Mamlakatimizda sayyohlik salohiyatini targ'ib qilish va O'zbekistonning jahonda tan olinishini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan, Horazm viloyati delegatsiyasi Hitoy Halq Respublikasiga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlik oqimini oshirish va tajriba almashish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Bundan tashqari, Hitoydan Horazmga sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida dunyoning etakchi telekanallaridan biri bo'lgan Hitoy Halq Respublikasi markaziy televideniyesi televizion loyihalari 49 ta davlatda 6 tilda efirga uzatiladigan, 1 milliarddan ortiq tomoshabin obunachiiga ega bo'lgan “CCTV” telekanali orqali viloyatning turizm salohiyati keng targ'ib qilinmoqda.
“Yuz.uz”ning yozishicha, “Halal Business” jurnali Islom hamkorlik tashkilotining IX – Butunjahon halol sammitiga bag'ishlangan maxsus sonida ham O'zbekiston haqida ikkita maqola chop etgan.
Unda joriy yilning 16-20 noyabr' kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan UNWTO (YuNVTO) Bosh Assambleyasi yakunlari hamda Horazm viloyatining turizm salohiyati, “Hiva – 2024 yilda islom olamining turistik poytaxti” maqomining berilishi va mamlakatimizda IHT turizm vazirlarining yig'ilishi o'tkazilgani haqida ma'lumotlar taqdim etildi”.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.
1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.
Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.
Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.
2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.
Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi