Misrlik Muhammad Abdurahmon Qur'oni Karimni etti soat ichida to'liq qiroat qilib berdi. U mahalliy telekanalga bergan interv'yusida oilasining barcha a'zolari Qur'on Karimni yoddan bilishi hamda o'zi ham 9 yoshida Qur'onni to'liq yod olganini ta'kidladi.
Abdurahmon Bella shahrida Qur'oni Karimni to'liq o'qish uchun tanlov e'lon qilganini eshitib, astoydil tayyorgarlik ko'rib, ushbu natijaga erishishganini qayd etdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, hozirda Muhammad Abdurahmon farmakologiya fakul'tetida tahsil olmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati