Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2026   |   21 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:35
Asr
15:32
Shom
17:17
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2026, 21 Rajab, 1447

Ustoz yodi

16.11.2021   3072   2 min.
Ustoz yodi

Jome masjidimizning muazzini, xushovoz hofizi Qur'on – Nurullloh qori domlamizning akalari – Namangan shahar, “Shodibek” jome masjidi imom noibi, olim va hofizi Qur'on – Ahmadali domla Ubaydullayev vafot etgani munosabati bilan ta'ziya uchun qutlug' xonadonlariga borib, marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor etdik va Qur'on tilovati ortidan duolar qildik.

Sobiq muazzinimiz, marhumning katta ukalari Yunusjon qori domlamiz ko'zlarida yosh bilan quyidagilarni so'zlab berdi:

"Qori akam bilan janoza namoziga ketayotgan edik. Akam menga "Janozaga kech qolmaylik, Yunusjon!" dedilar va biroz vaqt o'tar-o'tmas toblari qochib qoldi. Shu bois ularni to'g'ri uyga olib keldim. Akam menga qarab: "Yunusjon, qo'limdan tut!" dedilar. Ularning qo'llarini tutishim bilan: "Ashhadu allaa ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan 'abduhu va rosuluhu”, deya shahodat ila omonatlarini topshirdilar...

Amaldagi muazzinimiz, marhumning kichik ukalari Nurulloh qori domlamiz quyidagi holatni so'zlab berdi: "Dafndan keyin bir kishi oldimizga keldi va ta'ziya izhor etib, shunday so'zlarni aytdi: "Uxlab yotgan edim, tushimda bir qancha mo''tabar olimlar davrasida o'tirgan ekanman. Shunda kimdir menga: "Jannat ahlining janozasiga bormaysanmi?" dedi. Uyqudan turib so'rab bilsam, qori domlamiz vafot topgan ekanlar. Avtoulovimni ikki kilometr masofa nariga amallab joylab, janozaga etib keldim. Aslida men ularni deyarli unchalar yaxshi tanimayman, yo'lim tushganida ortlarida atigi besh marotaba juma namozini o'qiganman. Shu so'zni Sizlarga aytmasdan keta olmadim"...

So'zlari davomida muftiyimiz Nuriddin domla Holiqnazarov hazratimiz ham alohida telefon orqali ta'ziya izhor etib, xayrli duolar qilganlarini mamnuniyat ila bildirdilar.

Alloh taolo barchamizga xayrli va go'zal xotima nasib etsin, olim va hofizi Qur'on – Ahmadali domlamizni Alloh taolo O'z rahmatiga musharraf etsin!

 

Nurali MAVLANOV,

"Abu Bakr Siddiq" jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Otam – davlatim!

07.01.2026   4821   1 min.
Otam – davlatim!

Otalarni bekorga “davlatim” demaymiz. Ular bor ekan, hayotda o‘z o‘rnimizni topamiz. Otalar biz yaxshi o‘qishimiz uchun qo‘llaridan nima kelsa, qiladi. O‘z oyoq kiyimlari yirtilib qolsa yamab kiyar, lekin bizga yangisini olib beradi. Ishlari yurishmay sal pul topishlari kamayib qolsa, siqiladi, lekin buni bizga bildirmaydi.

Bolaligimizda-chi! Biz yosh bola bo‘lib, “uni olib bering, buni olib bering”, desak, ko‘nglimizga qarashadi. Tirnoqlarimiz, sochlarimizni olib qo‘yadilar.

Halqimizda “Ota rozi – Xudo rozi”, degan maqol bor. Hayot bo‘lgan otalarimizni qadrlaylik, o‘tib ketgan bo‘lsalar, Alloh rahmat qilsin. Bir gap – ular hatto o‘tgan bo‘lsalar ham bizning davlatlarimiz ekan.  

Ey umrim javhari, davlatim otam,

Dillari quyoshdir, mehribon otam,

Sizga izdoshdirman to umrim qadar,

Boshimda doimiy soyabon otam.

 

Bu dunyo sinovli yolg‘onchi go‘yo,

O‘tgaydur umrlar misoli daryo,

Do‘st degan ulfatim bo‘lsa-da ammo,

Bo‘lolmas siz kabi qadrdon, otam.

 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar