Bugun, 19 oktyabr' kuni erta tongda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Misr safarini yakunlab, Boku safarini boshladilar.
Haydar Aliyev nomidagi Boku xalqaro aeroportida O'zbekiston delegatsiyasi a'zolarini Kavkaz musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Salmon Musayev, O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov va boshqalar kutib olishdi.
Tashrif doirasida Muftiy hazratlari Turkiy davlatlar tashkiloti Muftiylar kengashining III-yig'ilishida nutq qiladilar va turkiy xalqlar mo'min-musulmonlari uchun muhim bo'lgan qator masalalarni muhokama etish reja qilingan.
Shuningdek, Ozarbayjonning muborak qadamjolarini ziyorat qilish, Diniy peshvolarning ikki tomonlama uchrashuvlari, mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish ham tashrif dasturidan o'rin olgan.
Safar jarayonlari, yig'ilishda muhokama etilgan mavzular haqidagi so'nggi ma'lumotlar sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali yoritib boriladi.
Alloh taolo muftiy hazratlarining ushbu safarlarini xayrli, mamlakatimiz va butun musulmon ummati uchun manfaatli bo'lishini nasib etsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov shahar va tuman bosh imomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B. Razov olib borgan tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
Islohotlar targ‘iboti: Yurtimizdagi o‘zgarishlarni xalqqa to‘g‘ri yetkazish va tinchlikni asrashda imomlarning o‘rni;
Ma’rifiy islom: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda sof islom dini mazmunini va Hanafiy mazhabi ta’limotlarini to‘g‘ri tushuntirish;
Ma’naviy tarbiya: Juma va kundalik namozlarda dolzarb mavzular bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini olib borish;
Hamjihatlik: Mahallalardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish.
Uchrashuv yakunida diniy soha vakillariga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga munosib ravishda, xalq farovonligi yo‘lida faol xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti