur hujjat asosida ko'plab qo'shma tashabbus, dasturlar, shuningdek ikki mamlakat xususiy sektori o'rtasida qator anglashuv memorandumlari imzolandi.

Muharrama Pirmatova, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

20.10.2025   12   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Qashqadaryo viloyati vakilligi "Haj va Umra" tadbirlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha mutaxassis Kamoliddin Temirovning padari buzrukvori Abdunazar otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.


Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Kamoliddin hoji Temirovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari