Bismillahir Rohmanir Rohiym
1. Duo
اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاس، مُذهِبَ الباسِ، اشْفِ أنت الشافي، لا شافي إلا أنت، شفاءً لا يغادِرُ سَقَمًا
O'qilishi: Allohumma, Robban-naasi, muzhibal-baasi, ishfi, antash-shaafiy laa shaafiya illaa anta shifaan laa yug'oodiru saqoman.
❇️ Ma'nosi: Insonlarning Robbi Allohim. Ey ziyonni ketkazuvchi Zot. Shifo ber. O'zing shifo beruvchisan. Sendan o'zga shifo beruvchi yo'q. Dardni qoldirmaydigan shifo (ber).
2. Duo
اللَّهمَّ عافِني في بَدَني، اللَّهمَّ عافِني في سَمْعي، اللَّهمَّ عافِني في بَصَري، لا إلهَ إلَّا أنتَ
O'qilishi: Allohumma a'finiy fiy badaniy, Allohumma a'finiy fiy sami'y, Allohumma a'finiy fiy basoriy, laa ilaha illa anta...
❇️ Ma'nosi: Allohim, badanimni, qulog'imni va ko'zimni ofiyatda qil. Sendan o'zga iloh yo'q!
3. Duo
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْبَرَصِ وَالْجُنُونِ وَالْجُذَامِ وَمِنْ سَيِّئِ الْأَسْقَامِ
O'qilishi: Allohumma inniy a'uzu bika minal barosi val junuuni val juzomi va min sayyi'il asqomi.
❇️ Ma'nosi: Allohim, Sendan peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman.
4. Duo
بِاسْمِ اللهِ أَعُوذُ باللَّهِ وَقُدْرَتِهِ مِن شَرِّ ما أَجِدُ وَأُحَاذِرُ
O'qilishi: Bismillah. A'uzu billaahi va qudrotihi min sharri maa ajidu va uhaaziru.
❇️ Ma'nosi: Allohdan va Uning qudratidan men sezayotgan va xavfsirayotgan narsaning yomonligidan panoh so'rayman.
*️⃣ Tananing og'riyotgan joyiga qo'lni qo'yib 3 marta "Bismillah" aytiladi, so'ngra 7 marta duo o'qiladi.
Allohim barcha bemor bandalaring dardiga O'zing shifoi komil ato etgin!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Men padari buzrukvorim rahmatullohi alayhdan eshitganman: «Shayx Abdulqodir Jiyloniy rahmatullohi alayhning bir o‘g‘illari bor edi. Uni hazrat qayergadir ilm tahsil qilish uchun yubordilar. U olim bo‘lib qaytdi. Shayx Abdulqodir Jiyloniy rahmatullohi alayhning bir majlislari bo‘lar edi. Majlisga hazratga yaqin kishilar kelardi. Hazrat ularga nasihat qilib turardilar. O‘g‘illari kelganida, hazrat unga: «Birodar, sen butkul yangi ilm hosil qilib kelgansan, bugun ularga sen va’z qil», dedilar. U judayam tetik edi.
Hazratning taklifini bajonudil qabul qildi. Majlis hali jam edi. U va’z aytdi. Odamlar tinglayverdilar, tinglayverdilar. Lekin ta’sirlanmadilar. Oddiy bir olimning gapini eshitdilar. Shundan keyin hazrat tashrif buyurdilar va o‘tirib, bor-yo‘g‘i shunday bir jumla aytdilar: «Birodar, biz bugun ro‘za tutishni iroda qilgan edik. Kechasi saharlikda ichamiz deb sut saqlab qo‘ygan edik. Lekin taqdirni qarangki, mushuk sutni ichib ketdi va biz ro‘za tuta olmadik».
Bor-yo‘g‘i shu gapni aytdilar. Gaplari qattiq ta’sir qildi. Keyin hazrat o‘g‘illariga bunday dedilar: «Qara, sen soatlab va’z qilding. Ularga hech narsa qilmadi. Men bor-yo‘g‘i bir og‘iz gapirdim, odamlarning qalblariga ta’sir etdi. Sen ilm o‘rganib kelding. Lekin endi qalb dardini paydo qil, qalbingni Allohga qaytarishga, ya’ni bog‘lashga harakat qil. Keyin sening bir so‘zing, u fasohatli-balog‘atli bo‘lsa-bo‘lmasin farqi yo‘q, odamlarning qalblariga, ruhiyatlariga ta’sir qiladi».
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan