TUT (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; O'zbekistonda 5 turi o'stiriladi. Oq tut (M. alba) va qora tut (M. migra) mevasi iste'mol qilinadi.
Sershox tut (M. multicaulis), kagayama tut (M. Kagayame) va ipak qurti tuti (M. bonabycis) turlaridan, asosan, ipak kurti boqishda foydalaniladi. Tut tez o'sadi, qurg'oqchilik va sovuqqa chidamli. Shox-shabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Bo'yi 15— 18, ba'zilariniki 20—25 m, yo'g'onligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali tut daraxtlaridan 20—40 kg gacha barg, 50—60 kg meva hosili olinadi. Tutning egri-bugri (ilono't) va pastga qarab o'sadigan (majnun tut) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500 yil yashaydi.
Oq tut (Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vi-taminlarga boy. O'zbekistonda tut qadimdan ekib ko'paytiriladi. Yangiligida iste'mol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. Tut ikki uyli o'simlik. Gullari bir jinsli. Tut urug'idan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib ko'paytiriladi. (“O'zME”dan).
Yer yuzida tarqalgan navlari. Dunyo mamlakatlarining asosan Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalarida, Hindistonda, Afrikaning va Shimoliy Amerikaning mo''tadil va subtropik mintaqalarida tut daraxtining 20 turi mavjud. Tutning ko'p navlari Hitoyda o'sadi. Oq tutning vatani Hitoy, shotutning vatani Eron va Afg'oniston hisoblanadi.
Tut barglari ipak qurti uchun kerakli ozuqa bo'lgani bois, har doim qimmatli o'simliklar qatoriga kiritilgan. Bundan tashqari, qadimdan tut daraxtidan musiqa cholg'u asboblari, yozuv qog'ozi ishlab chiqariladi. Tut po'stlog'idan tayyorlangan beshiklarga qurt tushmaydi, onalarimiz farzandlarimiz o'zidan ko'paysin deya, mevali daraxt — bolani tutdan yasalgan beshiklarga belashadi. Bu mevali daraxtning, asosan, ikki xil turi iste'molga yaroqli hisoblanadi. Bu oq tut va shotut. Shotutni qora tut deb ham atashadi.
Tut to'liq etilgan, sershira, yangi uzilgan holda yoki quritilgan (tut mayizi) holida iste'mol qilinadi. Yana tutdan turli xildagi pishiriqlar, murabbo va marmeladlar, qiyom, shinni tayyorlanadi.
TARKIBI. Tut mevasi sersuv, uning tarkibida 82,9-86,2 % gacha suv bor. Bundan tashqari, u sershira meva — 10,9-12,7 % gacha qand miqdori mavjud. Tutni quritib, iste'mol qilinsa, shirasi yanada ko'payadi. Tut mayizida qand miqdori 73,29-83,71 % ini tashkil etadi. Bundan tashqari, tut V, S, E, K, RR vitaminlariga boy. Shunga ko'ra, uni kasallikdan zaiflashib qolgan, tez-tez shamollaydigan kishilarga iste'mol qilib turishlari tavsiya etiladi.
Mineral moddalardan esa kaliy, natriy, rux, selen, mis, fosfor, kal'tsiy, magniy, temirga boy, urug'i 24-33 foizgacha yog' va boshqa oshlovchi moddalar saqlaydi.Tarkibida ko'p miqdorda fosfor saqlagani bois, tut aqliy faoliyat bilan shug'ullanadigan kishilar uchun koni foyda sanaladi. Homilador ayollar uchun ham tut mevasi homilaning yaxshi rivojlanishi uchun kerakli darmondorilar manbai hisoblanadi.
Tut mevasi immun tizimni kuchaytirib, organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishidan saqlaydi, ko'rish qobiliyatini oshirib, ko'z to'rpardasining zararlanishi kabi kasalliklardan asraydi.
Tut bargi va tanasining po'stlog'i ham turli biologik faol moddalarga boy. Bargi tarkibida flavonoidlar, vitaminlar, karotin, efir moyi, organik kislotalar, daraxt po'stlog'ida esa bo'yoqli va oshlovchi moddalar, turli xildagi kislotalar mavjudligi aniqlangan.
Halq tabobatida tut qadimdan turli kasalliklarni davolashda qo'llanilib kelinadi.
Tut shirasi qonni tozalash, qonni ko'paytirish maqsadida ham keng qo'llangan. Bargining qaynatmasi esa angina va boshqa shamollash kasalliklarida isitmani tushiruvchi, chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida qo'llanilgan.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino tutdan shifobaxsh vosita sifatida foydalangan.
Shifobaxsh xususiyati agar tut, tok va qora anjirning barglarini yomg'ir suvida qaynatib ishlatilsa, sochni qoraytiradi. Oq tut bargi tomoq og'rig'i, yangi uzilgan barg shirasi tish og'rig'iga, tut mevasi va uning shirasi og'iz va tomoqdagi shishlarga davo bo'ladi. Tuzlab quritilgan tut esa ichburug' kasalligini davolaydi. Buyrak, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda esa tut mevasi tanani ortiqcha suyuqlikdan tozalovchi, peshob haydovchi vositadir.
Tutni ovqatlanishdan oldin iste'mol qilish lozim, shunda oshqozonga uning zarari tegmaydi.
Tut mevasini quritib, undan damlama, kompot tayyorlab ichilsa, darmonsizlikni davolaydi, ozishga yordam beradi, organizmni tozalaydi.
Qishda tut daraxtining kurtagini olib, tozalab, damlamasini yurakni quvvatlash uchun ichib yuriladi. Tut daraxti gullari o'simlik yog'i bilan aralashtirilib, qorong'i joyda tindirilsa, teridagi mayda husnbuzar, dog'lar va sepkilni davolash uchun ajoyib krem hosil bo'ladi. Tanadagi eski yara va shikastlangan joylarni davolashda tut bargi va shoxchasini maydalab, o'simlik yog'i bilan aralashtirib surtilsa, yaralar tez bitadi, terida o'rni qolmaydi. Tutning oziqaviy qiymati – 70 kkal.
Yangi tut (yoki konservalangan) mevasi sharbati ko'krak qafasining simillab og'rishi va nafas olish qiyinlashib harsillashda yordam beradi. Muolaja maqsadida tut sharbati uch hafta davomida ichiladi. Taajjubki, shu qisqa muddatda yurak faoliyati to'liq tiklanib, sog'ayadi.
Yangi olingan tut sharbati tutning barcha foydali shifobaxsh xossalariga ega bo'ladi. U nafas yo'llari, tonzillit va anginani davolashda faol vosita, surunkali yo'tal, pnevmoniya va bronxitni davolashda ham ijobiy natija beradi. Aqliy mehnat bilan mashg'ul kishilarga uning foydasi katta, chunki tarkibidagi fosfor aqliy faoliyatni yaxshilaydi.
Tut daraxti po'stlog'ining inson sog'lig'i uchun foydasi. Po'stlog'idan qaynatma, damlama va malham tayyorlanadi. Malham bilan yiringli jarohatlarni, terining kuygan va jarohatlangan qismini, dermatitni, ekzema va psoriazni davolash mumkin.
Malhamni tayyorlash uchun ikki qoshiq maydalangan daraxt po'stlog'ini 100 g qizdirib, sovutilgan pista yog'i bilan aralashtiriladi va muzlatgichda uch kun davomida tindirib, olib yana qaytadan aralashtiriladi. Shunday qilib malham dori tayyor bo'ladi.
Bu malham bilan terining kasal joylariga kuniga to'rt mahal surtiladi. Uni husnbuzardan xoli bo'lish uchun ham ishlatiladi: yuzga va elka terisiga har cho'milib chiqqandan so'ng surtiladi.
Odatda tut mevasini yangi uzib olinganida iste'mol qilinadi, lekin undan shuningdek, kompot, murabbo, kisel', sirop, pishiriqlar ichiga solib, pishirib iste'mol qilinadi. Tutni yashash joyiga yaqin joyda pishib etilgan mevasi iste'mol qilinadi. Uni uzoq masofaga transport vositasida olib borish yaramaydi, etib borgunicha aynib qoladi.
Tut mayizi kuchli terlatuvchi faollikka ega, shuning uchun undan shamollaganda undan choy tayyorlab ichish tavsiya etiladi. Organizmni umumiy mustahkamlash uchun turli taomlarga tut daraxti quritilgan barglaridan kuniga bir choy qoshiq qo'shib iste'mol qilinadi.
Shu maqsadda yana uning yosh novdalaridan damlama tayyorlab ichiladi. Buning uchun 5 ta uncha katta bo'lmagan novdasi ustidan 500 ml suv quyilib, 10 daqiqa qaynatiladi, so'ng 2 soat davomida tindiriladi. So'ngra damlamadan bir oy davomida kuniga 3 mahal 50 ml dan ichiladi.
Og'iz bo'shlig'i xastaliklarida stomatitda, parodontozda, yara va tomoq kasalliklarida shotut mevasi damlamasi bilan g'arg'ara qilish yaxshi natija beradi. Bunday damlama tayyorlash uchun 2 qoshiq ezib maydalangan shotut mevasi ustidan 200 g qaynoq suv quyish yo'li bilan tayyorlanadi.
Tut daraxti ildizi foydalari. Qon bosimini va qon aylanish tizimini me'yoriga keltirish uchun daraxt ildizi qaynatmasidan ichish tavsiya etiladi, uni tayyorlash quyidagicha bo'ladi:
1. 50 g ildizi maydalanib, ustidan 1 litr qaynoq suv quyiladi.
2. Bir soat o'tkazib, 15 daqiqa past olovga qo'yiladi.
3. Sovutib, dokadan o'tkazib olinadi.
4. Kuniga uch mahal stakanning uchdan bir qismi miqdorida ichiladi (yana shiraliroq bo'lishi uchun biroz asal qo'shish mumkin).
Homilador ayollar uchun ham tut mevasi homilaning yaxshi rivojlanishi uchun kerakli darmondorilar manbai hisoblanadi.
Tut mevasi immun tizimni kuchaytirib, organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishidan saqlaydi, ko'rish qobiliyatini oshirib, ko'z to'rpardasining zararlanishi kabi kasalliklardan asraydi.
Halq tabobatida tut qadimdan turli kasalliklarni davolashda qo'llanilib kelinadi.
Yangi yig'ilgan tut mevasi yoki uning shirasi bilan xalq tabobatida og'iz yarasini samarali davolashgan. Buning uchun mevani qaynatib, og'iz bo'shlig'i chayilgan. Tut shirasi qonni tozalash, qonni ko'paytirish maqsadida ham keng qo'llangan. Bargining qaynatmasi esa angina va boshqa shamollash kasalliklarida isitmani tushiruvchi, chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida qo'llanilgan.
Tut daraxti po'stlog'i mayda tuyilib, kunjut yog'i bilan aralashtirilib, turli xildagi og'ir yaralar davolaniladi. Daraxt po'stlog'ining qaynatmasida esa shamollash va o'pka kasalliklarida balg'am ko'chiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi.
Ildizining po'stlog'idan tayyorlangan qaynatma esa quruq, surunkali yo'tal, bronxit, bronxial astma (nafas qisishi), qon bosimining ko'tarilishi kasalliklarini davolashda qo'l keladi. Negaki tut daraxtining ildizi va po'stlog'ida qon tomirlarini tozalovchi, qon aylanishini me'yoriga keltiruvchi maxsus moddalar mavjud. Bundan tashqari, ildizining qaynatmasi gijjani haydashda ham eng oson davo hisoblanadi. Chilonjiyda bilan tut mevasidan tayyorlangan qaynatma esa bo'g'ma (difteriya), qizilcha (skarlatina) kabi kasalliklarga davo bo'ladi.
Abu Ali ibn Sino ham tutdan shifobaxsh vosita sifatida foydalangan. Shirin tut issiq, nordon shotut esa sovuqlikdir. Tutning shirasida, ayniqsa, uning mis idishga solib qaynatilganida, burishtirish xususiyati kuchayadi. Shu bilan birga u kuchli va yomon xiltlarning a'zolarga oqishini to'xtatadi. Bu, ayniqsa, xom tutga xos bo'ladi.
Tut, tok va qora anjirning barglarini yomg'ir suvida qaynatib ishlatilsa, sochni qoraytiradi. Oq tut bargi tomoq og'rig'i, yangi uzilgan barg shirasi tish og'rig'iga, tut mevasi va uning shirasi og'iz va tomoqdagi shishlarga davo bo'ladi. Tuzlab quritilgan tut esa ichburug' kasalligini davolaydi. Buyrak, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda esa tut mevasi tanani ortiqcha suyuqlikdan tozalovchi, peshob haydovchi vositadir. Tut mevasining barcha turlarini ovqalanishdan oldin iste'mol qilish kerak, shunday qilinsa, undan me'da va ichak tizimiga zarar etkazilmaydi.
Tut mevasini quritib, undan damlama, kompot tayyorlab ichilsa, darmonsizlikni davolaydi, ozishga yordam beradi, organizmni tozalaydi.
Qishda tut daraxtining kurtagini olib, tozalab, damlamasini yurakni quvvatlash uchun ichib yuriladi. Tut daraxti gullari o'simlik yog'i bilan aralashtirilib, qorong'i joyda tindirilsa, teridagi mayda husnbuzar, dog'lar va sepkilni davolash uchun ajoyib krem hosil bo'ladi. Tanadagi eski yara va shikastlangan joylarni davolashda tut bargi va shoxchasini maydalab, o'simlik yog'i bilan aralashtirib surtilsa, yaralar tez bitadi, terida o'rni qolmaydi.
Ikkala xil tutning ham o'ziga xos afzal tomonlari bor. Shotut oq tutga qaraganda nordonroq bo'ladi. Ammo quvvat jihatidan undan aslo qolishmaydi. Qon bosimining ko'tarilishi, kamqonlik, ruhiy tushkunlik kabi kasalliklarni shotut yordamida davolash mumkin.
Shotut organizmdagi gormonal buzilishni to'g'rilab, ayollarning yallig'lanish kasalliklarini davolashda qo'l keladi. Shunga ko'ra, u asal bilan aralashtirib eyilsa, immunitetni ko'taradi. Oq tut tarkibida tabiiy antibiotik — resveratol topilgan. Bu esa uning ko'pgina surunkali kasalliklarni davolashga yordam berishini bildiradi. Ayollarda kuzatiladigan klimaks holatida ko'p terlash, qizish kabi noxush alomatlarni yo'qotishda, yurak sohasidagi og'riqlarda ko'proq shotut eyish buyuriladi.
An'anaviy tibbiyotda oq tut mevasidan kamqonlik, oshqozon-ichak xastaliklari, gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bargi va yangi ochilgan kurtagi organizmda moddalar almashinuvi buzilganida yaxshi yordam beradi. Oq tut mevasidan olingan shinni dorishunoslik sohasida xapdori tayyorlashda foydalaniladi.
Oq tut mevasi kaliyga juda boy. Shunga ko'ra, uni ateroskleroz, taxikardiya, yurak porogi kasalliklarida tavsiya etishadi. Atigi uch haftalik tutli parhez yordamida bemor nafas qisishi, ko'krak qafasidagi siquvchi og'riqdan xalos bo'lib, yurakning ish qobiliyati tiklanadi.
Tut mevasining shifobaxshligi olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ham isbotlangan. Tadqiqotlar davomida oq tut mevasi yordamida yurak mushagining qisqarish quvvatining susayishi (miokardiodistrofiya) ni davolashda yaxshi natijalarga erishilgan. Tut yordamida bemorlarda nafas qisishi va yurak og'rishi kamaygan, yurak urishi maromiga kelgan hamda ortiqcha suyuqlik yig'ilishi natijasida paydo bo'lgan shishlar ham yo'qolgan.
Tut yordamida davolanish
Revmatizmni davolash. Tut bargi va shoxlari yaxshilab yuvilib, mayda qilib chopiladi. Katta idishga solib, ichiga shoxlar yuzasini ko'mgunicha suv quyiladi va gaz pechida 2 soat damlanadi. Idishdagi qaynatmani tog'orachaga quyib, oyoqlar uchun vanna qabul qilinadi. Issiq barglarni og'riyotgan joylarga yopishtirib, usti toza mato va jun ro'molda issiq o'raladi. Muolaja yotishdan oldin bajariladi. 4-5 martalik davo kursidan keyin oyoqlardagi og'riqlar kamayadi.
Qand miqdori oshganida, tut bargidan olib, yaxshilab yuviladi, maydalab, 2 osh qoshig'iga 1 piyola qaynoq suv quyiladi va bir kecha termosda dam ediriladi. So'ng kun davomida choy o'rniga 1-2 qultumdan ichiladi. Davolanish kursi 10 kun.
Ko'z kasalliklarida. Bir hovuch quritilgan tut bargiga 1 piyola qaynoq suv quyib, suv bug'ida 10 daqiqa qaynatiladi. Sovitib, qovoqlar terisi artilsa, ko'zning yallig'lanishi, ko'zga govmichcha chiqishida yordam qiladi. Damlamada bint bo'lagini namlab, ko'zlarga kompress qilib, 20 daqiqa yotilsa, ko'z oldining xiralashuvi kasalligiga davo bo'ladi.
Shamollash va titroq tutganida. Bargi va shoxlarining damlamasi kuniga 3-4 mahal bir piyoladan ichiga ozgina yalpiz qo'shib ichiladi. Bu damlama malina choydan ham yaxshiroq shifo beradi.
Bo'qoqni davolashda. Oq tut qalqonsimon bez kasalliklarida koni foyda. Buning uchun har kuni ertalab soat 9 larda 3 donagacha tut mevasini iste'mol qilish kerak. Sababi bu vaqtda qalqonsimon bez juda faol bo'lib, darmondorilar ta'sirida o'zidan yanada ko'proq yod ishlab chiqaradi.
Tut iste'mol qilish mumkin bo'lmagan holatlar
Ichak xastaliklari bilan og'riydigan, ichketarga moyil kishilar, qandli diabet, qon bosimi xastaligi bor kishilar me'yoridan ortiq tut iste'mol qilishlari tavsiya etilmaydi. Organizmga zarar etkazib qo'ymaslik uchun pishib etilgan tut ich ketishini, pishib etilmagan xom mevasi qabziyatni keltirib chiqarishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik lozim.
Tutning yangi terilgan mevasini iste'mol qilgach, sovuq suv ichish mumkin emas, bu qorin dam bo'lishiga, ichak-oshqozon faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin. Uning shirin navlari mevasini qandli diabeti va qon bosimi bor kishilarga iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, tutdan allergiyasi bor kishilarga ham uni qilish tavsiya etilmaydi.
Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi
27 may 2016 yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.
– So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.
Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025 yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi.
Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.
Iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
Energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi.
Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
– Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.
Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026 yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik, – dedi Prezidentimiz.
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda.
Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, YUNЕSKO Bosh konferensiyasining sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining mart oyida Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida birinchi marta uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda “Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi.
Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi chog‘ida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini tashkil qilish g‘oyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida strategik bog‘liqlik hamda barqarorlikni kuchaytirishi shubhasiz.
Oktyabr oyida Bryusselda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va AQSH sammiti ko‘p tomonlama va uzoq muddatli sheriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi. O‘tgan haftada Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakchilarining uchrashuvida ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Shu haftaning boshida esa Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi.
– Bularning barchasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Sharq va G‘arb, Shimol va Janub bilan hamkorlik ko‘priklarini qurishda davom etamiz, – dedi Prezidentimiz.
Mahalla va yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro uyg‘un qadriyatlardir. Ular jamiyatda ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qo‘shadi.
Mamlakatimizda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etganlarning 90 foizi o‘zini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblashi ham shundan dalolat beradi. Mahallaga shu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usining yuqoriligi ushbu institut, avvalo, ijtimoiy birdamlik manbai ekanini ko‘rsatadi.
– Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.
Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi.
Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.
Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi, – dedi Prezidentimiz.
Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026 yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
Bu tashabbusni yig‘ilganlar qizg‘in qo‘llab-quvvatladi.
Yangi yil dasturida yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o‘z ifodasini topadi.
– Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz. Bu yo‘ldagi ishlarimiz har bir soha va tarmoqda chuqur transformatsiyani talab qiladi.
Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi o‘rtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kirish.
Farg‘ona vodiysidan Orolbo‘yigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib, Jizzax va Sirdaryogacha – yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz bugundan boshlab islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada ko‘proq his qilishi kerak.
Shuning uchun kirib kelayotgan 2026 yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barcha-barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari 2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.
Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish ishlari davom ettiriladi.
Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi. Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish – iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish.
Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilg‘or texnologiyalar transferi, tashqarida bozori aniq, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, energiya, suv, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishda samaradorlikni oshirishga, mahalliy ishchilarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga o‘qitish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo‘yicha sanoatni rivojlantirish dasturi boshlanadi. 2026 yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi. Kelgusi yilning o‘zida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.
Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.
Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
– Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik, – dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari uchinchi ustuvor yo‘nalish – ichki bozorda talabni rag‘batlantirish masalasiga to‘xtaldi.
To‘qqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi ko‘paytirilgani, kam daromadli oilalar uchun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berilayotgani, inflyatsiya darajasi “bir xonali” raqamga tushirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra o‘sdi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.
Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026 yilda sohaga 85 trillion so‘m kredit, 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so‘m beriladi.
Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Turistlar oqimi tobora oshayotgani aviatsiya va temir yo‘lda yo‘lovchi tashish quvvatini 2 barobar ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Shu bois, 2026 yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi.
Ichki temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 2026 yildan yana 500 kilometr temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Avtomobil yo‘llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi.
Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishidir.
Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.
– Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur, – dedi Prezidentimiz.
2026 yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.
2026 yilda 7 ta viloyatda, 2027 yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveysariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.
Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.
Beshinchi ustuvor yo‘nalish – ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalar tashlanmalarini monitoring qilish stansiyasi o‘rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi.
Shaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi. Shu bois, dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab ekologik stikerlar berish tizimi joriy etiladi.
Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.
Eski mashinasini almashtiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o‘rnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo‘lgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo‘yicha subsidiya ajratiladi.
Poytaxtimiz va yirik shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘ladi.
Ekologik avtomobillarni ko‘paytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida avtomobillarni zaryadlashda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.
Chang-to‘zonlarning oldini olish uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon” va Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi. Har bir hududda botanika va dendrologiya bog‘lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari barpo qilinadi.
Umuman, ekologiya sohasiga 2026 yilda 1 trillion 900 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026 yilda jami 3 trillion 300 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo‘shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham katta loyihalar boshlanadi.
160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta’mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.
Oltinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.
Avvalo, 2026 yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi.
Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.
– Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimini rivojlantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish mumkin bo‘lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026 yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta’kidladi. Shu bois, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.
– Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko‘lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi, – dedi Prezidentimiz.
Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta’kidlandi. Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan “Xalq vakillari hay’ati” instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.
– Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir!
Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026 yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Davlatning har bir so‘m mablag‘i, resursi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kuchaytiriladi.
Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.
– Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholining fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi, – dedi Prezidentimiz.
Kelgusi yilda ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi. Jumladan, Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
– Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azmu shijoatiga ishonaman! – dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.
https://president.uz/uz/lists/view/8833