Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Oktabr, 2025   |   9 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:53
Peshin
12:12
Asr
15:38
Shom
17:24
Xufton
18:37
Bismillah
31 Oktabr, 2025, 9 Jumadul avval, 1447

Ulamolar soha xodimlarini doimo ilm olish va yanada faol bo'lishga chaqirdilar

09.06.2021   1679   1 min.
Ulamolar soha xodimlarini doimo ilm olish va yanada faol bo'lishga chaqirdilar

Bugun, 9 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayyubxon domla Homidov Andijon viloyatiga safardari mobaynida Shahrixon tumanidagi “Muhammad Roziqboy” masjidida Shahrixon, Oltinko'l va Bo'ston tumani imom-xatib, imom noib va mahalliy domlalari bilan bugun zamonda diniy soha xodimlari zimmasidagi mas'uliyat va burchlar haqida davra suhbat o'tkazdilar.

Homidjon domla Ishmatbekov o'z so'zida yurtimiz va dunyodagi jarayon, diniy sohadagi o'zgarishlar haqida so'zlab, bugungi davr imom-xatib, imom noibi va shu sohada xizmat qilayotgan soha egalaridan o'z ustida ishlashni, jamiyatimizga haqiqiy ma'noda peshvo bo'lib, odamlarni, ayniqsa, yoshlarimizni yaxshilikka chaqirishi, yomonlikdan qaytarishi lozimligi, ularning tarbiyasiga alohida diqqat qaratish haqida ma'ruza qildilar.

Suhbat yakunida ulamolar Haq taolo yurtimizga tinchlik-ofiyat, fayzu baraka va tan-sihatlik so'rab duolar qildilar.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Mazhablar — ummat ehtiyojidan tug‘ilgan rahmat

31.10.2025   222   1 min.

Alijon domla Matyaqubov, Xiva shahar bosh imom-xatibi

VIDEO