Shuni ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida o'pka va qon tomir kasalliklari muolajasini o'tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati