“Payg’ambar sizga nimani bersa, o’shani olinglar! Va nimadan qaytarsa, o’shandan qaytinglar!” (Hashr surasi, 7-oyat).
Abu Nazra rahimahulloh shunday rivoyat qiladi: “Biz Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu huzurida edik. Ilm haqida bahs-munozara qilayotgan edik.
Shunda bir kishi: “Faqat Qur’onda bor narsalarni gapiringlar!” dedi (ya’ni hadisning xuddi Qur’on kabi shariat manbasi ekanini inkor qildi).
Imron roziyallohu anhu unga shunday dedi: “Sen ahmoq ekansan! Qur’ondan quyidagini topdingmi (quyidagilar Qur’onda yo’qku):
“Peshin namozini to‘rt rakat o’qinglar!”,
“Asr namozini to‘rt rakat o’qinglar!”,
Lekin (peshin va asrning) har birida jahriy (ovoz chiqarib) qiroat qilmang!”
Shom namozini uch rakat o’qinglar!”,
Shomning ikki rakatida jahriy (ovoz chiqarib) o‘qi, bir rakatida esa maxfiy (ovoz chiqarmay) qiroat qiling!”
Xufton namozini to‘rt rakat o’qinglar!”
Xuftonning ikki rakatida jahriy (ovoz chiqarib), qolgan ikki rakatida esa maxfiy (ovoz chiqarmay) qiroat qiling!”
Bomdod namozini ikki rakat o’qinglar!”
Bomdodning farzida jahriy (ovoz chiqarib) o‘qing!”.
Imom Bayhaqiy rahimahullohning “As-Sunan al-kubro” asari asosida
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтадилар: "Ибодат қилинадиган бирор кун зулҳижжанинг ўн кунидан Аллоҳ таолога маҳбуб эмас. Ундаги ҳар бир куннинг рўзаси бир йилга баробардир. Ундаги ҳар бир кечада туриш қадр кечасида туришга баробардир" (Имом Термизий ва Ибн Можа ривояти).