Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2025   |   6 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2025, 6 Rajab, 1447

Oq ip nima, qora ip-chi?

12.04.2022   4715   12 min.
Oq ip nima, qora ip-chi?

“Sizlargaro'zakechasidaxotinlaringizgayaqinlikqilishhalolqilindi. Ularsizgalibosdir, sizulargalibosdirsiz. Allohsizningo'zingizgaxiyonatqilayotganingiznibildi, tavbangizniqabuletdivasizlarniafvetdi. EndiulargayaqinlashaveringvaAllohsizgayozgannarsanitalabqiling. Tongpaytidaoqipqoraipdanajragunchaeb-ichavering. So'ngraro'zanikechasigachabatamomqiling. Masjidlarda, e'tikofdaligingizdaulargayaqinlikqilmang. BularAllohningchegaralaridir, ungayaqinlashmang. AllohodamlargaO'zoyatlarinishundoqbayonetadi. Shoyadki, taqvoqilsalar» (Baqarasurasi, 187-oyat).

“Sizlarga ro'za kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi”. Ro'za ilk farz qilingan davrda ro'zador iftordan keyin uxlab qolsayu keyin uyg'onsa, unga emoq, ichmoq va xotiniga yaqinlik qilmoq mumkin bo'lmasdi. «Qays ibn Sarma Ansoriy ro'zador holida xurmo bog'ida ishlab, iftor paytida xotinidan: “Taoming bormi?” deb so'radi. Ayoli unga: “Yo'q, hozir borib biron narsa topib kelaman”, deb tashqariga chiq­di. Kunduzi ishlab charchagan Qays uxlab qol­di. Hotini kelib, erining uxlaganini ko'­rib: “Sho'ring qurisin”, dedi-yu, uyg'otmadi. Ertasiga kunning yarmida Qays roziyallohu anhu hu­shidan ketib yiqildi. Hodisadan Payg'ambarimiz alayhissalom xabar topdilar. So'ng Alloh taolo ushbu oyatni nozil qildi».

“Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz”. Ya'ni, har ikkisi o'z juftiga halol bo'lmagan narsalardan pardadir.

“Alloh sizning o'zingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi”. Oyatdagi “xiyonat”dan murod ro'za kechasida ayoliga yaqin­lik qilish istagi ko'ngildan kechganidir. Ayrim rivoyatlarda ba'zilar bu ishni qilganlari zikr etilgan.

Imom Tabariy rivoyatida Umar roziy­allohu anhu Payg'ambarimiz alayhissalom bilan suhbatlashib, uyiga kechroq qaytdi. Ayoli uxlab qolgan ekan. U zot xotiniga yaqin­lik qilishni xohladi. Ayol: “Uxlab turdim-ku”, deb rad etdi. Hazrati Umar ayoliga, uxlamagansan, deya yaqinlik qildi.

Ertasiga Umar roziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomning oldilariga bordi va: “Yo Rasululloh, Alloh va sizdan uzr so'rayman. Nafsim unab ayolimga yaqinlik qildim, menga biror ruxsat topib bera olasizmi?” dedi. Hazrati Umar uyiga qaytib borganida, Rasululloh alayhissalom uning ortidan odam yubordilar va Alloh taolo ushbu oyat bilan u kishining uzrini qabul qilgani xabarini berdilar.

“Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling”. Ya'ni endi ruxsat. Sizlar xotinlaringizga yaqinlik qilib, “Alloh yozgan narsani” – farzandni talab qiling. Ibn Abbos: «“Alloh yozgan narsadan” murod Qur'ondir», degan. Ibn Abbos va Muoz ibn Jabal: «“Laylatul qadrni” talab qiling», degan. Ba'zi olimlar “ruxsat va kenglik” deyishgan. Ibn Ara­biy ushbu oyatning nozil bo'lishiga Umarning voqeasi sabab bo'lgan, Qaysning och qolib hushidan ketgani emas, deydi.

“Tong paytida oq ip qora ipdan ajra­guncha eb-ichavering”. Imom Buxoriy Adiy ibn Hotamdan rivoyat qiladi: «“Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha eb-icha­vering” oyati nozil bo'lganda, bitta oq, bitta qora ipni oldim-da, yostig'im ostiga qo'ydim, ularga qarab-qarab, oqiqorasidan ajraganda og'zimni berkitdim. Tong otganida Rasululloh alayhissalom huzurlariga borib, qilgan ishimni aytdim. U zot alayhissalom: “Undoq bo'lsa, yostig'ing keng ekan-da, u gap kunduzning oqi bilan ke­chaning qorasi haqida edi”, dedilar».

“Tong paytida”dan murod subhi sodiq bo'lib, yorug'likning ufqda tarqalishini bildiradi. Samura ibn Jundub roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy alayhissalom: “Saharliklaringizdan Bilolning azoni ham, ufqda bundoq ko'tarilgan oqlik ham sizni aldab qo'ymasin. Toki mana bundoq bo'lib yoyilguncha (bo'laveradi)”, dedilar (Beshovlaridan Imom Buxoriy rivoyat qilmagan).

Tong otish vaqti ikki bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda yorug'lik pastdan yuqoriga ko'tariladi. Bu “subhi kozib”, ya'ni “yolg'onchi tong” deyiladi. Ikkinchi bosqich esa, yorug'likning ufq bo'ylab ko'ndalang tarqalgan paytidir. Bu “subhi sodiq”, ya'ni “rost tong” deyiladi. Shu vaqtda saharlik vaqti tugagan bo'ladi.

“So'ngra ro'zani kechasigacha batamom qiling”. Alloh taolo Ramazon oyida kechani eb-ichish va jimo uchun vaqt qilib belgilab berdi. Kunduzni esa bu ishlardan tiyilish vaqti qildi. Ushbu oyatda ikki vaqtning ham o'ziga tegishli hukmlarini bayon qildi. Demak, Ramazonda ro'zador kechasi ruxsat berilgan ishlardan birortasini qilishi joiz bo'lmaydi. Kimda-kim Ramazonda kunduzi qasddan eb-ichsa yoki jimo qilsa, o'sha kun ro'zasining qazosini tutib berishi va kafforatini o'tashi lozim.

Kafforat bir qulni ozod qilish, bunga imkoni bo'lmasa, 60 kun paydar-pay ro'za tutish, bunga ham qodir bo'lmasa, 60 miskinga taom berishdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: “Ey Allohning rasuli, halok bo'ldim”, dedi. Nabiy alayhissalom: “Seni nima halok qildi?” dedilar. Haligi kishi: “Ramazonda xotinimning ustiga chiqdim”, dedi. “Qul topib, uni ozod qila olasanmi?” deb so'radilar. Haligi kishi: “Yo'q”, dedi. “Ikki oy ketma-ket ro'za tuta olasanmi?” dedilar. U kishi: “Yo'q”, dedi. “Oltmish miskinga taom berishga narsa topa olasanmi?” deb so'radilar. Haligi odam: “Yo'q”, dedi. So'ngra kutib o'tirdi. Payg'ambarimiz alayhissalomga bir idishda xurmo keltirishdi. U zot alayhissalom:“Mana buni sadaqa qilib yubor”, dedilar. U odam: “Ey Allohning Rasuli, bizdan ko'ra faqirroqqami? Allohga qasam, u (Madina)ning ikki chetining orasida bizdan ko'ra muhtojroq oila yo'q”, dedi. Payg'ambarimiz alayhissalom kuldilar, hatto tishlarining oqi ko'rinib ketdi. So'ngra: “Bor! Uni ahlingga taom qilib ber”, dedilar (Beshovlari rivoyat qilishgan).

Alloh taolo ushbu oyatda kechasi jimo qilish mumkinligini va kunduzi esa bu ishlardan tiyilish xabarini berdi.

Ramazon oyida kunduzlari er-xotinning o'zaro yaqinlik qilishi ro'zani buzadi. Yaqinlikka olib keluvchi o'pish, quchoqlash kabi ishlar ro'zani buzmaydi. Lekin o'ziga ishonmagan odam uchun bu ishlar makruh.

“Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha eb-ichavering”. Kechaning oxiri subhi sodiq kirishi bilan tugashini hisobga olsak, inson junub holatida tong vaqtiga kirishi mumkin. Shunday bo'lsa, junub holida tong ottirsa va ro'zaga niyat qilsa, ro'zasi sahih bo'laveradi.

Hayzli ayolning hukmi ham shunga o'xshash. Agar ayol bomdod namozining vaqti kirishiga bir daqiqa qolganida poklansa, shu kunning ro'zasini tutishi vojib. Aksincha, bomdod namozining vaqti kirganidan biror daqiqa o'tganida poklansa ham, o'sha kunning ro'zasini tutmaydi.

“Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga O'z oyatlarini shundoq bayon etadi. Shoyadki, taqvo qilsalar”. Ushbu zikr qilinganlarning bari Alloh taoloning hukmlari va ularning chegaralaridir. Parvardigor ularga yaqinlashmaslikka buyurdi, chunki qancha yaqinlashilsa, chegarani buzish ehtimoli shuncha ko'payadi.

 

“Tafsiri Qurtubiy” asosida

“Hadichai Kubro” ayol-qizlar o'rta

maxsus islom bilim yurti

katta o'qituvchisi

Surayyo IBRAGIMOVA

tayyorladi.

“Hidoyat” jurnali 3-son

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ahli sunna val jamoa kimlardan iborat?

22.12.2025   8034   2 min.
Ahli sunna val jamoa kimlardan iborat?

Bu ummat boshidan oxirigacha bir aqida – ash’ariy-moturidiylik aqidasida edi. Mufassirlar, hadis shorihlari, fuqaholar, navh va lug‘at ulamolari, bularning deyarli barchasi e’tiqodda bir yo‘lni tutishgan edi. Bu gapni isbotlashga hojat yo‘q, bu haqiqat ekani kundek ravshan aksiomadir. Ulamolarning tarjimayi hollari haqida yozilgan kitoblar olimlarni bu mazhablarga madh va maqtov o‘laroq nisbat berganini ko‘rasiz. Buyuk ulamolar haqida ma’lumotlar keltirilganda Imom Falonchi, mazhabi shofe’iy, yo hanafiy, aqidada ash’ariy yo moturidiy, deyilgan. Ko‘pincha olimning tasavvufdagi tariqatiga ham to‘xtab o‘tiladi. Masalan, Imom Junayd tariqatida bo‘lsa, Junaydiy nisbati beriladi.

Bu odat yaqin-yaqingacha davom etib kelayotgan edi. Bunga birov e’tiroz ham bildirmagan, inkor ham qilmagan. Biron olim haqida gapirilar ekan, fiqhda to‘rt mazhabda qaysiga ergashishi, aqidada ash’ariymi moturidiymi qaysi manhajda ekani va tariqatdagi yo‘li bayon qilinmay qolmagan. 

Bu dastur ummatni sharqiyu g‘arbini, shimoliyu janubini ming yildan beri yagona qalbga, yagona fikr atrofiga jamlab keladi. Biron odam og‘risa, butun tana o‘sha kasal a’zo uchun qayg‘urib, davolashga kirishardi. 

Tariximizni ziynatlab turgan, bugungi sharmandaliklarni bir muncha to‘sib turgan tarixiy g‘alabalarimiz ham shu aqida, shu tafakkur vositasida qo‘lga kiritilgan.

Hittinda salibchilarni yer tishlatib, Quddusni qaytarib olgan Salohiddin Ayyubiy va uning qo‘shini ayni shu mazhab va tariqatlarda bo‘lishgan. Birontalari bugungi salafiylikni bilgan emas. 

Muzaffar Qutz, Zohir Beybars va ular bilan yelkadosh bo‘lgan Izz ibn Abdussalom kabi ulamolar mazhabda bo‘lishgan. Ayni Jolutda mo‘g‘ullarni tor-mor keltirishda ham asosiy qurolimiz birlik edi. O‘sha paytda boshini baland kerib: “Bid’atchisizlar, shirk keltiryapsizlar, qabrlarni ziyorat qilish shirk”, deb qichqiradigan shallaqilar bo‘lmagandi. 
 
Sulton Muhammadxon Fotih va uning qatoridagi olim va murshidlar dinda bir manhajni tutishgan edi. Kofirlar qo‘lida qolib ketgan shahar (Qustantiniya)ni fath qilib, mashhur hadisda kelgan bashoratga* noil bo‘lishdi. Ammo hadis musulmon ash’ariy-moturidiy qo‘mondon va uning qo‘shini haqida ekanidan qalblari yonib, hasad qilayotgan bugungi bemazhab toifalar hadisning tasdig‘ini buzib talqin qilishmoqda. (davomi bor)

Doktor Ahmad Muhammad Fozil,
Istanbuldagi Sulton Muhammad Fotih jome’asi,

islomiy ilmlar kulliyasi doktori

*Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qustantiniya, albatta, fath qilinajak. Uning amiri naqadar yaxshi amir, qo‘shini naqadar yaxshi qo‘shin!”. (Imom Ahmad va Hokim rivoyati).

Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi
Abdulbosit Abdulvohid o‘g‘li tarjimasi

MAQOLA