Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Islomning insoniyat uchun fazli

05.04.2018   6296   7 min.
Islomning insoniyat uchun fazli

O‘zining o‘zgarmas qonuni bo‘lgan qur’oni karimda bandalariga haqiqiy tarbiya yo‘lini bayon qilib bergan olamlarning tarbiyachisi Alloh taolaga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin. Oliy xulqlar bilan xulqlangan, maqtalingan xulqlarni batamom qilish uchun yuborilingan Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga beadad durudu salovatlar bo‘lsin. Alloh ularni o‘z payg‘ambariga suhbatdosh qilib, dinini ular bilan qoim qilishni ixtiyor qilgan, Muhammadiyya dorilfununining talabalari bo‘lgan eng saodatli avlod bo‘lmish sahobalardan Alloh rozi bo‘lsin.

Islom shariati insoniyatning shaxsini tarbiyalash, kelajak avlodni yetishtirish, salohiyatli ummat barpo qilish, dunyoda ham, oxiratda ham saodatmand bo‘lishni kafolatini bergan yagona dindir. Bu shariat insoniyatning barcha mushkullarini, barcha zamonlarda, barcha makonlarda ularning xilma xilligiga qaramay yecha oladigan, muolaja qiladigan yagona dindir. Bu shariat o‘zidan oldin kelgan biron bir nizom, biron

bir tuzum yoki     qonun-qoidalar jamlamagan xususiyatlarga egadir. Chunki bu din, bu tuzum, bu qonun rabboniydir,  ilohiydir!. Bu shariatning qonunlari, hukmlari, asoslari qosirlik, ojizlik, madaniyat, holat, zamon va makon, mehr-shafqat, havoi-nafs, kayfiyat va taraqqiyotga qarab ta’sirlanishga mahkum bo‘lgan inson tarafidan emas, balki barcha koinotni barpo qilgan, shu jumladan insonni ham yaratgan, ularning Robbisi bo‘lgan,   ularga nima foyda-yu,  nima ularning darajasini ko‘taradi, ularga nima ruxsatu, nima ularni isloh qiladi, ularga nima zararu, nima ularning darajasini tushirishini o‘ta yaxshi bilgan Robbilari tarafidan asos solingandir. Bu haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilib aytadi;

“Yaratgan zot o‘zi bilmaydimi?, vaholanki u daqiqlargacha bilguvchi va xabardor zotdir”.(mulk surasi 14-oyat)

Oddiy ojiz inson biron narsa ixtiro qilsa, uning qanday ishlashi, nimaga  ahamiyat qilsa soz turishi, nima sababidan, qachon, qanday buzilishini biladi-yu , butun borliqni yo‘qdan paydo qilgan Zot o‘z bandalarining holini bilmaydimi?. Bu shariatning avvalgi va asosiy maqsadi insonlarni Robbisi bilan bog‘lashdir. Toki insonlar o‘z Robbisini haqiqiy tanish bilan tanisin, Unga haqiqiy taqvo qilish bilan taqvo qilsin, haqiqiy ibodat qilish bilan ibodat qilsinlar. Chunki ular shuning uchun yaralgandirlar. Bu haqida Qur’oni karimda shunday deyilgan:

 “Jin va insonni faqat menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim” Zoriyot-56 oyat.

 Bu ibodat faqat yakka shaxslargagina xos bo‘lib qolmasdan, balki shariatning boshqa hukmlarini ham o‘z ichiga oladi. U hukmlar xoh oilaviy bo‘lsin, xoh madaniy,  xoh jinoiy, xoh xalqaro bo‘lsin. Bu shariatdan maqsad, insonlar rohat-farog‘atda yashashlari, o‘zaro bo‘gan kelishmovchiliklarda, xusumatda, hatto eng oz bo‘lgan manfa’atli narsalarda ham hur va tengligi kafolatlanadi. Kuchli bilan kuchsizga bir xil muomala qilinadi. Bu shariat rabboniy bo‘lganligi uchun buning hukmlarini qabul qilishlikda musulmonman degan kishi uchun ixtiyor bo‘lmaydi. Chunki bu -iymon taqozosidir. Chunki bu -islom shartnomasidir. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyilgan:

“Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib ba’zisiga kufr keltirasizlarmi?! Sizlardan ana shunday qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat xor bo‘lishlaridir, oxiratda esa,  shiddatli azobga qaytarilurlar”. Baqara-85

Ushbu oyat garchi yahudiylar haqida nozil bo‘lgan bo‘lsa ham, biz musulmonlar uchun ibratdir. Bunday qabih sifatlar hozirgi kunda musulmonlikni da’vo qilguvchilar orasida tarqalmoqda.  Islom bir-birini to‘ldiruvchi turli amallardan iboratdir. Namoz o‘qib zakot bermasa, e’tiqod islomiy bo‘lsa-yu, yashash xristiancha bo‘lsa, bo‘lmaydi. To‘liqligicha islomiy bo‘lishi kerak. Islom shariati Rabboniy bo‘lganligi uchun musulmonlar qalbida unga nisbatan hurmat, egilish, itoatni topamiz. Insonlar tarafidan o‘rnatilgan qoidalarda esa, bu qadar hurmat topilmaydi.

 “Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor?” (Moida-50).

Allohning hukmi bilan bandaning hukmi orasida Alloh bilan bandachalik farq bor. Shuuning uchun shariatni faqatgina diniy ishlarda emas , balki dunyoviy ishlarga ham tatbiq qilmoq lozim. Agar faqat diniy ishlargagina tatbiq qilib, dunyoviy ishlardan ajratilsa buddis yoki nasroniylardan farq qolmaydi. Islom unday emas. U hayot uchun mukammal dastur.  Unda aqida ham, ibodat ham, muomalat ham mavjud. U insonning hayotida va jamiatida intizomni o‘rgatadigan ko‘rsatmadir. Aqida va fiqh kitoblari so‘zimizning dalilidir.  Buni mahkam tutgan kishigina saodatli hayot kechiradi. Qur’oni karimda shunday deyilgan:

Ya’ni, “Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin kitob keldi. U bilan Alloh o‘z roziligini istaganlarni salom yo‘llariga boshlar va ularni O‘z izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda siroti mustaqimga hidoyat qilar”. Moida 15-16.

Usbu oyatdagi “nur”dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Islom dinidir. “Kitob”dan murod esa,  Qur’oni karimdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: Ya’ni, “sizlarga ikki ishni qoldirdim, mahkam tutsangiz hech adashmaysiz. Allohni ng kitobi va rasulining sunnatidir”. Darhaqiqat bu ikki narsa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqadigan, unga ikki dunyo saodati kafolatini beradigan yagona ko‘rsatmadir. Buning uchinchisi yo‘q. Qolgan qonun-qoidalar ham mazkur ikki narsa asosida va shu ikki narsaning maqsadini ko‘zlagan holda tuzilsagina insoniyatning manfa’atiga xizmat qiladi. Shariatning xilofida hayot kechirib fojiali ofatlarga uchragan, harom-harishni bilmay turli dardlar orttirgan, kuchli kuchsizga zulm qilgan, oilalar buzilib farzandlar yetim qolgan, odob-axloq nimaligini bilmay tarbiya topib otasiga qo‘l ko‘targan, yetti uxlab tushga kirmaydigan jinoyatlar sodir bo‘lganini ko‘rganda Islomning naqadar katta ne’mat ekanligi bilinadi. Shuning uchun boshqa ishlarimiz qatori farzand tarbiyasida ham shariati Islomiyani asosiy dastur qilib olsak kutilgan natijaga aniq, tez va oson erishamiz. Chunki bu uslub tajribadan ko‘p o‘tgan samarali uslubdir.  Ushbu uslub bilan Rasululloh eng peshvo ummat sahobalar avlodini tarbiyaladilar. Rasululloh sahobalarga iymon, islom va amalni teng olib borishni o‘rgatdilar.  U zot o‘nlab, yuzlab, minglab Qur’onlar chop qildilar.  Ularni sahifalarga siyoh bilan chop qilmadi, balki sahobalarning qalblariga nur bilan bitib qo‘ydilar. Sahobalar yerda yuradigan, taom yeydigan tirik Qur’onlar bo‘lib yetishdilar. Insonlar ularni ko‘rganlarida Islomni ko‘rgandek bo‘lar edilar. Tarixga muroja’at qilinsa tasdig‘i topiladi. Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud sahobalarning fazli haqida shunday deganlar:

“Kim iqtido qilmoqchi bo‘lsa Rasulullohning sahobalarini tanlasin, chunki ular bu ummatning eng qalblari pok, ilmlari chuqur, takalluflari oz, hidoyatlari to‘g‘ri va holatlari go‘zal kishilaridir. Alloh ularni Rasuliga suhbatdosh qildi, ular bilan dinini qoim qildi. Ularning fazlini bilingiz, izlaridan ergashingiz, chunki ular to‘g‘ri yo‘lda bo‘lganlar”.

Poshshaxon ESHONXON QIZI

«Xadichai Kubro» ayol-qizlar

bilim yurti mudarrisasi

O‘MI Matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Duosi ijobat duotalablar

16.11.2026   5966   1 min.
Duosi ijobat duotalablar

Ali ibn Abu Harora rahimahulloh hikoyat qiladi: «Onam yigirma yildirki o‘rnidan tura olmasdi. Bir kuni menga:

– O‘g‘lim, Ahmad ibn Hanbalning huzuriga borib, undan men uchun Allohga duo qilishlarini so‘ra, – dedi. Men u zotning uyiga bordim va eshigini taqillatdim. Uyda edi. Eshikni ochmasdan:

– Kim u? – deb so‘radi.

– Men falon qasabadan keldim. Onam uzoq yillardan beri og‘ir bemor, o‘rnidan qo‘zg‘ala olmaydi. U meni sizdan duo so‘rashim uchun yubordi, – dedim. Shunda u kishining ajablangandek:

– O‘zimiz odamlarning duosiga muhtojmiz, – deganlarini eshitdim va noumid bo‘lib ortimga o‘girildim. Shu damda uydan bir kampir chiqib:

– Sen Abu Abdulloh (Ahmad ibn Hanbal) bilan gaplashgan yigitmisan? – dedi.

– Ha, – dedim.

– U kishi onang uchun duo qilishga kirishdi, – dedi kampir. Men shoshilib uyga yugurdim. Borib eshikni taqillatib, onamning iznini kutdim. Bir payt eshik ochildi. Qarasam, eshik oldida onam turibdi.

– Alloh menga shifo va ofiyat ato qildi, – dedi hayrat bilan».

Bu hikoya solih bandalarning duosi albatta qabul bo‘lishini va haqiqiy avliyolar o‘zlarini doimo Allohning rahmatiga muhtoj deb bilishini ko‘rsatadi. Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh duosi ijobat bo‘ladigan zotlardan edi. Ammo o‘zini hecham boshqalarning duosidan behojat deb bilmasdi.

Honiy al-Hojning “Solih va solihalar hayotidan ming bir qissa” kitobidan Ilyosxon AHMAD tarjimasi.

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 15-sonidan

Ibratli hikoyalar