Bugun, 3 iyun' kuni “Haj – 2022” mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan brifing bo'lib o'tdi. Unda haj kvotasi ham ma'lum qilindi.
Brifingda, Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng joriy yil O'zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi. Ma'lumot uchun, 2019 yilda bu ko'rsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.
Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, joriy haj mavsumi uchun haj kvotasining oshirilgani, shubhasiz, yurtimiz ziyoratchilari uchun juda katta xushxabar bo'ldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Muslim.uz
Shu yil 20 may kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahrida amaliy tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligidagi namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur shahardagi "Guliston" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 10 ta mahalladagi 75 ta xonadon xolidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati