@Hidoyat_taqvim_botga a'zo bo'lish orqali Ramazon oyida har kuni saharlik va iftorlik vaqtidan xabardor bo'lish, saharlik va iftorlik duolaridan foydalanish, mashhur qorilar tilovatidagi tarovih namozi tasbehi audiosini tinglash imkoniga ega bo'lasiz. Shuningdek, botda ko'rsatilgan joylardan birini tanlash orqali o'zingiz yashayotgan yoki safarda bo'lib turgan joyingizdagi ro'za vaqtlarini aniq bilib olishingiz mumkin.
@Hidoyat_taqvim_bot dan foydalaning va uni boshqalarga ham ulashib, ulkan ajrga ega bo'ling!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.